«pensiya ishi» kafedrasi umirqulova nilufar baxodir qizi fransiyada davlat byudjeti, byudjet tizimi va



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/38
tarix24.03.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#84683
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
UMIRQULOVA NILUFAR BAXODIR QIZI - FRANSIYADA DAVLAT BYUDJETI BYUDJET TIZIMI VA BYUDJET JARAYONINI TASHKIL ETISH

Uchinchi bob bo’yicha xulosa 

 

Bugungi  kunda  mamlakatda  Davlat  byudjeti  ijrosining  natijaviyligini 

ta’minlash  maqsadida  ko’pgina  chora-tadbirlar  amalga  oshirildi.  O’rta  muddatli 

byudjetni  rejalashtirishga  o’tish  keyingi  yillarda  rivojlangan  va  rivojlanayotgan 

davlatlarda  byudjet  islohotlarining  muhim  elementlaridan  biri  hisoblanadi.  O’rta 

muddatli byudjet strategiyasiga o’tish quyidagi zaruriyat bilan belgilanadi: 

 

Davlat  byudjetini  rejalashtirish  va  boshqarish  tartibini  takomillashtirish 



orqali  investitsion  xarajatlarni  bo’lajak  joriy  xarajatlar  bilan  bog’lash 

imkoniyatlarini yaratilishi; 

                  

 

26



Azizova I. A. Natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish. O’quv qo’llanma. - T.: info COM. UZ 

nashriyoti. 2010. –B.123. 




60 

 



 

bir  yildan  ortiq  davrga  mo’ljallangan  davlat  dasturlarini  moliyalashtirish 

va  amalga  oshirish,  davlat  dasturlarini  bajarish  uchun  zarur  bo’lgan  moliyaviy 

resurslar bilan bog’lanishni talab etilishi; 

 

davlat byudjeti xarajatlarini samaradorligini oshirish; 



 

ichki va tashqi resurslar, investitsion resurslarning konsolidatsiyalanishi; 



 

byudjet jarayonining rejalashtirilishi va ijrosining tiniqligini ta’minlanishi. 



Byudjet  xarajatlarini  optimallashtirish  byudjet  jarayonini  samarali  tashkil 

etish  bilan  aniqlanadi. «Natijaviylikka  yo’naltirilgan byudjetlashtirish»  uslubining 

mohiyati  byudjet  jarayonida  asosiy  e’tiborni  «xarajatlarni  boshqarishdan» 

«natijaviylikni  boshqarish»ga  o’tishga  qaratishda  namoyon  bo’ladi.  Bunga 

byudjetni o’rta muddatli istiqbolini belgilashni joriy etgan holda, byudjet jarayoni 

ishtirokchilari  va  byudjet  mablag’larini  boshqaruvchi  sub’ektlar  mas’uliyatini 

oshirish orqali erishiladi.  

   


Natijaviylikka  yo’naltirilgan  byudjetlashtirish  uslubini  amaliyotga  kiritish 

nafaqat,  byudjet  jarayonlarini  butunlay  o’zgartirib  yuboradi,  balki,  davlat 

xarajatlari 

kontseptsiyasi 

mazmunini 

ham 


o’zgartiradi.  «Natijaviylikka 

yo’naltirilgan byudjetlashtirish» uslubini byudjet xarajatlari va erishilgan natijalar 

orasidagi  o’zaro  aloqani  aks  ettiruvchi  byudjetniing  shakllanishi  va  ijrosi  sifatida 

belgilash  mumkin.  Byudjetlashtirishni  ushbu  uslubining  maqsadi  byudjetdan 

moliyalashtiriladigan  faoliyatni  baholashdir.  Byudjet  tashkilotning  amalga 

oshirayotgan vazifa va funktsiyalari yakuniy komleks baholanadi. 

 

 


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə