Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə59/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

Zaruriy adabiyotlar:

  1. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.

  2. H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969 yil.

  3. M.Qodirov. O’zbek xalq og’zaki dramasi. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1963 yil.

  4. M.Afzalov. O’zbek xalq ertaklari haqida. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1974 yil.

  5. B.Sarimsoqov. O’zbek adabiyotida saj`. Toshkent, 1978 yil.

  6. M.Qodirov. Masxaraboz va qiziqchilar san`ati. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1971 yil.

  7. M.Qodirov. Xalq qo’g’irchoq teatri. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1972 yil.

  8. G’.Jaxongirov. O’zbek bolalar fol’klori. Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti, 1975 yil.

14-Mavzu: Mustaqillik davri o’zbek fol’klorshunosligi.


Reja:



  1. O’zbek marosim fol’klori va mustaqillik.

  2. Fol’klor asarlarini barcha hududlar bo’yicha izchil to’planishi xususida.

  3. Mustaqillik davrida fol’klor ekspeditsiya-sining tashkil etilishi haqida.

  4. Xalq og’zaki ijodi namunalarining to’planishi va chop etilishi haqida.



Tayanch iboralar: Xalq og’zaki ijodi namunalarini o’rganish va uni ilmiy tadqiq etish. Mustaqillik va xalq og’zaki ijodi namunalarini to’plash va nashr ettirish masalalari haqida ma`lumot.
Darsning maqsadi: Mustaqillik davri xalq og’zaki ijodining tutgan o’rni, ularning tili va badiiy xususiyatlarini yoritib berish.
Darsning vositalari: Ko’rgazmali o’quv qurollari, fol’klorshunos olimlarning xalq og’zaki ijodiga bag’ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlari, risola va monografiyalarini talabalarga namoyish qilish.
Darsning metodi: Blits so’rov, an`anaviy ma`ruza, suhbat, qisqa test sinovlari.
Darsning mazmuni: So’z san`atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela boshladi. Bugungi tarixiy-fol’kloriy jarayon o’ziga xos taraqqiyot tamoyillariga egaligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin boshlangan keng ko’lamdagi ma`naviy tiklanish jarayoni bilan uzviy bog’liq holda ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilib, badiiy sayqal berib kelingan muhtasham fol’klor yodgorliklarining jahonshumul ahamiyati xususida so’z yuritish, xalq ijodiyotining unutilish arafasiga kelib qolgan ko’plab janrlarini qayta tiklash, ijrochilik an`analarini rivojlantirishning misli ko’rilmagan imkoniyatlari yuzaga keldi. Natijada joylarda faoliyat olib borayotgan fol’klor-etnografik jamoalar soni ko’paydi, nafaqat, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatida, balki baxshichilik maktablarining jonli an`analari yo’qolib ketgan deb hisoblangan Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham baxshi-shoirlar etishib chiqa boshladi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi tantanalari keng nishonlanishi va baxshi-shoirlar hamda oqinlarning ko’rik-tanlovlari an`anaviy tarzda o’tkazib kelinayotganligi ham ko’plab yangi ijrochilarni kashf etish bilangina cheklanib qolmasdan, «Alpomish», «Kuntug’mish», «Go’ro’g’li», «Orzigul», «Oshiq G’arib va SHohsanam» singari an`anaviy dostonlarning yangi variantlari yuzaga kelishiga yo’l ochdi. Baxshi-shoirlar hur diyorimizda istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini tarannum etuvchi termalarni yaratdilar. O’zbek marosim fol’klori, askiyachilik, qiziqchilik, tomosha san`ati, xalq hunarmandchiligining qadimiy an`analari tiklandi.
Ayrim janrlar, jumladan, marosim fol’klorining ko’plab namunalari to’plandi. Masalan, «yo ramazon» qo’shiqlari, nikoh to’yi marosimida ijro etiladigan fotiha olqishlari, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur singari ulug’ yurtdoshlarimiz to’g’risidagi tarixiy rivoyatlar, joy nomlari, qadimiy shaharlar, qal`alar, ziyoratgohlar, muqaddas mozorlar va qadamjolar bilan bog’liq afsonalar, xalqimizning qadimiy mifologik tasavvurlari hamda miflari yozib olindi. Istiqlol yillarida O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti Fol’klor bo’limi xodimlari tomonidan bir nechta fol’klor ekspeditsiyalari o’tkazildi.
Istiqlol sharofati tufayli O’zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining Fol’klor arxiviga mamlakatimizning boy madaniy merosini o’zida mujassamlashtirgan noyob ilmiy ob`ektlaridan biri maqomi berildi. Fol’klor arxivi mamlakatimizning etakchi ilmiy fondlaridan biri bo’lib, unda saqlanayotgan materiallar o’zbek filologiyasining taraqqiyotini belgilovchi yirik ilmiy ishlarning yaratilishi uchun manba bo’ladi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin fol’klor asarlarini nashr etish borasidagi ishlar ham sifat, ham miqdor, ham qamrov jihatidan o’sdi. Ko’pgina dostonlar, xalq kitoblari ilk bor nashr ettirildi. O’zbek xalq ertaklarining bir nechta to’plamlari dunyo yuzini ko’rdi.
O’zbek fol’klorshunoslari, afsona va rivoyatlardan tuzilgan fol’klor to’plamlarini chop ettirdilar.
Istiqlol tufayli marosim fol’klorining ilgari nashr etilmagan yoki qisman ommalashtirilgan namunalari chop ettirildi. Xususan, o’zbek fol’klorshunosligi tarixida birinchi marta navro’z bayrami bilan bog’liq o’zbek fol’klori asarlaridan tuzilgan «Navro’z» kitobi.
O’zbek fol’klorshunosligi maktabining kelgusidagi rejalari o’zbek fol’klori materiallarini izchil to’plash maqsadida atoqli alloma H.Zarifov asos solgan ilmiy ekspeditsiya ishini yanada kengroq qamrovda o’tkazish va uning muntazamligini ta`minlash; H.Zarifov nomli O’zbek fol’klori arxivi materiallarini to’la ilmiy tavsif qilish va kataloglashtirishni amalga oshirish; fol’klorshunos olimlar tomonidan qariyib 80 yil mobaynida to’plangan arxiv materiallari va kelgusidagi ilmiy ekspeditsiyalar davomida yozib olinadigan fol’klor namunalari asosida «O’zbek fol’klori yodgorliklari» 100 jildlik akademik nashrini tayyorlash; fol’klor asarlarining ilmiy va ommabop nashrlarini tayyorlab chop ettirish; o’zbek fol’klori janrlarining tarixiy asoslari, tipologiyasi va poetikasini dunyo fol’kloristikasining ustuvor ilmiy metodlari asosida tadqiq etish; oliy o’quv yurtlari talabalari uchun xalq og’zaki badiiy ijodiyoti bo’yicha yangi darslik va qo’llanmalar yaratishdan iboratdir.
Xususan, M.Jo’raev Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari aholisining tabiat hodisalari va osmon yoritqichlari bilan bog’liq mifologik qarashlarini to’pladi; M.Jo’raev, U.Sattarov, R.Saidovalar Buxoro va Navoiy viloyatlaridan toponimik afsonalarni yozib oldilar; M.Jo’raev va M.Pirmatovaning ko’p yillik izlanishlari natijasida Buxoro, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand, Xorazm viloyatlari hamda Qirg’iziston respublikasining O’sh viloyatida istiqomat qiluvchi o’zbeklarning an`anaviy taqvimiga oid boy fol’klor materiallari yozib olindi. Fol’klor bo’limining ilmiy xodimlaridan X.Xolova Buxoro viloyatining Qorako’l va Olot tumanlarida ilmiy izlanish ishlari olib borib, to’y marosim qo’shiqlarini to’plagan bo’lsa, L.Xudoyqulova Surxon vohasi aholisining bola tug’ilishi bilan aloqador irim-sirimlari, beshik to’yi, sunnat to’yi va nikoh to’yi marosimi fol’klorini yozib oldi. «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi keng nishonlanishi munosabati bilan professor T.Mirzaev bu dostonning Berdi baxshi, Po’lkan va ergash Jumanbulbul o’g’li, Bekmurod Jo’raboy o’g’li, Saidmurod Panoh o’g’li variantlarini 1999 yilda alohida kitoblar holida to’la nashr ettirdi.
XX asr boshlarida mamlakatda qattiq ommaviy ocharchilik hz berdi. Bunga erlarni chigirtka bosib, ekin-tikinlarga katta talofat etkazgani ma`lum darajada sabab bo`lgan. SHu munosabat bilan bir necha mashhur termalar yaratilgan. Jumladan, Fozil shoirning «Qahatchilik», «CHigirtka» kabi termalari shunday asarlardandir. Ularda kambag`al dehqonning og`ir ahvoli, turmush qiyinchiligi real aks ettiriladi.
Istiqlol o`zbek fol`klorshunosligining jahoniy miqyosga intilishida keng yo`l ochib berdi. Milliy hurlik baxsh etgan ijod erkinligi tufayli xalq og`zaki ijodi namunalarini uzoq ajdodlarimizning tarixi, turmush tarzi, ibtidoiy, diniy va e`tiqodiy qarashlari bilan bog`liq holda o`rganish imkoniyatlari tug`ildi. Natijada ilgari sho`ro mafkurasi taqiqi tufayli nashr etilmagan “SHoh Mashrab qissasi” (1991), “Ibrohim Adham qissasi”(1991), “Hazrati Ali haqida qissalar” (1992), “Abu Muslim jangnomasi” (1992) va “Bobo Ravshan” (1992) singari diniy-axloqiy xarakterdagi xalq kitoblari keng jamoatchilik hukmiga etkazildi.
SHo`ro mafkurasi qatag`on qilgan Navro`z qayta tiklandi. SHu munosabat bilan har yili Respublika miqyosida ulkan xalq sayllari o`tkazish an`anaga aylanib bormoqda. Bunda xalq etnografik dastalari faol qatnashmoqda. SHu ommaviy harakat tufayli juda ko`p unutilib borayotgan an`anaviy xalq ijodi namunalari, urf-odatlari qayta tiklanib, xalqimiz mentalitetini ifoda etuvchi milliy qadriyatlar sifatida e`zozlana boshlandi. Bu jihatdan, ayniqsa, har yili bahorda Boysunda o`tkaziladigan “Boysun bahori” ko`rik-tanlovi, xalq baxshilari ko`riklari, Jizzax viloyatining Forish tumanida o`tkaziladigan “O`zbek xalq o`yinlari” va Termizda o`tkaziladigan “Alpomish o`yinlari” tadbirlari ayricha ahamiyat kasb etmoqda. SHunisi quvonchliki, “Boysun bahori” HNESKO qarori bilan xalqaro festival maqomini oldi va nodir ma`naviy yodgorlik sifatida ro`yxatga olindi.
SHuningdek, YUNESKO qarori bilan 1999 yilda o`zbek xalqining qahramonlik eposi “Alpomish” yaratilganligining 1000 va xalqimiz mifologik tafakkurining nodir durdonasi “Avesto” yaratilganligining 2700 yilliklari o`zbek fol`klorshunosligi taraqqiyotida ayricha ahamiyatga ega bo`lib, jahon miqyosida o`zbek fol`kloriga qiziqishni kuchaytirdi.
Xullas, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlari – o`zbek fol`klori taraqkiyotida alohida bir bosqichni tashkil etadi. Bu davrda yaratilgan og`zaki ijod namunalarida davrning muhim ijtimoiy – siyosiy voqealarini kuylash, xalq ommasining sinfiy va siyosiy ongi hksala borishini ko`rsatishga intilish, ozodlik harakatlarini tasvirlash muhim o`rin tutadi.



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə