“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix22.01.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#99018
1   2   3   4   5   6   7   8   9
29-37

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-19, Issue-1, October- 2022
 
36
Bugungi 
kunda 
bajarilayotgan 
ishlardan 
biri 
sifatida 
Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev aytganlaridek, "Biz bo'sh turgan davlat mulki obʼektlarini o’zaro 
sheriklik asosida xususiy sektorga o'tkazish bo'yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet 
tarmog’ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, 
tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o'rnatish zarur. Shu maqsadda 2018 - 
yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo’yicha 
elektron tizim tashkil etildi. 
2019 - yil 13 – avgustdagi «Qishloq xo’ jaligiga mo'ljallanmagan yer 
uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida»gi Qonun va Prezidentning Farmoni eʼlon 
qilindi. Xususiy mulkka berilgan bunday katta eʼtibor iqtisodiyotning turli sohalari va 
tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o'rinlarining ko’payishiga imkon 
yaratadi. Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik 
faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan har tomonlama 
samaradorligini ko'rsatmoqda. Chunki xususiy korxonalarda sidqidildan mehnat 
qilishga undaydigan omillar va shaxsiy manfaatdorlik darajasi va eng asosiysi, o'zining 
ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi uchun masʼuliyat hissi 
butunlay yuqori ekanligi hammaga maʼlum. 
Xulosa:
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis kechmay, uni 
turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarni bilishda tarixiy-formatsion, 
madaniylashish (sivilizasiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, 
iqtisodiy tizimlarning o'zgarishi kabi jihatlar bo'yicha yondashuvlar mavjud. Iqtisodiy 
tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar - iqtisodiyotni 
tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o'z 
ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasida ko'pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab, shu asosda dunyodagi 
mamlakatlar iqtisodiyoti anʼanaviy iqtisodiyot, maʼmuriy buyrukbozlik iqtisodiyoti va 
bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi.
 
Mulkchilik munosabatlari - shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o'zida ifoda 
etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, 
tarmoqlar, hududlar va davlat o'rtasidagi munosabatlar majmuasidir. Mulkchilik 
munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni o'zlashtirish 
borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o'zida ettiradi. Agar aks mulkchilikning iqtisodiy 
mazmuni u yoki bu obʼektni o'zlashtirish va foydalanish borasida subʼektlar o'rtasidagi 
munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni subʼektning obʼektga 
nisbatan bo'lgan munosabatini aks ettiradi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish - korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning 
investitsion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish 
jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan jarayondir. Mulkchilikni 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə