Pedagogning professional kompetentligi va mahorati


Pedagogning professional kompetentligi va mahorati



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/78
tarix27.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#162579
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
2.3.Pedagogning

Pedagogning professional kompetentligi va mahorati
 
“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi 
 
40-
 sahifa
 
samarali foydalana olish qobiliyatiga qarab baholanadi. Negaki, fan, texnika, ishlab 
chiqarish, sport va ijtimoiy munosabatlar shiddat bilan rivojlanib borayotgan ayni 
davrda axborot (bilimlar) shu darajada ko„pki ularning hammasini o„zlashtirishga 
inson qodir emas. 
Pedagogik maqsad
ning o„ziga xosligini quyidagilarda bilish mumkin: 
1.
Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya‟ni 
jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan 
bog„liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga 
yo„naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni 
ta‟minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o„tkazadi, ijtimoiy tajriba 
orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro„yobga chiqaradi. 
2.
Jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi faoliyati doimo shaxs faoliyatini 
boshqarish bilan bog„liq. Bunda pedagogik maqsad o„quvchi maqsadiga aylanishi 
muhimdir. Jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi o„z faoliyati maqsadini va unga 
erishish yo„llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish o„quvchilar uchun 
ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta‟kidlaganidek: 
“Ishonch bilan gapir, ana shunda so„z ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham o„z-
o„zidan kelaveradi”. 
3.
Pedagogik (ta‟lim-tarbiya) jarayonida o„quvchi faoliyatini boshqarish 
shuning uchun ham murakkabki – jismoniy tarbiya fani o„qituvchisi maqsadi 
doimo o„quvchi kelajagi tomon yo„naltirilgan bo„ladi. Buni anglagan holda, mohir 
jismoniy tarbiya fani o„qituvchilari o„z faoliyatini mantig„ini o„quvchilar 
ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub 
mohiyati ham ana shundan iborat. 

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə