Pedagogika va psixologiya p65



Yüklə 57,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/43
tarix23.01.2023
ölçüsü57,48 Mb.
#99050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA ASOSLARI

I bo‘lim. PEDAGOGIKA
1.1. Pedagogikaning predmeti, maqsad va vazifalari
O ‘zbekiston Respublikasida ta ’lim sohasida amalga oshirila- 
yotgan islohotlar, jamiyatda sodir b o ‘layotgan demokratik o ‘z- 
garishlar yangi jam iyat barpo etish yo‘lidan dadil yetaklovchi, 
harakatlantiruvchi ichki kuchga aylanmoqda. T a’lim -tarbiya ti- 
zimini o ‘zgartirmasdan turib, odamlar ongini, demakki, ularning 
turm ush tarzini ham o ‘zgartirish m um kin emas.
XXI asrda ijtim oiy-iqtisodiy m unosabatlar rivojida inson aql- 
zakovati va m a ’naviyati asosiy m uvofiqlashtiruvchi, rivojlan- 
tiruvchi omil va vosita ekanligi tobora nam oyon b o ‘lmoqda. Shu- 
ning uchun insonparvarlik bozor iqtisodiyoti asosida huquqiy
dem okratik davlat, erkin fuqarolik jam iyati qurilishining bosh 
tamoyili sifatida m aydonga chiqdi. O ‘zbekiston Respublikasining 
«Ta’lim to ‘g ‘risida»gi Q onunida ta ’lim davlatimiz ijtimoiy taraq- 
qiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinishi pedagogika fani zim- 
masiga ju d a katta m as’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. Juda 
boy ilmiy, m a’naviy, madaniy, diniy merosimiz qayta tiklana 
boshlandi.
H ar bir mustaqil fan o ‘zining predmeti va metodologik asos- 
lariga egadir. B oshqa fanlar kabi pedagogika ham fan sifatida 
paydo b o ‘lar ekan, u, avvalo, jam iyatning talab va ehtiyojlari 
asosida vujudga keldi. Shu sababli tarbiya jarayonini ijtimoiy 
hayotning ajralmas qismi deb qarash lozim. Chunki tarbiyaviy 
ishlarni olib bormasdan turib, jamiyatni, uning rivojlanishini ta- 
savvur qilish qiyin.
Pedagogika atamasi qadimiy b o ‘lib, «bola yetaklovchi» degan 
m a’noni bildiruvchi grekcha «paydogogos» so‘zidan kelib chiq- 
qan. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Qadimgi Yunonistonda 
o ‘z xo‘jayinlarining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiya- 
chini «pedagog» («bola yetaklovchi») deb atashgan. Keyinchalik
5


esa, bu tushuncha keng m a’noda ishlatilib, maxsus bilimlarni 
egallagan mutaxassislarga nisbatan qo‘llanila boshlandi. Shu bilan 
birga, ta ’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchilar kasb-hunar 
homiylari sifatida ajralib chiqa boshladilar. Ularning ta ’lim -tar- 
biya borasidagi faoliyatlari va to ‘plagan tajribalaridan o ‘rinli foy- 
dalanishlari pedagogika fani vujudga kelishiga olib keldi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq siyosiy, ijtimoiy, 
huquqiy, m adaniy-m a’naviy va ilmiy hayotimizda ko‘plab yangi- 
liklar, umumbashariy jarayonlar bilan bog‘liq ijobiy o ‘zgarishlar 
sodir b o ‘ldi.
Eng muhimi, inson va fuqaroning fikrlash va dunyoqarashi 
o ‘zgarmoqda, siyosiy va ijtimoiy ongi, uning um um iy saviyasi 
to ‘xtovsiz o ‘sib bormoqda. Yangi avlod, yangi tafakkur sohiblari 
dunyoga kelmoqda.
Pedagogika nafaqat o ‘zining o ‘rganuvchi predmeti, balki ta- 
rixiy rivojlanishi bilan ham o ‘ziga xos fandir.
«Avesto» ta ’limoti, Abu Abdulloh M uham m ad ibn Ismoil al- 
Buxoriy (810—970), Abu Iso M uham m ad ibn Iso at-Termiziy 
(824—892) kabi hadis ilmining ulug‘lari ta ’lim-tarbiya jarayoniga 
ulkan hissa qo‘shib, pedagogikaning shakllanishiga zamin yarat- 
dilar. U larning pedagogik qarashlari tarixning zarhal sahifala- 
ridan munosib o ‘rin egalladi. Ilk o ‘rta asrlarda Abu N asr Forobiy 
(789—950), Abu Ali ibn Sino (980—1037), Abu Rayhon Beruniy 
(937—1051) kabi allomalar ta ’lim-tarbiyaga oid dunyoviy fikrlari 
bilan dovrug‘ qozondilar. O ‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk 
davlat arbobi M ir Alisher Navoiy o ‘zining tarbiyaviy ahamiyatga 
m olik b o ‘lgan noyob asarlari, ilmiy tafakkur va falakiyot ilmi 
sohasida yetuk dunyoqarash sohibi M irzo U lug‘bek m a ’rifiy 
qarashlari, Z ah irid d in M uham m ad Bobur va boshqa adiblar 
o ‘zlarining o ‘lmas ijodlari bilan pedagogika fani taraqqiyotiga 
salmoqli hissa qo‘shdilar.
Bugungi kunga qadar pedagogika sohasida yangi-yangi ta ’li- 
motlar, g‘oyalar kashf qilindi, yuzlab risolalar, asarlar yaratildi, 
bu sohaga oid eng yuqori c h o ‘qqi zabt etildi, am m o tarbiya 
jarayonidagi insonni chuqur o‘yga cho‘mdiradigan muammolar 
hanuzgacha o ‘z yechimini to ‘laqonli topganicha yo‘q.
Pedagogikaning metodologik asosi yosh avlodni tarbiyalash 
a n ’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o ‘qitish va 
kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-qoidalarini, qomusiy 
mutafakkirlar, m a’rifatparvar adiblar va pedagoglarning ta ’lim-
6


tarbiya, m a’rifatga doir g ‘oyalarini va ularning rivojlanishini mu- 
kammal o ‘rganadigan fandir.
Zam onaviy pedagogika ijtim oiy hayot jabhalarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan shaxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga 
bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, 
xulq-atvori bilan o ‘zgalarga ibrat b o ‘ladigan bilimli, komil inson 
etib tarbiyalashdek m uhim masalalarni hal qilishi lozim.
Pedagogika insonshunoslik fani b o ‘lib, jamiyat va shaxs mu- 
nosabatlarini tizimlashtiradigan tarbiya va ta ’lim muammolarini 
o ‘rganadi. Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib bo- 
rib, ta ’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, 
usullari ham da tashkil etish shakllari haqidagi fanga aylandi. Pe­
dagogika fanining predm eti quydagilardan iborat (1-chizma).
1-chizma.
H ar bir fanning m azm un va m ohiyatidan kelib chiqadigan, 
uning asosiy tom onlarini yoritishga xizmat qiladigan va eng ko‘p 
ish la tila d ig an asosiy tu s h u n c h a la ri b o ‘ladi. K ateg o riy a — 
(yunoncha: kategoria — «ko‘rsatm a», «dalil», «tushuncha») 
pedagogikada pedagogik jarayonlar xususiyatlarini, m ohiyat- 
m azm unini, shaxs va jam iyat, shaxs va guruh, shaxs va jam oa 
o ‘rtasidagi, ta ’lim -tarbiya, m a’naviy-m a’rifiy, axloqiy, estetik, 
iqtisodiy-ekologik va h.k. m unosabatlarni aks ettiruvchi asosiy 
tushunchadir. Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi 
va jamiyat tajribasi asosida paydo b o ‘ldi. Kategoriyalar orqali inson 
borliqni va tevarak-atrofni, ijtimoiy hayotda sodir b o ‘layotgan 
voqea-hodisalarni o ‘rganadi.
7


Pedagogikaning yana bir m uhim tushunchalaridan b in «Di- 
daktika» so‘zidir. Qadimgi Y unonistonda quldorning bolasiga 
maktabda ta ’lim beruvchi kishini «Didaskal» deb atashgan. «Di- 
daktika» — yunoncha «didaktikos» so‘zidan olingan b o ‘lib, «o‘qi- 
tish», «o‘rgatish», «bilim berish» m a’nolarini anglatadi.
Hozir bu tushunchalarning hajmi va m azm uni ancha boyigan 
va kengaygan b o ‘lib, u faqat o ‘qituvchining faoliyatini emas, shu 
bilan birga o ‘quvchining faoliyatini ham o‘z ichiga qamrab olgan.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari ta ’lim, tarbiya, m a’lu- 
mot, rivojlanish, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon, bilish, 
ta ’lim-tarbiya metodlari, prinsiplari va boshqalardan iborat. Ularni 
pedagogik tushunchalar deb ataymiz.

Yüklə 57,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə