Pedagogika va ijtimoiy ish



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə97/389
tarix01.04.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#84937
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   389
2 5217818457805951399

Ijtimoiy-foydali mehnat – o‘quvchilar guruhi (jamoasi) tomonidan tashkil etilib, ijtimoiy ahamiyat kasb etgani holda bevosita shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda muayyan ijtimoiy ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan mehnat faoliyati turi. U “o‘quvchilarni ijtimoiy xususiyatga ega mehnat jarayoniga jalb etish asosida ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish, ma’naviy-axloqiy sifatlar (jamoaviylik, o‘zaro yordam, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, do‘stlik, hamjihatlik)ni tarbiyalash, shuningdek, ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirish”4 maqsadida uyushtiriladi.

O‘quvchilar o‘rtasida mehnat tarbiyasini tashkil etishda ijtimoiy-foydali mehnatning quyidagi shakllaridan samarali foydalanish mumkin: o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish, sinf xonasi yoki oshxonada navbatchilikni tashkil qilish, hasharlar, mehnat bayrami, ko‘kalamzorlashtirish, maktab binosini ta’mirlash, shuningdek, fermer hamda jamoa xo‘jaliklarida еtishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olishda ko‘maklashish.

O‘quvchilar oilada, ta’lim hamda omma uchun xizmat ko‘rsatiladigan muassasalarda o‘z ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, zimmalaridagi vazifalarni ado etish maqsadida muayyan mehnat faoliyatini tashkil etadi. Mehnatning bu turi o‘z-o‘ziga xizmat deb yuritiladi. O‘z-o‘ziga xizmatning eng oddiy ko‘rinishlari umumiy ovqatlanish muassasalarida xodimlar xizmatidan foydalanmaslik, oilada yotoqxonani tartibga keltirish, kiyim-kechaklarini ozoda, o‘quv qurollarini esa tartibli saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish yo‘lida muayyan harakatlarni bajarish va h.k.lar sanaladi.

O‘quvchilarni mehnatga layoqatli va mehnatsevar qilib tarbiyalashda ularni mehnatda mashq qildirishga jalb etish muhim ahamiyatga ega.

Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini yo‘lga qo‘yishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirish, ularda muayyan kasb yoki hunarga doir bilim, ko‘nikma, malakalar bilan qurollantirish bo‘lib, shaxs kamolotini ta’minlashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. O‘quvchilar tomonidan kasb yoki hunar yo‘nalishining to‘g‘ri tanlanishi muhim ahamiyatga ega. Kasb yoki hunar yo‘nalishlaridan birini tanlashda o‘quvchining xohishi, qiziqish va ehtiyojini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga tajribali o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, ota-onalar tomonidan berilgan maslahatlar ham o‘quvchilar tomonidan kasbiy faoliyat yo‘nalishining to‘g‘ri tanlanishini ta’minlaydi.


Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   389




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə