Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə53/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

Zaruriy adabiyotlar:

  1. X.Razzoqov va boshqalar. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Toshkent: «O’qituvchi», 1980, 210-221 betlar.

  2. E.Musurmonov. O’zbek xalq dostonlari. –S.: SamDU, 2005, 52 b.

  3. E.Musurmonov. O’zbek xalq dostonlari. SamDU, 2005.

  4. Go’ro’g’lining tug’ilishi. Dostonlar. Toshkent: «Fan», 1969.

  5. O’zbek xalq dostonlari. 1-2 tom. Toshkent: «Fan», 1956-1957.

11-MAVZU: “Ravshan” dostoni tahlili


REJA:

    1. G’o’ro’g’li turkumidagi dostonlar silsilasi va “Ravshan” dostoni

    2. “Ravshan” dostonida obrazlar tizimi

    3. “Ravshan” dostoni ijrochilari haqida



Darsning maqsadi: «Go’ro’g’li» dostoni va uning o’zbek xalq og’zaki ijodidagi tutgan o’rni.
Darsning vositalari: Ko’rgazmali o’quv qurollari, fol’klorshunos olimlarning «Go’ro’g’li» dostoniga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini talabalarga namoyish qilish.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test sinovlari.
Darsning mazmuni: “Ravshan” dostoni g’oyaviy-badiiy jihatdan ishqiy-sarguzasht dostondir. U 1928- yilda birinchi bo’lib Xodi Zarif tomonidan Ergash Jumanbulbul o’g’lidan yozib olingan va 1941-yilda nashr ettirilgan.
Ergash shoir “Ravshan”ni otasi Jumanbulbuldan, u esa ustozi Kichik Bo’rondan o’rgangan. Bu doston ham “G’o’ro’g’li” turkumiga mansub.
“Ravshan” pok va samimiy muhabbatni kuylovchi, maqsadga erishish yo’lida mardlik va botirlikni ulug’lovchi, zulm va adolatsizlikni qoralovchi asardir. Bu dostonning sayqal topib, badiiy go’zal asar shaklini olishida Jumanbulbul va Ergash baxshilarning alohida xizmatlari bor.
Dostondagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxonlar bosh obrazlar bo’lsa, shirvonlik kampir-ena, aka-uka kallar, oqqiz, uning Maston onasi epizodik obrazlardir.
Taqdiriga bitilgan Zulxumorni qo'lga kiritish niyatida olis yo‘lga yakka o‘zi chiqqan Ravshan yoshligi, soddaligi tufayli osongina bandi etilib, zindonga tashlanadi. Ammo u qo'rqoqlik qilmaydi. Yigitlik sha’niga dog‘ tushinnaslikka intiladi. Qoraxon a’yonlarining dinini o'zgartirish haqidagi taklifini rad etib, o‘z e’tiqodidan, dinidan kechmasligini aytadi. Muhabbat uchun chekilgan iztirob, iymon yo’lidagi azobga aylanadi. Chin muhabbat egasi bo'lgan botir yigit o‘limdan hayiqmaydi. Dostonda Ravshan hech qanday kamchiliksiz, har jihatdan yetuk odam sifatida tasvirlaninaydi. Uning ojizligi, g‘o‘rligi, tajribasizligi tufayli xatolar qilishi, aldanishi haqqoniy ko‘rsatiladi. Hasanxon - Go‘ro‘g‘lining tarbiyasini olgan dongdor polvon. Zulxumor mayna orqali yollagan maktubni olgan Hasanxon G'irotda uch oylik yo'lni yigirma kunda bosib o‘tadi. Dostonda shu o‘rinlar nihoyatda hayajonli, ta’sirchan va go'zal ifodalangan.
Doston - she’riy san’atlarga, badiiy tasvir vositalariga juda boy. Zulxumoming qiyofasi, fe’l-atvori, tabiat manzaralari yuksak raahorat bilan chizilgan. Zulxumoming bog‘i tasvirini o‘qisangiz, ulkan e’tibor ila parvarishlangan, shohona ko'slik va qasrli so‘lim maskan, jannatday bir oromjoy ko‘z o‘ngingizda namoyon bo‘ladi. Yoki Shirvon bozorining 145 misralik tasvirini olaylik. Dostonda sershovqin, to‘s-to‘polon Sharq bozorining o‘ta tabiiy, jozibador tasviri berilgan. She’riy parchalar anvoyi poetik tasvir vositalariga nihoyatda boy qofiyalar bilan mohirona ziynatlangan. «Ravshan» dostoni qofiyali nasr (saj)ning go‘zal namunasidir. Deyarli har bir nasriy parcha - qofiyali. Dostonning vazni ham o‘ziga xos.
She’riy qismi asosan yetti, sakkiz va o‘n bir bo‘g‘inli barmoq vaznida. Baxshi qahramonning ruhiy holati, his-hayajoni, voqea rivojining sur’atiga ohangdosh, ayni shu holatga mos tasvir yo'sinini topadi. Sakkiz bo‘g‘inli vazn urush va jangovarlik holatiga juda mos keladi. Asarda tasvir etilayotgan voqea yo harakat sur’ati tezlashgan holatlarga esa, yetti bo‘g‘inli she’rlardan foydalaniladi. Bunday o‘rinlarda tinglovchi o‘zini go'yo asar qahramoni bilan yonma-yon ot qo'yib borayotganday his etadi. Shoir qahramonlar ruhiy holatini chuqur his etadi va uni doston tinglovchilariga ham yuqtira biladi. Dostonning tili - sodda, rang-barang. Unda adabiy tilimizni boyitishga xizmat qiladigan so‘z va atamalar juda ko‘p. Ko‘plab misralarda xalq maqollari va hikmatli so‘zlari o'rinli qo‘llangan.
Badiiy adabiyot hayotni, undagi insonlaming ruhiy holati, o‘y-fikrlarini aks ettiradi. Hayot hamisha insonlaming tirikchiligi, raehnat faoliyati, kurashi, his-tuyg‘ulari, kechinmalaridan iborat. Adabiyotning tasvir mavzusi, avvalambor, insondir. Inson tasviri yo‘q, u ko'zda tutilmagan joyda badiiy adabiyot ham bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra adabiyotshunoslik ilmida markaziy o‘rinni egallovchi tushuncha ham obruz, qahramon yoki personaj tushunchasidir. Obraz - timsol tushunehasining keng va tor ma’nolari
mavjud. Keng ma’nodagi timsol tushunchasi ijodkoming fikr-tuyg‘ulari singdirilgan hayot manzarasini anglatsa, tor ma’noda badiiy asarda aks ettirilgan inson siymosini ifodalaydi. Biz bu o‘rinda timsol tushunehasining ko‘p qo'llaniladigantor ma’nosi haqida fikr yuritamiz. Yozuvchi hayotni badiiy timsollar orqali tasvirlaydi. Shuning uchun ham biror badiiy asar o'qiganimizda unda aks ettirilgan voqelik ongimizda shu asarda tasvirlangan kishilarning obrazlari orqali muhrlanib qoladi. Mana, siz «Ravshan» dostonini o‘qib chiqdingiz. Bulling natijasi o‘laroq, Ravshan, Zulxumor, Hasanxon, Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersaklaming mahorat bilan chizilgan timsollari, Shirvon bozori, Zulxumorga qarashli bog'ning ajoyib-g'aroyib manzaralari xotirangizda mahkam o‘mashib qoladi.
«Ravshan» badiiy jihatdan g'oyat pishiq ishqiy-sarguzasht dostondir. Xalq orasida u o‘tgan asrda ham mashhur bo'lgan. Ammo doston folklorchi olim Hodi Zarif (1905-1972) tomonidan birinchi marta 1928-yilda Ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868-1937) og'zidan yozib olingan va 1941-yilda nashr ettirilgan. Ergash shoir «Ravshan»ni otasi Jumanbulbuldan, u esa ustozi Kichik Bo‘rondan o‘rgangan. Dostonning sayqal topib, badiiy go‘zal asar shaklini olishida Jumanbulbul va Ergash baxshilarning alohida xizmatlari bor. «Ravshan» otashin va saraimiy muhabbatni kuylovchi, pok va haq islomiy e’tiqod yo'lida sobit tura oladigan iymonli kishilami inadh qiluvchi, ezgulikni, inardlik va botirlikni ulug'lovchi, zulm va zo‘ravonlikni, adolatsizlikni qoralovchi asardir. Suyukli xalq shoiri Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ulkan mehnati, iste’dodi hamda dostonni yozib olgan folklorshunos va noshirlarning og‘ir mehnati tufayli avlodlarga meros bo‘lib qolgan “Ravshan» dostoni kitobxonlarni mustahkam islomiy e’tiqod, chin va pokiza muhabbat, or-nomus, e’tiqod, qahramonlik, ota yurt va xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalaydi.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə