Pedagogika



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə24/192
tarix31.12.2021
ölçüsü1,48 Mb.
#82084
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   192
O`quv ILHOM uslubiy majmua ijtimoiy

Empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo’lish. Shaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega;

qiyin holatlarda intellektuallashuv mexanizmi ishga tushadi. Katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo’lini o’zi uchun emas, go’yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o’tish, institutga kirish) duchor bo’lganda namoyon bo’ladi.

ratsianallashuv mexanizmida tarbiyalanuvchi o’z xatti-harakatlarining mantiqiy xulosasini chiqaradi. Yosh ratsianalizatorlar odatda maqsadning diskreditatsiyasini qo’llashadi.

fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun harakatlarni bekor qilish mexanizmi qo’llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so’raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko’p shaxslar shu tarzda komillikka erishishadi.

I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritsa bo’ladi:

imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim obyektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go’daklik davrida ko’p qo’llaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin.

eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o’zlashtirish va munosabatga kirishganda kerak bo’ladigan ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo’lish.

taqlid-biror bir namunaga o’xshashga harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba to’plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo’llaridan biridir.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə