Personalni boshqarish uslublari Personalni boshqarishning ijtimoiy-psixologik uslublari



Yüklə 13,83 Kb.
səhifə6/6
tarix11.12.2023
ölçüsü13,83 Kb.
#145207
1   2   3   4   5   6
Personal boshqaruvga tizimli yondashuv reja Personalni boshqari-fayllar.org

Bosqichma-bosqich tahlil usulida personalni boshqarish tizimiga eng sezilarli
ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rganiladi.
Taqqoslash — mavjud bo’lgan tizimlarni solishtirish orqali eng maqbul usul
tanlanadi.
Dinamik — usul barqaror miqdor ko’rsatkichlarini taxdil etishga asoslangan.
Maqsadni tizimlashda personalni boshqarish tizimining korxona (tashkilot) maqsadlarga muvofiqligining miqdor va sifat ko’rsatkichlari taxdil qilinadi.
Ekspert-tahliliy usulda personalni boshqarishga yuqori malakali ekspertlarni jalb etish ko’zda tutiladi.
Me’yor usuli personalni boshqarish funktsiyalari tarkibi va mazmunini belgilaydigan me’yorlardan qo’llanishga asoslangan.
Parametrli usul vazifasi ishlab chiqarish tizimi va personalni boshqarish tizimi o’rtasidagi funktsiyali bog’liklikni aniqlashdir.
Funktsiyaviy-qiymat tahlili, pirovard natija nuqtai nazaridan, eng kam xarajat talab qilinadigan, eng samarali usulni aniqlashni ko’zda tutadi.
Bosh tarkib usuli bitta ko’rsatkich (tarkib)da o’nlab ko’rsatkichlar xususiyatlarini aks ettiradi.
Balans usuli balansli taqqoslash imkonini beradi.
Tajriba usuli o’xshash tizimdagi tajribadan foydalanishni ko’zlaydi. O’xshashlik usuli iqtisodiy-tashkiliy ko’rsatkichlari o’xshash bo’lgan tizim
bilan solishtirishga asoslangan.
Ijodiy kengashlar usuli personalni boshqarishni rivojlantirish yo’nalishlarini
jamoa holda muhokama etishga qaratilgan.
Jamoa yon daftari (g’oyalar banki) usuli har bir ekspert tomonidan
bildirilgan fikrni jamoa muhokamasiga qo’yishni anglatadi.
Nazorat savollari usulida avvaldan tayyorlab qo’yilgan savollar orqali oldinda
turgan vazifalarni ijodiy hal etishni faollashtirishga qaratilgan.
Morfologik tahlil personalni boshqarish ayrim funktsiyalarini amalga oshirish uchun hamma takliflardan eng maqbulini tanlab olishga qaratilgan.
Personal bilan suhbatlashish (interv’yu olish) ish jarayonini tahlil etish uchun zarur axborot olishga qaratilgan.
So’roqnoma — eng kam xaraj-at talab etadigan usul bo’lib, personalning fikr-mulohozalarini so’roqnomalar orqali o’rganishni ko’zda tutadi.
Faol kuzatuv — ish vaqtini xronometraj qilish maqsadiga qaratilgan.
http://fayllar.org
Yüklə 13,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə