Polimer materiallarining fizik va kimyoviy xossalari Reja



Yüklə 4,12 Mb.
səhifə5/5
tarix21.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#129768
1   2   3   4   5
Polimer materiallarining fizik va kimyoviy xossalari

a va b tasvirlarda paxta tolalarining 100 donasidan iborat dastasini 20 oC va 100 oC da optik anizotropiyasi o‘zgarishlari baholangan. Bunda haroratni oshishi, ya’ni suvning qaynash sohasida dastadagi tolalarni shakllari va optik anizotropiyasi qisman o‘zgarishi ko‘rinib turibdi. Bu hol issiqlik beruvchi muhit sohasida tolalarda strukturaviy o‘zgarishlar ruy berishidan dalolat beradi.
Tolalarni bir biridan ajratilgan holda o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari keyingi c va d tasvirlarda keltirilgan. Bunda issiqlikni oshishi tufayli tolalarning diametri 0,02 mkm dan 0,04 mkm gacha o‘zgarishi mumkinligi aniqlangan. SHuningdek, optik anizotropiyasining susayishi ham kuzatilgan. Optik anizotropiyani bunday o‘zgarishini aniq o‘lchash uchun alohida olingan tola tadqiqot qilindi. e va f ‑ tasvirlarda tolaning 20 oC da va 100 oC da lar optik anizotropiyasini o‘zgarishi namoyish etilgan. Bu oraliqda paxta tolasining tuzilishini o‘zgarishlarini baholash uchun sellyulozasini orientatsiya faktorini b » (Dn/Dno)0,5 o‘zgarishi aniqlangan.


a b
s d
e f
2.3 ‑ rasm. Paxta tolalari turli haroratli suv muhitidagi optik anizotropiyasini mikrofotografiyalari: a,c, e ‑tasvirlar 20 oC; b, d, f – tasvirlar 100 oC da olingan.

Buning uchun o‘zgarishlar 20 oC haroratda qo‘shni nurni sinish miqdori (Dno) ga nisbatan baholandi.


Tadqiqot natijalari 2.4-rasmda muhit haroratini oshib borishini paxta tolasining fizik holatiga ta’sirini ifodalovchi grafik ko‘rinishida keltirilgan. Bunda, haroratni oshib borishi bilan monoton tarzda b orientatsiya faktorini pasayib borishi kuzatilgan va bu jarayon 20 oC dan 80 oC gacha diapazonda davom etgan. Keyingi 80 ‑ 100 oC diapazonda b ni o‘zgarishi sezilarli emas.
Dastlabki, ya’ni to 80 oC gacha bo‘lgan sohada b pasayib borishi issiqlik ta’sirida tolaning tarkibidagi sellyulozaning orientatsion tartiblangan anizotropik strukturasi asta sekin tartibsiz, izotropik struktura tomon o‘zgarib borayotganligidan dalolat beradi. Keyingi, 80 oC dan yuqori sohada o‘zgarishlarni deyarli kuzatilmasligi, paxta tolasining issiq suv muhitida o‘zgarishlari maksimal darajaga etganligidan dalolat beradi. Natijalar asosida, haroratni 4 marta oshishi paxta tolasi tarkibidagi sellyuloza molekularining orientatsion strukturaviy holatini 35 % gacha yo‘qotishiga olib kelishini mumkin degan xulosaga kelish mumkin.



2.4 ‑ rasm. Paxta tolasi sellyulozasining orientatsiya faktorini (b) haroratga (T) bog‘liqligi

Bunday o‘zgarishlar, garchi paxtaning kristallik darajasini o‘zgartirmasada, uning mustahkamlik ko‘rsatgichlariga sezilarli ta’sir etishi shubhasizdir. Chunki, anizotropik holatdan izotropik holatga o‘zgarish molekulalararo bog‘larni kamayiga olib keladi va bu hol strukturani fizik ta’sirlarga nisbatan zaiflashtiradi.


Umuman olganda, polimerlarni optik anizotropiyasi, ya’ni optik faolligi ular tarkibidagi makromolekulalarning amorf-kristall tuzilishi va konformatsion holatlari haqida ham ma’lumot bera oladi. Masalan, infraqizil aylanma dixroizm uslubi yordamida oqsil moddalardagi a-spiral yoki b-formadagi konformatsiyalar haqida ma’lumot olinadi. Shuningdek IQ-spektroskopiya va elektron mikroskopiyalar ham polimer materiallarni optik xossalarini aniqlashda muhimdir. Polimerlar spektral nurlarni bevosita yutadi va bu ma’lum to‘lqin uzunliklariga mos keladigan polosa chiziqlarni beradiki, bu materialning tuzilishi va molekulyar shakllanishini tahlil qilishga imkon beradi.

2. Ko’p komponentli tizimlar morfologiyasi va fizik xossalari





Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə