Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi psixik rivojlanishida



Yüklə 65,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü65,45 Kb.
#158823
1   2   3   4   5   6
12
th
 -ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org Mar. 28
th
 2023
85 
komponentlari va shakllanishining qarashlari ushbu olimlarning ilmiy va amaliy izlanishlari 
bilan ham bog’liq.
Xususan psixologiyaga motivatsiyalarning ierarxik modelining muallifi A.Maslauning shaxs 
o’zini shakllantirishda ehtiyojlarning ham o’z o’rni bor ekanligi to’g’risidagi qarashlarini 
ko’rishimiz mumkin. A.Maslouning ehtiyojlarining ierarxik modeli doirasida o’rtacha 
insonning qondirishi kerak bo‘lgan 5 ta ehtiyojlarini ko’rsatib o’tgan. Ierarxiyadagi quyi 
(asosiy) ehtiyojlar yuqori darajadagi ehtiyojlar inson xatti-harakatlarida turtki beruvchi 
kuchlarning dominantiga aylanishidan oldin ratsional ravishda qondirilishi kerak. Bu erda 
Maslouning ehtiyojlari ierarxiyasi ularning ustunligi yoki zarurati tartibida keltirilgan: 
1) fiziologik;
2) xavfsizlik va himoya;
3) tegishli bo'lish va muhabbat;
4) o'z-o'zini hurmat qilish;
5) o'z-o'zini anglash. 
Maslou nazariyasining gumanistik mohiyati, ayniqsa, o'z-o'zini anglash, o'z imkoniyatlarini 
maksimal darajada ro'yobga chiqarish istagi kontseptsiyasida yorqin namoyon bo'ladi. Maslau 
nazariyasi bo’yicha bir vaqtda bir necha ehtiyojlari bolishi mumkin ammo quyi ehtiyojning 
qondirilmasligi keyingi ehtiyojning yuzaga chiqishiga zarurat bo’lmasligini qayd etadi. Ushbu 
qarashga ko’ra bola tug’ilgandan har bir bosqichdagi ijtimoiy psixologik rivojlanish davrida 
ehtiyojlar ham o’z ta’sirini o’tkazishini ko’rishimiz mumkin. Birlamchi fiziologik 
ehtiyojlarning qondirib borilmasligi bola xulq-atvorida ham salbiy xususiyatlarning 
shakllanishiga olib kelishini misol qilib keltirishimiz mumkin. Masalan: go’dak va chaqaloqlik 
davrida bolaning organik ehtiyoji ovqatlanish yoki dam olish ehtiyojining hissiy va emotsional 
yaqin kishisi tomonidan to’la qondirilmasligi, bolada o’zini xavfsiz va himoyasiz his 
qilmasligini, injiqlik va qaysarlik hislatlarining shakllanishini kuzatishlar, bir qancha 
tadqiqotlarda isbotlanganligini ko’rishimiz mumkin. Bolada o’zini –o’zi anglash komponenti 
o’zini boshqaradigan darajada shakllangunga qadar Maslauning fundamental ehtiyojining 
qondirilishi ham ta’sir etuvchi omil bo’lishi mumkin.
Taniqli nazariyotchilardan biri K.Rodjers shaxsning fenomologik nazariyasida ham 
o’zini anglash borasidagi qarashlarini ko’rishimiz mumkin. O’z nazariyasida odamni uzoq 
maqsadlarga yo’naltirilgan va o’zini-o’zi maqsad sari yetaklay oladigan faol mavjudot deb 
qayd etishgan. Rodjersning ta'kidlashicha, odamlar aksariyat hollarda o'zlarining shaxsiy 
tushunchalariga muvofiq yo'l tutishadi. Agar odam o'zini o'zi anglash tushunchasi va umumiy 
organizm tajribasi o'rtasida nomuvofiqlikni sezsa, tahdid paydo bo'ladi. Keyin u idrokni buzish 
yoki inkor qilish orqali "o'zini" yaxlitligini himoya qilishga urinadi. O'z-o'zini anglash va 
haqiqiy tajriba o'rtasidagi juda katta tafovut shaxs xulqida o’zgarishga va psixopatologiyaga 
olib keladi. Rodjers shaxs nazariyasi talqiniga ko’ra tashqi obyektiv olamni subyektiv idrok 
qilishi orqali baholashini qayd etadi. Aynan subyektiv idrok qilish ya’ni baholashi o’z 



Yüklə 65,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə