Polimer materiallarining fizik va kimyoviy xossalari Reja



Yüklə 4,12 Mb.
səhifə4/5
tarix21.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#129768
1   2   3   4   5
Polimer materiallarining fizik va kimyoviy xossalari

Doimiy tok manbayi

Iste’molchi

2000 Vt

1 2 3

3.4-rasm. Elektrodializ o’tkazish uchun elektr zanjir chizmasi

Elektrodializator orqali o‘tadigan toklarni nazoratini ta’minlaydigan ikkita milliampermetr, gidratsellyulozali membranalar va ko‘mir elektrodlar qo‘llaniladi. Elektrodializ samaradorligi dializatdagi ionlar va elektroddan ajiralib chiqadigan ionlar tezligi bilan baholanadi. Elektroliz uchun elektroddagi ionlar massasini aniqlash Faradining birinchi qonuniga asoslandi.


4. Polimerlarning optik anizotropiyasi


Polimer materiallar, makromolekulyar zanjirlarning orientatsion tartiblanishi tufayli, o‘ziga xos optik anizotropik xossalarga ega bo‘ladi. SHuning uchun ham optik anizotropiya bevosita materialning tuzilishi haqida ma’lumot beradi. Optik anizotropiya tajribada polyarimetrlar, ya’ni polyarizatsion mikroskoplar yordamida kuzatiladi va qo‘sh nurni sinish ko‘rsatgichi miqdori (Dn) sifatida o‘lchanadi:


Dn = Dj /180d (4.1)
bu erda l-monoxromatik nurning uzunligi; Dj--polyarizatsion nurlar, ya’ni oddiy va g‘ayri oddiy nurlar o‘rtasidagi farq; d-materialning qalinligi.
Ushbu (Dn) parametrni qo‘sh nurni sinishini chegaraviy maksimal miqdori (Dn¥) ga nisbati makromolekulalarning orientatsiya faktorini (b) beradi, ya’ni b ≈ (Dn/Dn¥ )0,5. Bir qator polimerlar uchun Dn¥ ning miqdori aniqlangandir va bu hol ularning ustmolekulyar tuzilishini anizotropik o‘zgarishini qo‘sh nurni sinish usulida nazorat qilishga imkon beradi.
a) Sintetik polimerlar optik anizotropiyasi. Polietilentereftalat namunasi uchun Dn ning haroratga bog‘liq o‘zgarishi va orientatsiya faktori (Dn/Dn¥) grafiklari 4.1-rasmda keltirilgan.





4.1-rasm. Polietilentereftalat material uchun yorug‘likning ikkilamchi sinish miqdori (Dn) va orientatsiya omili (Dn/Dn¥) ning nisbiy cho‘zish miqdoriga nisbatan o‘zgarishi.
b) Tabiiy polimerning optik anizotropiyasi. Tabiiy polimerlarning tipik vakili sellyulaza bo‘lib, u paxta tolasi tarkibida yuqori darajada orientirlangan va kristallangan (Ckr > 80 %) holatda bo‘ladi. Uning gidrofilligi, ya’ni suvni yuqori darajada shimib olish qobiliyati ma’lum darajada hajmiy kengayishiga olib keladi. Bu hol bir oz bo‘lsada sellyuloza molekulalari strukturaviy holatini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Agar suvning harorati yuqori bo‘lsa paxta tolasida nisbatan yuqori darajada hajmiy kengayishlar kuzatiladi va bu hol sellyuloza molekulalarining strukturaviy holatini o‘zgarishi bilan amalga oshadi, chunki, paxtaning tarkibini 90‑95 % sellyulozadir. Bunday o‘zgarishlarni aniqlash muhim hisoblanadi, chunki bu hol paxta tolasining fizik xususiyatlarini, ayniqsa, mustahkamligini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar polyarizatsion‑optik qo‘rilmalar yordamida samarali tarzda nazorat qilishi mumkin.
Shu bois tadqiqotlar polyarizatsion‑optik qurilmada, suvli muhitda, ya’ni suvning harorati 20 dan 100 oC gacha bo‘lgan diapazonda, bevosita qo‘shni nurni sinish effektini nazorat qilish va o‘lchash orqali paxta tolasining optik anizotropiyasini issikliq ta’sirida o‘zgarishlarini qiyosiy mikrofotografiyalari 2.3-rasmda keltirilgan:
Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə