Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI TO‘G‘RISIDA



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə16/72
tarix28.04.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#107515
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Oliy Kengashning “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi bayonotiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi va 26-sentabrdagi farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston SSR ittifoq-respublika Davlat xavfsizligi qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aylantirilsin (respublika qo‘mitasi huquqida).
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (1-ilova).
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tizimi va xodimlari soni tasdiqlansin (2, 3, 4-ilovalar berilmaydi). Sobiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi qo‘mitasining tugatilgan alohida bo‘linmalarini hisobga olgan holda, uning xodimlari soni 25 foizga qisqartirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1992-yil uchun respublika budjetining loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini saqlash uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq nazarda tutsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qo‘mitasi, Moddiy-texnika ta’minoti davlat-kooperativ qo‘mitasi, Neft mahsulotlari bilan ta’minlash davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 1992-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishgan holda har yili moddiy-texnika vositalarini ajratishni, shuningdek, chet el valyutasi ajratishni ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va Avtomobil transporti vazirliklari, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi, O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga aloqaning barcha turlarini, xonalar, texnik qurilmalar, transportda yurish hujjatlarini taqdim etsinlar va xizmat vazifalarini bajarish uchun transportda joylarni band qilishni amalga oshirsinlar.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qo‘mitalari va Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, uning joylardagi organlari xodimlariga uy-joy, yakka tartibda uy-joy va dala hovli qurilishi uchun yer uchastkalarining birinchi navbatda ajratilishini ta’minlasinlar.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə