«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

 


61 

 

XULOSA VA TAKLIFLAR 



 

«Fransiyada  davlat  byudjeti,  byudjet  tizimi  va  byudjet  jarayonini  tashkil 

etish»  mavzusidagi  bitiruv  malakaviy  ishi  yuzasidan  quyidagi  xulosalar 

tayyorlandi. 

1.

 

Fransiya  hududi  mamlakatni  kommuna,  departament,  region,uchastka, 



okrug,  kommuna  kabi  ma’muriy  birliklar  va  hududiy  jamoalarga  bo’lish  orqali 

boshqariladi. Byudjetni boshqarish usuli davlat birligi va yaxlitligini saqlab qolgan 

holda amalga oshiriladi. Fransiya moliya tizimida bir-biridan mustaqil bo’lgan ikki 

darajadagi 

byudjet 

mavjud, 


bular 

davlat 


byudjeti 

va 


mahalliy 

byudjetlardir.Fransiya ikki bo’g’inli byudjet tizimiga ega. 

2.

 

Fransiyabyudjet  tizimini  boshqarishda  quyidagi  tamoyillarga  rioya  qilish 



talab 

etiladi:byudjetning 

bir 

yillik 


va 

ko’p 


yillik 

tamoyili; 

byudjetningixtisoslashganlik  yoki  aniqlik  tamoyili;byudjet  birligi  tamoyili; 

byudjetningumumiylik tamoyili; byudjetning haqqoniylik (xolislik) tamoyili. 

3.

 

FransiyadaYagonag’aznahisobvarag’idagimablag’larniboshqarishquyidagi



sub’ektlartomonidanamalgaoshiriladi: 

 



Fransiya  Banki  yagona  hisobvaraqni  yuritadi  va  xarajat  operatsiyalarini 

amalga oshirish uchun hisob-kitob tizimini taqdim etadi; 

 

Fransiya  davlat  g’aznasi  mablag’  oluvchilarning  shaxsiy  hisobvaraqlarini 



yuritadi,  kassa  xarajatlari  uchun  buyurtmalar  bo’yicha  operatsiyalarni  amalga 

oshiradi va davlat byudjetining ijro etilishini kassali rejalashtiradi; 

 

“Frans Trezor” moliya agentligi yagona hisobvarag’idagi mablag’larning 



muayyan  ijobiy  qoldig’ini  ta’minlaydi,  ya’ni  kassa  zaxirasini  qoplash  uchun 

mablag’larni jalb qiladi. 

4.

 

Davlat byudjetining Yagona g’azna hisobvarag’idagi bo’sh mablag’lardan 



foydalanish  ijobiy  natijalar  berishi  mumkin.  Respublikamizda  kichik  biznes  va 

xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish  uchun  kredit  resursi  sifatida  tijorat  banklari 

Yagona  g’azna  hisobvarag’idagi  bo’sh  mablag’lardan  vaqtincha  foydalanish 



62 

 

imkoniyatiga ega bo’ladi.  



5.

 

O’rta muddatli byudjetni rejalashtirish – davlat byudjetini bir necha yilga 



(3-5  yilga)  tuzish  jarayonidir.  Shunga  ko’ra,  «qisqa  muddatli»,  «o’rta  muddatli», 

«uzoq  muddatli»  kabi  tushunchalar  kiritildi.  Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarida 

ushbu  tizim  shakllantirildi.  2018  yildan  O’zbekiston  Respublikasida  rivojlanish 

dasturlarini  moliyalashtirish  va  shakllantirishning  yangi  tartibi  joriy  etiladi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o’rta muddatli byudjet tuzish 

kontseptsiyasi yaratildi.O’rta muddatli byudjet tuzish kontseptsiyasiga ko’ra, o’rta 

muddatli  byudjetni  rejalashtirish  jarayoni  “yuqoridan-pastga”  va  “pastdan-

yuqoriga”  yondoshuvlari  asosida  amalga  oshiriladi.  Ya’ni,  “yuqoridan-pastga” 

yondoshuvida  makroiqtisodiy  prognoz  modellari  asosida  3-4  yillik  byudjetning 

yuqori  chegaralari  aniqlanadi,  “pastdan-yuqoriga”  yondoshuvida  esa  vazirlik  va 

idoralarning  byudjet  so’rovi  ko’rinishida  byudjet  mablag’lariga  3-4  yillik  talab 

aniqlanadi.Mamlakatimizda  ham  ushbu  tizimni  joriy  etish  bo’yicha  ishlarni 

tezlashtirish kerak.  

Bitiruv  malakaviy  ishida  tayyorlangan  xulosalar  asosida  bitiruv  malakaviy 

ishi ob’ekti va predmeti bo’yicha quyidagi takliflar berildi. 

1.

 



Fransiya  tajribalari  asosida,  byudjet  tashkilotlariga  shartnoma  orqali 

xizmat  ko’rsatish  tizimini  kengaytirish  kerak.  Mahsulot  etkazib  beruvchilar  va 

xizmat  ko’rsatuvchilar  bilan  uch  yilga  shartnoma  tuzish  zarur,  bunda  har  yili 

o’zgarishlarni  hisobga  olgan  holda,  ko’rsatkichlarni  indeksatsiyalash  va  ularga 

tuzatish kiritish mumkin. 

2.

 



Rivojlangan  demokratik  davlatlarda  bo’lgani  kabi  O’zbekistonda  ham 

byudjet  loyihasini  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  O’zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  va  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 

palatalari  veb-sahifalarida  joylashtirish  va  keng  jamoatchilik  e’tiboriga  havola 

etish lozim. 

3.

 



Fransiyada  byudjet  islohotining  muhim  yo’nalishlaridan  biri  - 

«Natijaviylikka  yo’naltirilgan  byudjetlashtirish»ni  joriy  etishdir.  «Natijaviylikka 




63 

 

yo’naltirilgan  byudjetlashtirish»  uslubi  -  moliyaviy  resurslarni  taqsimlash  va 



foydalanishning  tiniqligi,  nazorat  ostida  bo’lishi  va  samaradorligini  oshirishni 

ko’zda  tutadi.  «Natijaviylikka  yo’naltirilgan  byudjetlashtirish»  deganda, 

cheklangan  moliyaviy  resurslar  jamiyatda  ko’zda  tutilgan  aniq  maqsadga 

erishilishiga  qarab  hamda  davlat  byudjet  siyosatining  ustuvor  yo’nalishlariga 

muvofiq taqsimlanadi.  

4.

 



O’zbekistonda  ichki  audit  va  moliyaviy  nazorat  xizmatlarini 

takomillashtirish maqsadga muvofiqdir. 

5.

 

Bizning fikrimizcha, respublikamizda davlat byudjeti ijrosi uchun mas’ul 



hisoblangan  g’aznachilik  institutini  rivojlantirish,  uning  funktsiya  va  vazifalarini 

hozirgi  zamon  talablari  doirasida  kengaytirish,  Yagona  g’azna  hisobvarag’idagi 

davlat  byudjeti  mablag’larini  boshqarishning  Fransiya  g’aznachilik  amaliyotida 

sinalgan  ijobiy  natijalaridan  foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Byudjet  ijrosi 

jarayonida  Yagona  g’azna  hisobvarag’ida  jamlanadigan  davlat  maqsadli 

jamg’armalari, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag’larining bo’sh 

turgan  qismini  joylashtirish  mumkin,  olingan  daromadlaridan  foydalanish 

imkoniyatlarini 

ko’rib  chiqishhamdadavlat  byudjetining  Yagona  g’azna 

hisobvarag’idagi bo’sh mablag’larini samarali boshqarish kerak. 




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə