me’yorlaridan hisoblanadi.
Aytish lozimki, nutqning bu kommunikativ sifati
adabiy til va nutq Bilan jamiyat munosabatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra
nutqning sofligi nutqning adabiy til me’yorlariga va jamiyatdagi ma’naviy – axloq
qoidalariga yot bo‘lgan unsurlardan xolililigi bilan belgilanuvchi kommunikativ
sifat tarzida baholash mumkin. Aytish joizki, kishi
nutqining sofligi uning
ma’naviy-ma’rifiy,
lisoniy-madaniy
saviyasini
namoyon
etadigan
ko‘rsatkichlardan biridir.
Nutqning boyligi. Nutqning boy yoki kambag‘alligi unda tilning bir-biridan faq
qiladigan unsurlaridan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til
unsuri nutqda qanchalik kam takrorlangan bo‘lsa, bu nutqning boylik darajasi
shunchalik yuqori bo‘ladi yoki, aksincha, muayyan til unsurining takrori ko‘p
bo‘lgan nutq kambag‘al nutq hisoblanadi va uning ta’siri ham shunga yarasha
bo‘ladi.
Nutqning ifodaliligi. Nutqning bu sifati ba’zan ta’sirchanlik
tarzida ham talqin
etiladi. Ammo ta’sirchanlik keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u yaxlit yaxshi nutqqa
xosdir. Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda
ko‘p va xilma-xil. Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha sathlarida
mavjud. Tilning tovush qurilishi, so‘z
xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik
birliklari, intonatsiya, uslub kabilarning har biri
nutq ifodaliligining bitmas-
tuganmas manbalaridir.
O‘quvchilar tushuna oladigan tilda gapirish, ularni ishontira olish o‘qituvchi
oldiga qo‘yiladigan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Buning
Dostları ilə paylaş: