Pri 323 gurux Ğaybullayeva Farzona



Yüklə 462,69 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü462,69 Kb.
#156625
  1   2
RAUF PARFI

Pri 323 gurux Ğaybullayeva Farzona


RAUF PARFI
XX asr o‘zbek adabiyoti tarixida o‘zining betakror she’rlari bilan o‘ziga munosib o‘ringa ega bo‘lgan shoirlardan biri Rauf Parfidir. Rauf Parfi she’riyat maydoniga XX asrning 60-yillarida kirib keldi.
Birinchi kitobi «Karvon yo‘li» deb nomlanadi. Ta’kidlash lozimki, shoirlar uchun birinchi kitob juda muhim bo‘ladi.
Shoir ahli o‘zlarin ing birinchi kitoblari bilan o‘quvchilarini topishi yoki, aksincha, yo‘qotishi ham mumkin.
Rauf Parfi taqdiriga she’riyat muxlislarining suyukli shoiri bo‘lishdek baxt bitilgan edi.
«Rauf Parfi she’riyati» degan ta’birning o‘ziyoq shoirning adabiy merosi, go‘zal she’rlari, ijodining umumpafosi to‘g‘risida mulohazalar yuritishga undaydi.
Shoir she’rlarida Vatan, ona, inson, tabiat mavzulari yetakchilik qiladi.
Muhtaram o‘quvchi! Siz shoirning ulkan ijodiy merosining bir qismidan bahra oldingiz.
«Tong otmoqda», «Yomg‘ir yog‘ar», «Yoz kechasi», «Yana qaytib keldim...», «Yurak» she’rlari ijodkorning nechog‘li favqulodda iste’dod sohibi ekanligidan, tabiat lirikasi bilan inson «men»i uyg‘un va hamohang shaklda tarannum etilganidan darak berib turibdi.
«Tong otmoqda» she’rida shoirning umidlari, yorqin tuyg‘ulari ifodasini topgan.
E’tibor berilsa, bunda quy osh zambarakka, uning zarrin nurlari o‘qlarga qiyoslangan. Quyoshdan tinimsiz o‘qlar yog‘iladi go‘yo. Aslida, bu o‘xshatish bejiz emas.
Fizik qonuniyatlarga ko‘ra, nurning zarralar ko‘rinishida tarqalishi ham mavjud voqelikdir. Yer shari shoir tasavvurida o‘sha zarralar oqimi – o‘qlardan yaralangandek ko‘rinadi. Keyin shoir nigohi tabiat hodisasidan insonlarga ko‘chadi.
Har kuni saharda uyg‘ongan odam musaffo tong bilan qarshilashadi.
Tong pokizaligi odamlar yuragiga
ko‘chadi. Bu she’rning juda sodda zohiriy ma’nosini shunday tahlil qilish mumkin. Ammo Rauf Parfi she’rlari bir marta o‘qib qo‘yiladigan va darhol uqib olinadigan sodda she’rlar sirasiga kirmaydi.
Shoir o‘z qalb kechinmalarini ifodalashda tabiatga murojaat qilishini «Yomg‘ir yog‘ar» she’rida ham ko‘rish mumkin.
Kim hayotida yomg‘irga duch kelmagan?
Kim ham yomg‘ir ostida qolib ketmagan? Qo‘lida shamsiyasi bo‘lmagan har qanday odamning sochlariga, boshiga yomg‘ir tomchilari tomchilaydi.
Kayfiyati chog‘ odam bundan huzur topishi, aks holda, asabiylashishi ham mumkin.
She’rdagi «Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar» misrasi olti marta qaytariladi. Bunday takror misoli yomg‘irning yog‘ish tovushini eshitishga, yomg‘irning yerga tushish harakatini tasavvur etishga yordam beradi. Xo‘sh, shoir tasvirlayotgan yomg‘ir ostida qolgan «men»ning kayfiyati qanday? U qayg‘udami yoki quvonchdami?
Bu jumboq keyingi bandlarda ochiladi. She’rning lirik qahramoni yomg‘irdek go‘zal tabiat hodisasiga butun vujudi bilan qo‘shiladi. Chunki u: «Men unga ochaman bag‘rimni», – deb e’tirof etadi. Demak, uning qalbida o‘zgacha bir zavq-shavq paydo bo‘ladi. Buning ta’sirida yomg‘ir unutiladi. Yomg‘irga lirik qahramon asir bo‘ladi.
Eng muhimi, ushbu ruhiy vaziyat ortidan she’r tug‘iladi.
Shu bois shoir: «Yog‘a boshlar qog‘ozga ko‘ngil», – deb o‘z she’riga nuqta qo‘yadi. «Men bunday vaziyatda qog‘ozga she’r yozdim» deyishi juda sodda va she’riyatning ramzli tilidan ancha yiroq tushgan bo‘lar edi. She’rga «ko‘ngil»ning qo‘shilishi uning badiiy quvvatini oshiradi.
Chunki she’riyatda shoirning o‘z ko‘ngli bilan suhbatlari, muloqot va bahslari ko‘p kuzatiladi. She’r – ko‘ngil hodisasi. Rauf Parfi o‘z she’rida so‘z, misra, tovushlar takroridan maydonga keladigan takrir, tavze’ hamda o‘zaro qarshilantirishdan paydo bo‘lgan tazod kabi badiiy san’atlardan unumli foydalangan.
Odatda, bahor fasli shoirlarga ilhom beradi. Ammo Rauf Parfining sizga taqdim etilgan bitta she’ri – yoz fasli sha’niga to‘qilgan qo‘shiq. Shoir yoz kechasidagi tabiat manzarasini o‘zgacha nigoh bilan kuzatarkan, qulog‘iga shiraga to‘lib g‘arq pishgan qovunning tars yorilishi eshitiladi.
Bunday sasni hamma ham eshita olmaydi, palakda endigina yorilgan chiziqni ko‘rgan shoir shuurida «tars»illagan nafis ovoz paydo bo‘ladi. Bir mahal uning ko‘zlari pishib to‘kilgan shaftolilarni ko‘radi. She’rda shoir jonlantirish, tashxis san’atini qo‘llagan holda dalalarni insondek uxlatadi. Unga zid o‘laroq, oqar suvlar hamisha uyg‘oq. Shuning uchun suv ariqlar bo‘ylab polizga shoshib ketayotgandek bo‘ladi. Tundagi sokin-jimlikni, odatda, chigirtkalarning «qo‘shig‘i» buzadi. Chigirtkaning g‘alati kuyi ham shoirni o‘ziga tortadi. «Chigirtkalar chirillar chunon» – bu misradagi «ch» tovushining nazokati mitti hasharotlar kuylayotgan kuy nafosatiga qo‘shiladi.

Yüklə 462,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə