Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə54/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

Zaruriy adabiyotlar:

  1. X.Razzoqov va boshqalar. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Toshkent: «O’qituvchi», 1980, 210-221 betlar.

  2. E.Musurmonov. O’zbek xalq dostonlari. –S.: SamDU, 2005, 52 b.

  3. E.Musurmonov. O’zbek xalq dostonlari. SamDU, 2005.

  4. Go’ro’g’lining tug’ilishi. Dostonlar. Toshkent: «Fan», 1969.

  5. O’zbek xalq dostonlari. 1-2 tom. Toshkent: «Fan», 1956-1957.

12-MAVZU: “Kuntug’mish” dostonida sevgi va vafo ifodasi


REJA:

    1. “Kuntug’mish” dostonining yaratilishi

    2. Dostonning o’ziga xos xususiyatlari

    3. “Kuntug’mish” dostonida sevgi va vafo ifodasi



Tayanch iboralar: «Kuntug’mish» dostoni hamda undagi obrazlar tahlili
Darsning maqsadi: «Kuntug’mish» dostoni va uning o’zbek xalq og’zaki ijodidagi tutgan o’rni.
Darsning vositalari: Ko’rgazmali o’quv qurollari, fol’klorshunos olimlarning «Kuntug’mish» dostoniga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini talabalarga namoyish qilish.
Darsning metodi: Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test sinovlari.
Darsning mazmuni: «Kuntug'mish» dostoni o'zbek xalq dostonlari orasida g'oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlardan biridir. Dostonning yozib olingan va ijro etilgan variantlari juda ko'p. Uning xilma-xil kolrinishdagi variantlari ko'pligining boisi shundaki, ilgari baxshilarning iste'dodiga, ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan, natijada barcha baxshilarimiz «Kuntug'mish» dostonini to'la o'zlashtirishga intilganlar. Dostonning Ergash Jumanbulbul o'g'li, Bekmurod Jo'raboy o'g'li, Nurmon Abduvoy o'g'li, Egamberdi Ollamuroddan yozib olingan variantlari mavjud. Muhabbat insonni ezgulikka yetaklaydi, sevgan kishi har qanday qahramonlikka qodir hisoblanadi. Biz o'rgangan «Kuntug'mish» dostoni sevishganlar haqida chiroyli asar, uning janrini ishqiy-qahramonlik dostoni, deb belgilash mumkin. Chunki Kuntug'mish dostonda katta qahramonliklar ko'rsatadi: yurtga qiron keltirgan ajdarni yengadi, tosh bostirib qo'yilgan kigiz ostidan chiqib ketadi. Bu qahramonliklar shunchaki o'zini ko'rsatish emas, avvalo xalqni ajdar ofatidan qutqazgan bo'lsa, sevikli yori, bolalarini deb g'oyat tang bir holatda yovlari o'rab-chirmab, ustidan tosh bostirib ketgan kigiz orasidan xalos bo'lib chiqadi.
Dostonning qisqacha mazmuni quyidagicha: No'g'ay yurtida Avliyoyi Qoraxon ismli, Qilichxon laqabli podsho bo'lib, Kuntug'mish uning yolg'iz o'g'li bo'ladi. Kuntug'mish o'n to'rt yoshga to'lguncha ilm-hunar o'rganadi, kasb-kamolot hosil qiladi. O'n to'rt yoshdan keyin esa qilichbozlik, miltiq otish, nayzabozlik, ko'pkari chopish kabi S|pohilik hunarlarini o'rganadi, xullas, har tomonlama komil shahzoda bo'lib yetishadi. Zangardegan shaharning Buvraxon degan Podshosi bo'lib, uning Shoir va Tohir ismli vazirlari bor edi. Vazirlar pir-birlari bilan juda inoq edilar, ular: «Bizlarga farzand bersa, o'g'il bo'lsa qo'lqanot bo'lsin, qiz bo'lsa do'st bo'lsin», deya niyat qilar edilar. Kunlardan bir kuni Shoir vazirning xotini qiz ko'radi. Tohirning oilasida o'g'il tug'iladi. Qizning otini Xolbeka, o'g'ilning otini in qo'yishadi. Lekin Xolmo'minning onasi to'satdan vafot etadi, o'g'il go'dakni Xolbekaning onasi emizishga majbur bo'ladi, natijada ular «shirxo'ra» (bir onani emgan) bo'lib, «nikoh yurmaydigan» bo'lib qoladilar. Xolbeka o'n to'rt yoshga yetgach, uning husni kamoli ovozasi olamga yoyiladi. U go'zal, ayni paytda aqlli, nard o'yiniga mohir qiz bo'lib yetishadi. Unga barcha mamlakatlardan sovchilar kela boshlaydi. Xolbeka sovchilarga: «Har kim meni olaman deb kelsa, oldiga nard o'yinini qo'yaman, o'ynayman, yutsa tegaman, utdirsa so'yaman», deb shart qo'yadi. Hatto shahar podshosi Buvraxonga ham shu javobni aytadi. Podsho g'azablanib, shaharga Xolbeka deb kelgan odamni tutib qatl qildirishga farmon beradi, shunday qilsam to'rt-besh yildan keyin menga tegishga majbur bo'ladi, deb o'ylaydi.
Xolbeka va Kuntug'mish tush ko'radilar, ular tushlarida bir-birlarining qo'liga uzuk taqishib, uylangan emishlar. Shundan so'ng Xolbeka bir mohir suratkashga o'z rasmini chizdiradi va uni sandiqqa solib, No'g'ay yurtiga oqizib yuboradi. Sandiq oqib borib daryo sohilida ov qilib yurgan Kuntug'mish qo'liga tushadi. Kuntug'mish Xolbeka visoliga yetish uchun Zangar yurtiga otlanadi, bu yurtga kelib Xolbeka bilan topishadi, so'ng ko'p sarguzashtlarni boshidan kechiradi: Buvraxon qo'liga tushib, o'limga hukm qilinadi, dahshatli ajdarni o'ldiradi, xiyonatkor Azbarxo'ja tufayli xotini, egizak o'g'illaridan vaqtincha judo bo'ladi. Doston so'ngida xotini, farzandlari Gurkiboy va Mohiboy, otasi Qoraxon bilan topishadi.
Dostonning bosh qahramoni - Kuntug'mish yolg'iz, erka o'g'il bo'lishiga qaramasdan aqlli, bilimli, jasoratli, elga g'amxo'r, xotini, bolalariga mehribon, vafodor yigit. Kuntug'mish va Xolbeka bir mo'jiza bilan Buvraxon jazosidan omon qolib, sahroda och, tashna qolishganda hayotdan umidini uzgan yori Xolbekaning «Meni tashlab ketaver, yo'qsa o'zing ham halok bo'lasan», degan iltijosiga «Bir g'ayrat qil, yo'limiz yaqin qoldi», deb dalda beradi, unga vafodorligini quyidagicha bayon qiladi:
Polat nayza qor ostiga yetarmi, 
Temir nayzang egovlasang o'tarmi, 
Sening to'rang nomardlardan emasdir, 
o'g'lon sevgisin tashlab ketarmi?..

Kuntug'mish o'z maqsadiga sodiq, har qanday sharoitda tushkunlikka tushmaydigan inson. U nomsiz, poyonsiz tog’ darasidan vataniga boradigan yo'lni rosa izlaydi, bu orada egizak ,arzandli bo'ladi, ular uch yoshga to'lganda ham biror bir el , ragini topolmaydi. Xullas, Kuntug'mish fe'l-atvorida siz havas qiladigan, ergashadigan insoniy sifatlar juda ko'p. Dostonni inchiklab mutolaa qilsangiz, bunga o'zingiz amin bo'lasiz.


Xolbeka siymosi ham dostonda baxshi bobomiz tomonidan alohida mehr, iliqlik bilan tasvirlangan. U o'z so'zida turadigan, barcha hunarlarga mohir qiz. O'zi qanchalik bir ishga mohir bo'lsa, bo'lajak jufti halolidan ham shuni talab qiladi. Shu ma'noda Xolbeka o'z xulqi va fazilatlari bilan har jihatdan Kuntug'mishga teng va munosib bo'lgan inson. U haqiqiy muhabbatni tan oladi va unga ishonadi, e'tibor bering: u o'z suratini chizdirib, Kuntug'mish yurtiga yuborar ekan, agar «shu ko'rgan tushim rahmoniy bo'lsa, oshiq-ma'shuqlik avvaldan pok bo'lsa, Xudoyo xudovando shu sandig'im senga omonat, to'radan boshqasiga tegmasin», deydi. Xolbeka ham iyatli, g'ururi baland qiz. Garchi u Kuntug'mishni tushida sevib qolgan, uchrashganda esa yigitni ko'rib biroz muddat ixtiyorini yo'qotgan bo'lsa-da, uning husniga talabgor barcha shoh-u shahzodalarga bergan va'dasi, ya'ni faqat nard o'yinida g'olib chiqqanga tegaman degan fikridan qaytmaydi. Kuntug'mish men uchun mashaqqat chekib kelibdi, deb unga tegib ketavermaydi, o'zi ko'ngil qo'ygan yigitning el-yurt oldida ham yuzi yorug' bo'lishini istaydi.
Dostonda Kuntug'mishning o'g'illari Gurkiboy va Mohiboy xarakterlari ham chiroyli va ta'sirchan tasvirlangan. Gurkiboy bosiq, vazmin, aql bilan ish ko'radigan bola bo'lsa, Mohiboy biroz shaddod, biroz quv yigit. Biroq ikki aka-uka bir-birlariga mehribon, ota-onalariga fidoyi yigitlar. Ular mehnatsevarlik va aql bilan ish ko'rganlari uchun boshlariga tushgan qiyinchiliklarni yengadilar. 
Asarda Azbarxo'ja, Buvraxon, Zamonqul, Xolmo'min kabi qahramonlar qiyofasi o'ziga xos tarzda yoritilgan. Azbarxo'ja dastlab Kuntug'mish bilan do'stlashadi, so'ng o'z manfaatini deb unga Xiyonat qiladi. Buvraxon o'ziga bino qo'ygan, qahri qattiq podsho, biroq uning ko'ngilchan ekanligini ham ko'ramiz. Buvraxon avval Kuntug'mish va Xolbekani o'limga mahkum etadi, keyinroq esa xiyonati tufayli mashaqqatlarga duch kelishganini , ularni afv etadi. Azbarxo'jani jazolaydi. Dostondagi Qosim, Mo'min, Mullavachcha, Zamonqul va boshqa obrazlar ham sarda o'z o'rniga ega, ularsiz Kuntug'mish va Xolbeka taqdirini tasavvur qilish qiyin.
Umuman, Kuntug'mishning dostondagi hayoti qahramonlik bilan kechadi. Uning Xolbeka visoliga yetishish uchun uzoq safarga otlanishi, yo'lidagi barcha to'siq-g'ovlarni yengishi haqiqiy insoniy jasorat, fidoyilikdir. Dostondagi Xolbeka, Gurkiboy va Mohiboy harakatlarida ham qahramonlik belgilari mavjud. Axir Xolbekaning sevgan yori, bolalari uchun jonini berishga tayyorligi, Gurkiboyning ukasi uchun o'zini fido qilishga shayligi (uning dor ostidagi so'zlarini eslang) qahramonlik emasmi?!
Birgina «Kuntug'mish» dostoni emas, boshqa dostonlarda ham asar personajlari turli qahramonlik namunalarini ko'rsatadilar, bu qahramonliklar odamlarning og'irini yengil qiladi, el-yurtga ro'shnolik keltiradi. Baxshi bobolarimiz sevib kuylagan «Kuntug'mish» kabi ishqiy-qahramonlik dostonlari bizni muhabbatdek ezgu tuyg'ularni qadrlashga undaydi, fidoyilik, qahramonlikka chorlaydi, chunki ishq-muhabbat, qahramonlik, jo'mardlik doimo egizak tushunchalardir.



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə