Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə12/72
tarix28.04.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#107515
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Seminar mashg‘ulotlari
8-mavzu: Ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlar, madaniy taraqqiyot muammolari.
Reja:

  1. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.

  3. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahri – Islom madaniyati poytaxti.

  4. O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Erkaev A. O‘zbekiston yo‘li. - Toshkent: Ma’naviyat, 2011.
2. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‘at // M.Abdullaev va boshqalar: to‘ldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006. 4
3. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. – Toshkent: Ma’naviyat, 2017.
4. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. Mas’ul muharrir A.Sabirov. - Toshkent: Akademiya, 2013.
5. Noveyshaya istoriya O‘zbekistana. Rukovoditel’ proekta i redaktor: M.A.Raximov. - Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2018.
6. Azizxo‘jaev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar. - Toshkent: 2001.
7. Azizxo‘jaev A.A. Chin o‘zbek ishi. - Toshkent, 2003.
8. Islomov Z.M. O‘zbekiston modernizatsiyalash va demokratik taraqqiyot sari. - Toshkent: O‘zbekiston, 2005.

9 -mavzu: Kadrlar tayyorlash va ta’lim sohasini isloh qilish.


Reja:

  1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi: Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli.

  2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi.

  3. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar.

  4. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar.

Mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim tizimi. Madaniy-ma’naviy rivojlanishning eng muhim poydevori – ta’lim tizimidir. Chunki zamon talablariga javob beradigan, ilg‘or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini egallab olgan kadrlarni etishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo‘lmaydi.


O‘zbekistonda 1992-yil 2-iyulda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Bu dasturulamal hujjatda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta’lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning burch va mas’uliyatlari aniq belgilab berildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 10 mingdan ortiq xalq ta’limi xodimiga davlat uylari, 22 mingdan ortiq xodimga esa tashkilot va muassasalar tasarrufidagi uylar bepul xususiylashtirilib berildi. 50 mingdan ortiq pedagog xodimga shaxsiy qurilish uchun er maydonlari ajratildi. Qishloqlarda istiqomat qiladigan pedagog xodimlarning hammasi kommunal xizmat uchun to‘lovlardan ozod etilgan bo‘lsalar, shaharliklar uning 50 foizi miqdorida to‘lab bordilar. Keyinchalik kommunal xizmat bo‘yicha bu imtiyozlar oylik maoshlariga qo‘shib beriladigan kompensatsiya bilan almashtirildi.
1992-yildagi qonun asosida umumiy ta’lim quyidagi bosqichlar bo‘yicha amalga oshirila boshlandi.
I bosqich – boshlang‘ich ta’lim (1–4-sinf);
II bosqich – asosiy (tayanch) maktab (4–9-sinf);
III bosqich – yuqori o‘rta maktab (10–11-sinf);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi qarori bilan 1-oktabr – “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” deb belgilandi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e’lon qilindi. 1997-yildan boshlab har yili 1-oktabr «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda.
O‘zbekistonda jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqeyi, turar joyidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlandi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi siyosat 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z aksini topdi. 1996–1997-o‘quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o‘qish lotin alifbosida olib borildi. Yangi alifboda o‘qitish uchun zarur dastur, qo‘llanma va darsliklar yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi.
I bosqich – 1997–2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi.
II bosqich – 2001–2005-yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi.
III bosqich – 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yildan boshlab yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. 9 yillik umumiy o‘rta ta’lim savodxonlik asoslarini, umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Bolalar birinchi sinfga 6–7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim kerakli bilimlar hajmiga asos soladi, mustaqil fi krlash, tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasbiy yo‘nalish va navbatdagi ta’lim bosqichini tanlashga zamin yaratadi. Ta’lim tizimi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni asosida maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim shakllaridan iborat. Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar qurildi, boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida yangi o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo‘yicha takomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv adabiyotlari ham yaratilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublikada faoliyat yuritayotgan 10 mingga yaqin maktablarning moddiy-texnika ta’minoti ham davlat hisobidan amalga oshirildi.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimining tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq umumiy o‘rta ta’limning to‘qqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan to‘qqiz yillik maktabni tugatgan barcha o‘quvchilar ta’lim olishni o‘rta maxsus yoki kasb-hunar kollejlarida davom ettirdilar. Bu yangi ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tildi, ya’ni Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 1-bosqichi (1997–2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. O‘rta maxsus ta’lim sohasida viloyatlarda biznes maktablari, umumta’lim maktablarida kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda yangi mutaxassisliklar (fermer, soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo) kiritildi. Unga binoan, yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga biriktirilishi tufayli bu bosqichda o‘quv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi.
2017-yilgi islohotlar. Ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar, 12 yillik ta’limni takomillashtirish yo‘lidagi tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Yig‘ilib qolgan muammolar sohani tub isloh qilishni, dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasidan foydalanish zarurligini taqazo qildi. 2017-yil umumta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili bo‘ldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni 12 yillik majburiy ta’limdan 11 yillik ta’limga o‘tildi.
2017-yilning o‘zida 10-sinf o‘quvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10 mingga yaqin umumta’lim maktabida 11 yillik ta’limga o‘tilgan holda o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota-onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi.
2016/2017-o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 466 mingdan ortiq o‘quvchining 288 mingi 10-sinfda o‘qishni davom ettirdilar. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘inidir. Maktabgacha ta’lim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Shu bois, bolalarning sog‘lom va bilimli, etuk salohiyatli kadrlar bo‘lib voyaga etishida bog‘cha tarbiyasi juda muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo‘limlari kiradi.
2017-yilda O‘zbekistonda 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritgan. Oxirgi 20 yil davomida bog‘chalar soni 45%ga kamaygan. Ayni damda bog‘chaga borayotgan bolalar umumiy bolalar sonining 30%- ni tashkil qiladi.
Oliy ta’lim tizimi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. 1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti tashkil qilindi.
Eng zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy kon-metallurgiya instituti, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi kabi o‘nlab yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi. Toshkent davlat elektrotexnika va aloqa texnikumi institutga aylantirildi. 1993-yil talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan zamonaviy bilimlar sohibi bo‘lgan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash maqsadida Toshkent Davlat Agrar universiteti, Andijon, Samarqand Qishloq xo‘jaligi, Qarshi Muhandislik iqtisodiyot, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutlari ish boshladi. Mamlakat viloyatlarida oliy universal ta’limni joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi.
1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovii asosida o‘qishga qabul qilish tajribadan o‘tkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari o‘tkazildi.
1994-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi. 1996-yildan ta’lim olishda kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi. 1997-yilgi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, 5 yillik oliy ta’limdan 4 yillik bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pog‘onali tizimga o‘tildi. Shuningdek, Mamlakat Prezidentining 2013-yildagi “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi.
2017-yildagi holatga ko‘ra, mamlakatimizda 80 dan ortiq oliy o‘quv yurti, jumladan, 19 ta universitet, 37 ta institutlar, 6 ta akademiya, 1 ta konservatoriya, 1 ta raqs va xoreografiya oliy maktabi, 13 ta OTMlar filiallari, 7 ta xorijiy davlatlar OTMlarining filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xalq ta’limi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qatorida oliy ta’lim, tarmoq sohalarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tamomila yangi bosqichga ko‘tarildi. Prezidentning 2015-yildagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 15 ta etakchi oliy ta’lim muassasalari – tayanch oliy o‘quv yurtlari sifatida belgilandi.
Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning etakchi davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or yutuqlarni, milliy an’analarni o‘z ichiga olgan yangi modeli tashkil qilindi.
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika universiteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universiteti filiallari ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar. Yurtimiz va xorijdagi o‘quv maskanlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta’lim olmoqda va o‘z malakasini oshirmoqda. Bunda xorijiy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga chiqdi. Yoshlarni jahon fani va bilimlari xazinasidan bahramand qilishga katta e’tibor berilmoqda. Respublika o‘quv yurtlarining chet ellardagi o‘quv markazlari bilan aloqalari ancha mustahkamlandi. Chet ellik o‘qituvchilar va mutaxassislarni xorijiy tilda mashg‘ulot olib borish uchun taklif qilish, shuningdek, chet el o‘quv va ilmiy markazlarida xodimlarning malaka oshirishi va talabalarning o‘qishi kengayib bormoqda. Ayni vaqtda jahonning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda ta’lim olishmoqda.
2017-yilgi tub islohotlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2017–2021-yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. 2017–2018-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining etmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. Harakatlar Strategiyasida ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirishdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Ana shuni nazarda tutib, Prezident Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, degan edi. 2017-yil 10 yildan ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin davlat va jamiyatdagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlar inobatga olinib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq 2018–2019-o‘quv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari o‘tkazilmaydi. Masalan, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va alohida iqtidor talab etadigan ta’lim yo‘nalishlariga faqat ijodiy imtihonlar orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi. Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, tibbiyot sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati 7 yildan 6 yil va tibbiy profilaktika yo‘nalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi.
Test sinovlari shaffof va haqqoniy o‘tishini ta’minlash maqsadida, ushbu tizimni takomillashtirish hamda abiturientlar, ota-onalarga engilliklar tug‘dirish maqsadida mavjud tizimni isloh qilish talab etildi. 2018–2019-o‘quv yilidan boshlab test jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida o‘tkazish, natijasini esa imtihonning ertasiga e’lon qilish vazifalari qo‘yilgan.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim. 2012-yilga qadar aspirantura (3 yil) va doktorantura (3 yil)dan iborat bo‘lib, 2012–2017-yillarda bir bosqichli doktorantura faoliyat olib bordi. 2013–2017-yillar oralig‘ida faqat 360 ga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu esa respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmadi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamda bir qator ilg‘or xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotini o‘rgangan holda 2017-yilning1-iyulidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Sciense) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir.



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə