Pedagogika va ijtimoiy ish


Эстетик тарбия (нафосат тарбияси)нинг мақсади



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə100/389
tarix01.04.2022
ölçüsü1,17 Mb.
#84937
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   389
2 5217818457805951399

Эстетик тарбия (нафосат тарбияси)нинг мақсади

шахснинг воқеликка эстетик муносабатини

шакллантиришдан иборат

Estetik tarbiyani olib borishda o‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari, go‘zallikni sevish, go‘zallikka intilish tuyg‘ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iborat (21-rasm):

Oilada va ta’lim muassasalarida estetik tarbiyani tashkil etish orqali o‘quvchilarda estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik his-tuyg‘u, estetik did, estetik mulohaza, estetik ong, estetik ideal, estetik qarash hamda estetik faoliyat ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Estetik qiziqish – shaxsning estetik faoliyatga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan o‘zlashtirishga kirishi.

Estetik ehtiyoj – shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omil (ichki intilish).

Estetik his-tuyg‘u – insonning voqelikka, kishilarga, o‘z faoliyatiga estetik munosabati.

Estetik didestetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy me’yorlar yig‘indisi orqali shakllanib, shaxsning buyum, hodisalarga estetik baho berishida yaqqol namoyon bo‘ladigan hodisa.

Estetik mulohaza – shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati.

Estetik ideal – sub’ekt bilan ob’ekt, inson bilan ijtimoiy butunlikning tarixan eng to‘liq uzviy birligi bo‘lib, bu birlik tub maqsadlar sifatida inson ijodiy kuchlarining erkin va har tomonlama rivojlanishida o‘z ifodasini topadi.

Estetik qarash – estetik ongning g‘oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi fikr-mulohazalar va g‘oyalar tizimi.

Estetik ong – shaxsga nazariy tushunchalar asosida predmet, buyum, voqelik va hodisalar mohiyatini estetik baholay olish imkonini beruvchi his-tuyg‘u, sezgi, tasavvur va qarashlar shakli.

Estetik faoliyat ko‘nikmalari – estetik ehtiyojlarni qondirish yo‘lida amalga oshiriladigan xatti-harakat ko‘nikmalari.

Estetik tarbiya jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar shartli ravishda ikki guruhga ajratiladi: 1) o‘quvchilarga nazariy estetik bilimlarni berish; 2) ularda amaliy estetik ko‘nikmalarni shakllantirish.

Nazariy va amaliy estetik bilimlarni egallash asosida o‘quvchilarda quyidagi holatlar ko‘zga tashlanadi: estetik bilimlarning tarkib topganligi; estetik madaniyatning tarbiyalanganligi; estetik va madaniy meros namunalaridan xabardor bo‘lish; estetik tuyg‘uning rivojlanganligi; ijtimoiy hayot, tabiat va mehnat go‘zalliklarini his etishi; go‘zallikka intilish ehtiyojining rivojlanganligi; estetik idealning shakllanganligi; fikrlash, faoliyat, xatti-harakat va tashqi ko‘rinishda go‘zal bo‘lishga intilish.

Estetik tarbiya faqat narsa va hodisalarning mohiyatini anglash, go‘zal jihatlarini ko‘ra olishnigina emas, balki ichki go‘zallikni his qilish xislatini ham tarbiyalaydi, insondagi xulqiy go‘zallikning qadriga еtishga undaydi.

Shaxsni har tomonlama kamol toptirishda ekologik tarbiya ham kuchli tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu sababli ijtimoiy tarbiya jarayonini bu yo‘nalishdagi pedagogik faoliyatsiz tasavvur etish qiyin.



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   389




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə