“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-31, Issue-2, April - 2023
132
VIRTUAL TEXNOLOGIYALARNING IMKONIYATLARI
Ilmiy rahbar: Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
«Informatika» kafedrasi dotsenti,
S.Q.Tursunov
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti
Ta’limda axborot texnologiyalari yo‘nalishi 2-bosqich magistranti
Tagayev Qoldibek Koldorbek o‘g‘li
Annotatsiya:
Virtual
texnologiyalar, hozirgi zamonning eng katta va
rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Ushbu texnologiyalar, o‘qitish, ta’lim va o‘rganish
sohalarida keng qo‘llaniladi. Bu texnologiyalar o‘quvchi va o‘qituvchilarga
imkon
beradi, ularni o‘zlarining o‘rganish usullariga mos keladigan yangi usullar bilan
tanishtiradi va ularga keng imkoniyatlar yaratadi.
Kalit so‘zlar:
Virtual texnologiya, virtual haqiqat, ta’lim, texnologiya.
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi
bilan birgalikda virtual
texnologiyalarning ikki turi jadal suratlar bilan rivojlanmoqda: kengaytirilgan haqiqat
(AR) va virtual haqiqat (VR). Ular so‘nggi yillarda virtual aloqa tezligini qo‘lga
kiritgan va davom etishi prognoz qilinayotgan tushunchalardir.
Virtual haqiqat(inglizcha- virtual reality, sun’iy voqeilik)-inson sezgilari orqali
anglashi qiyin bo‘ladigan holatlarni kompyuter texnologiyalari orqali real voqeilikka
aylantirilishi. Masalan, mashina, kompyuter ichki mexanizmlarining harakati,
kimyoviy, fizik elementlar tuzilishi, molekulalarning harakati, tuzilishi va h.k .
Virtual haqiqat ko‘pincha yangiliklarda namoyon bo‘ladi, lekin ko‘pchilik bu
texnologiyani faqat o‘yin sifatida qabul qiladi va uni ko‘ngilochar bog‘lardagi
qurilmalar bilan bog‘laydi, bu erda xohlovchilarga ko‘zoynak taqib,
realistik video
tomosha qilishni taklif qilishadi, shu bilan birga attraksion xodimi sizni silkitadi. Shu
bilan birga, virtual haqiqat imkoniyatlari ancha kengroqekanini ko‘rishimiz mumkin
bo‘ladi. Virtual texnologiyalar turli sohalarda qo‘llaniladi va bu texnologiyaning
imkoniyatlari anchagina keng ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Virtual ta’lim nafaqat masofaviy, telekommunikatsiya ta’limi balki, “obyektlar
va subyektlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik jarayoni va natijasidir” .
Virtual ta’lim muhiti o‘quv jarayoni qatnashchilarini o‘zaro aloqada bo‘lishini
ta’minlash uchun turli ta’lim manbalariga
kirishga imkon beradigan, ochiq,
kompyuterli muhit hisoblanadi. Virtual ta’lim muhitida virtual ta’lim
texnologiyalaridan foydalaniladi. Virtual ta’lim texnologiyalari murakkab tuzilishga
ega bo‘lib, ularning tasnifi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-informatikani o‘qitish va unga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan
vositalar
(o‘quv materiallarini tayyorlash va taqdim etish vositalari, ta’lim qatnashchilarining