Personalni boshqarish (MA’ruza matni)



Yüklə 319,51 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü319,51 Kb.
#152720
  1   2   3
1 mavzu


PERSONALNI BOSHQARISH (MA’RUZA MATNI)
KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi kadrlarni boshqarish sohasida tub o‘zgarishlar qilinishini talab etadi. Ma’lumki, korxona va tashkilotlar samarali ishlashini unda mavjud bo‘lgan xodimlar ta’minlaydi. Shu jihatdan hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiyiqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «Bugungi kunning eng muhim vazifasi - hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvida, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir»1 . Sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida korxona va tashkilotlarda kadrlarni boshqarish sohasidagi vazifalar asosan kadrlar bo‘limi zimmasiga yuklatilib, ular boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan tarqoq ish olib borar edilar. Shu sababli ham kadrlar bo‘limi xodimlarni boshqarish va ularga ish sharoitlari yaratib berishni ta’minlash sohasidagi bir qator muhim vazifalarni bajarmaganlar. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sharoitida «Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq personalni boshqarish sohasida bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Bu talablarni muvaffaqiyatli amalga oshirish korxona va tashkilotlar faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda korxona va tashkilot personalini boshqarish konsepsiyasi asosini xodim shaxsiy rolining ortib borayotganligi, uning asosiy yo‘l-yo‘riqlarini bilishi, ularni shakllantira olishi, korxona va tashkilot oldida turgan vazifalarga muvofiq ravishda yo‘naltira bilishi tashkil etadi. Respublikamiz iqtisodiy va siyosiy tizimlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar har bir shaxs uchun, uning yashashining barqarorligi uchun bir qator imkoniyatlar tug‘dirish bilan bir qatorda, jiddiy xavf-xatar ham tug‘diradi. Bunday vaziyatda personalni boshqarish alohida ahamiyatga egadir, chunki u shaxsning tashqi sharoitga moslashish, tashkilotdagi personalni boshqarish tizimining tuzilishida shaxs omilini hisobga olish masalalarining butun bir majmuini amalga oshirish imkonini beradi. Personalni boshqarishga doir yangi xizmatlar odatda an’anaviy xizmatlar: kadrlar bo‘limi, mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘limi, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi va hokazolar 1 I.A.Karimov Yuksak malakali mutaxassislar taraqqiyot omili. T.: «O‘zbekiston», 1995, 22 bet. 5 asosida tuziladi. Yangi xizmatlarning vazifasi korxona va tashkilotdagi kadrlar siyosatini amalga oshirishdan, mehnat potensialini boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir. Shu munosabat bilan bu xizmatlar o‘z vazifalari doirasini kengaytira boshlaydi va sof kadrlar masalasidan mehnat faoliyatini rag‘batlantirish tizimlarini ishlab chiqishga, kasbiy jihatdan ilgari siljishni boshqarishga, ixtiloflarga barham berishga, mehnat bozori va shu kabilarni o‘rganishga o‘tadilar. Albatta, personalni boshqarish xizmatining tuzilishi ko‘p jihatdan korxona va tashkilotlarning xususiyatlari va hajmi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o‘ziga xos tomonlari bilan belgilanadi. Mayda va o‘rta korxona tashkilotlarida personalni boshqarish sohasidagi ko‘pgina vazifalarni ko‘proq muntazam rahbarlar bajaradilar, yirik korxona va tashkilotlarda esa bu vazifalarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linmalar mavjud. Bir qator korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish tuzilmalari tarkib topadi. Ular personalni boshqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosarining bevosita yagona rahbarligida kadrlar bilan ishlashga aloqador bo‘lgan barcha bo‘linmalarni birlashtiradi. Korxona va tashkilotlarning katta-kichikligiga qarab bo‘linmalarning tarkibi o‘zgarib turadi: kichik korxona va tashkilotlarda bitta bo‘linma bir nechta kichik tizim vazifalarini bajaradi, yirik korxona va tashkilotlarda esa har bir kichik tizim vazifalarini odatda ayrim bo‘linma bajaradi. O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish personalni boshqarish tizimining asosiy maqsadini, ya’ni kadrlar bilan ta’minlash, ularning samarali ishlashini, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishini shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra korxona va tashkilot personalini boshqarish tizimi shakllantiriladi. Uning tuzilishi uchun asos sifatida shunday tamoyillardan, ya’ni fan tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda sinovdan o‘tgan qoida va usullardan foydalaniladi. Bularning barchasi ushbu o‘quv qo‘llanmasida o‘z ifodasini topgan.


MAVZU; «PERSONALNI BOSHQARISH» FANINING MAZMUNI, MOHIYATI, PREDMETI VA ASOSIY VAZIFALARI.

Reja:

1.1. «Personalni boshqarish» fanining mohiyati va predmeti.
1.2. «Personalni boshqarish» fanining mazmuni va asosiy vazifalari.
1.3. «Personalni boshqarish» fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

1.1. «Personalni boshqarish» fanining mohiyati va predmeti. Mamlakatimizda bozor munosabatlarining tarkib topishi personalni boshqarish tizimida bir qator vazifalar amalga oshirilishini nazarda tutadi. Korxona va tashkilotlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z mavqelarini saqlab qolishi, ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida personalni boshqarish sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ilmiy va amaliy usullarni to‘g‘ri tanlashni talab etadi.



1.chizma. Korxna va tashkilotlarda personal faliyatining vazifalarni bajarish urni va axamiyati.
Rejali boshqaruv amaliyotida «personalni boshqarish» tushunchasi yo‘q edi. Lekin har bir korxona tashkilotning boshqaruv tizimi kadrlar va jamoani ijtimoiy rivojlantirishni boshqarishning funksional kichik tizimiga ega edi.
1. Korxona va tashkilotdagi kadrlarni boshqarish sohasidagi asosiy tarkibiy bo‘linma kadrlar bo‘limi bo‘lib, unga kadrlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish, shuningdek, kadrlarni o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi vazifalar yuklanar edi. Ayni paytda kadrlar bo‘limi tarkibiy jihatdan mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘limlari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limlari, kadrlarni boshqarish vazifalarini bajaradigan xususiy bo‘limlar va boshqa bo‘linmalar bilan tarqoq holda ish olib borardi.
Shu sababli ham kadrlar bo‘limi xodimlarni boshqarish va ularga normal ish sharoitlari yaratib berishni ta’minlash sohasidagi bir qator vazifalarni bajarmaydilar. Bugungi kunda mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib borayotgan davrda personalni boshqarish sohasida «Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular ichida eng muhimlari: ijtimoiy psixologik diagnostika; guruhlarda o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; ishlab chiqarish va ijtimoiy ixtiloflarni xamda stresslarni boshqarish; kadrlarni boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish; bo‘sh lavozimlarga nomzodlarni baholash va tanlash; kadrlar potensialini va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish; kadrlar marketingi; xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish; xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi; mehnat jarayonidagi motivlar va sabablarni boshqarish; mehnatning huquqiy munosabatlari masalalari; mehnat psixofiziologiyasi, ergonomikasi va mehnat etetikasidan iboratdir.
Agar ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida bular ikkinchi darajali vazifalar deb qaralgan bo‘lsa, bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida ular birinchi o‘ringa chiqarildi va ularni hal qilishdan har bir korxona manfaatdordir.
2. «Personalni boshqarish» fanining predmeti bo‘lib, korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va ishlovchilarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida personalga maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar sistemasi hisoblanadi.
3. Ushbu kursni o‘rgatishdan maqsad – talabalarda personalni boshqarish ilmini amaliyotga qo‘llay biladigan darajadagi ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. U talabalarda ishlab chiqarishning maqsadiga erishishni ta’minlovchi personalni boshqarishning nazariy va amaliy professional bilimni shakllantirishga yo‘naltirilgan. «Personalni boshqarish» fanining mazmuni korxona xodimlarini boshqarish usullari va tamoyillarini tatbiq etish; personalni boshqarishning nazariy va amaliy masalalari sistemasini; korxona personalini boshqarishning tashkiliy formalarini ishlab chiqish va tatbiq etish sistemasidan iborat.

Yüklə 319,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə