Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi psixik rivojlanishida



Yüklə 65,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü65,45 Kb.
#158823
1   2   3   4   5   6
12
th
 -ICARHSE 
International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education
Hosted from New York, USA 
https://conferencea.org Mar. 28
th
 2023
86 
ehtiyojlariga va xohishiga to’g’ri kelishini tahlil qilish jarayonini o’zini anglash jarayoni shaxs 
xulq atvorida muhum jihat ekanligini qayd etadi. Shuningdek barcha shaxs xususiyatlar “Men” 
konsepsiyasida o’z aksini topishini talqin etadi. Demak shundan korinadiki o’zini-o’zi anglash 
jarayoni bevosita va bilvosita psixik rivojlanish bilan uyg’un holda shakllanadi deb ayta 
olamiz. Psixologik xususiyatlar va o’zlikni anglash jarayoni o’rtasida doimiy bog’liqlik 
mavjudligi aks etadi. Albatta bola shaxsi ijtimoiy psixologik rivojlanishi irsiyat, muhit va 
ta’lim kabi ta’sir etuvchi omillar ta’sirida rivojlanadi. Rodjers yana hayotiy tajribaning ham 
shaxs boshqaruvida o’z o’rni bor ekanligini qayd etadi. Ya’ni o’z shaxsiy hayotiy tajribalari 
xulq-atvorni namoyon qilishga va o’zini anglash jarayoni orqali o’z hayotining yetakchi 
boshqaruvchisiga ega mustaqil shaxs ekanligini tushuntirishga harakat qiladi.
O’zini-o’zi anglash jarayonining bilish jarayoni bilan bog’liq holda rivojlanishi ijtimoiy-
kognitiv nazariyalar yo’nalishining paydo bolishi bilan bog’liq. Ushbu yo’nalish yorqin 
tadqiqotchilariga Albert Bandura va Julian Rotterning shaxs xulq-atvorini tavsiflovchi ijtimoiy 
kognitiv qarashlarini keltirib o’tishimiz lozim. Bandura aqliy faoliyatni xulq-atvor, kognitiv 
va atrof-muhit omillari o'rtasidagi uzluksiz ta'sir o'tkazish nuqtai nazaridan yaxshiroq 
tushuniladi deb hisoblaydi. Bu shuni anglatadiki, xatti-harakatlar, shaxsiyat va ijtimoiy 
ta'sirlar bir-biriga bog'liq bo'lgan determinantlardir, ya'ni xatti-harakatlarga atrof-muhit ta'sir 
qiladi, ammo odamlar ijtimoiy muhitni yaratishda va ularning har bir jarayonida yuzaga 
keladigan boshqa holatlarda ham faol rol o'ynaydi. Yuqorida biz qayd etganimizdek hayotiy 
tajriba ham xulq-atvor namoyon bo’lishida muhim ro’li bo’lgani kabi ushbu yo’nalish 
vakillarining ham qarashlarida tashqi muhit bilan bog’liq bo’lgan jarayon ya’ni kuzatish va 
hayotiy misollarning o’rnini alohida qayd etishadi. Unga ko’ra odamlar kuzatish orqali o’z 
qobiliyatlarini rivojlantiradi va bu o’zlashtirilgan bilimdan ma’lum ko’nikma va malakani 
kengaytiradi. Bandura fikriga ko’ra o’zini-o’zi boshqarishning uchta tarkibiy qismi mavjud: 
-o’zini-o’zi kuzatish; 
-o’zini-o’zi baholash; 
-o’z-o’ziga javob berish. 
Banduraning ilmiy va amaliy ishlaridagi qarashlariga ko’ra kognitiv jarayon tashqi ta’sirga 
javoban xatti-harakatni boshqaruvchisi ekanligini biz yuqorida ta’kidlamoqchi bo’lgan psixik 
jarayonlarning o’zini-o’zi anglash jarayoni bilan bog’liqligini shu kabi taniqli 
nazariyotchilarning ishlarida ham ko’rsak bo’ladi.
Huddi shu yo’nalishning taniqli vakillaridan yana biri Julian Rotter bo’lib xulq-atvorni 
ijtimoiy sharoitda qanday o’rganish mumkinligi o’zining ishlarida ko’rsatishga harakat 
qilganini ko’rishimiz mumkin. Rotter ham Bandura singari xatti-harakatimiz bizning fikrlash 
va taxmin qilishimiz orqali namoyon bo’lishiga ishongan. Odamlar ma’lum vaziyatlardan 
nima qilishini bashorat qilganda idrok qilishini, natijani kutishi kabi bilimga ega bo’lishlari 
haqida aytib o’tadi. Rotter ham Bandura kabi odamni o’zini turli vaziyatlarda o’zini boshqara 
oladigan kognitiv mavjudot deb talqin etadi. Bundan tashqari Rotter odamni kutilmagan 



Yüklə 65,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə