Prof. Soleyev A. 2021-yil 2021-yil «O‘zbek folklori»



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə58/72
tarix24.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#106777
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72
Ozbek folklori. majmua 2021-2022

Bola termalari. Bola hayotida qo’shiq, o’yin, mashg’ulotlardan tanaffus bo’lmaydi. YUqorida keltirib o’tilagn qo’shiqlardan ham mukammalroq,, voqealari murakkabroq qo’shiqlar bor. Biz ularni xususiyatlaridan kelib chiqib, afsonaviy qo’shiqlar, voqeaband balo termalari deb atasak ham bo’ladi. Negaki, bolalarning jo’shqinligi va izlanuvchanligi, sabrsizligi va harakatchanligi to’lib toshgan luarning sermahsul fantaziyasi bilan ham yo’g’rilgan. O’zbek bolalari aytadigan «Osmondagi oy», «Asakaning yo’lida» singari qo’shiqlar diolog shaklidagi qo’shiqlar sarasiga kiradi.
-Osmondagi oy,
Saydazim boy,
Nima eyapsan?
-Olma eyapman.
-Olmangdan tashla
-Acham urushadi.
-Achang o’lsin.
-Xudo saqlasin.
-Hovlingni supur,
Lo’li o’ynasin,
Qozoningni yuv,
Go’ja qaynasin.
O’zi kichig-u, ichida qancha xalq hikmati borligiga diqqat qiling: olma eyayotgan kishining davlati Toshkentdagi mashhur savdogar Saydazimboynikidan kam emas, Qizg’anchiq «acha»ning boridan yo’g’i yaxshi; hovli supurilsa to’y buladi, tuyda lulilar uyin kursatishadi; kozon yuvilishining xam xosiyati bor - ichi tulib, ovkat kaynaydi. Ovkatning xam gujasi kaynasin (palov, shovla, xalim pishsin deyayotgani yuk!) Negaki, fakat guja kaynasagina bolalar tuyib-tuyib icha oladilar.
«Tepdim sandik ochildi» kushiklari vokeband kissa tarikasida aytiladigan kushiklardan biridir. Bu kushikning bir necha variantlari tuplanib, elbek tomonidan nashr ettirilgan.
Tilla sandik ochildi,
Tagiga bodom sochildi.
U bodomni terolmay,
Kanotlari kokildi.
Kanot bering uchaylik,
Ok saroyga tushaylik
Kushik 24 yuldan iborat va uyinning sharti xam bayon kilingan. Kushikda bola fantaziyasi e`tiborga olingan. Bunday kushiklar bolalar kushikchiligining takomillashmagan yukori darajadagi shakllar bulib, kushikchilikning avvalgi yoki keyinchalik kuriladigan mayda termalari boskichini utgandan keyingina yuzaga kelgan deyish tugri buladi.
Bolalar o’yin fol’klori. Xalk ijodi namunasi xisoblangan bolalar uyinlari uz tarkibida muayyan ritmik izchillikka asoslangan xatti-xarakat, ramziy ma`no kasb etuvchi etnografik detallar, poetik fol’klor namunalari, oxang va tomoshaviylik elementlarini yaxlit xolda mujassamlashtirgan sinkretik xodisadir. Bolalar uyinlari ajdodlarimiz tafakkurining eng kadimgi elementlaridan biri bulgan ibtidoiy rituallar va marosimlarning tarkibiy kismi sifatida juda kadim zamonlarda yuzaga kelgan. Davrlar utishi bilan bunday marosimlar tarkibidagi uyinlar uzining rituallik xususiyatini yukotib, oddiy tomosha unsuri yoki kungil ochar vositasiga aylangan.
Bolalar uyinlarining muayyan bir kismi bevosita kadimgi odamning uz turmush tarzini badiiy talkin etish extiyoji tufayli bevosita mexnat kilish jarayonida shakllangan. Ovchilik, chorvachilik, dexkonchilik, shuningdek, kadimgi xunarmandchilik, ajdodolarimizning kundalik turmush tarzi bolalar uyinlarining kelib chikishiga asos bulgan dastlabki va asosiy ijtimoiy banbalar sirasiga kiradi.
Ajdodlarimiz - kadimgi turkiy kavmlarining turmush tarzi ovchilik, chorvachilik bilan bevosita boglik bulgan. Kuchmanchilikka asoslangan turmush tarzi ajdodlarimizdan uz farzandlarini yaxshi chavondoz karagay mergan kuragi er kurmagan paxlvon kilib tarbiyalashni takozo etadi. SHuning uchun ot uyinlari, poyga, tirandozlik musobakalari kurash, tuya, kuchkor, xuroz urushtirish kadimdan keng rasm bulgan edi. ana shu an`analar asosida asrlar davomida uzbek bolalar fol’klor uyinining badiiy tizim shakllangan. Bolalar uyin fol’kloriga oid manbalar tuplash

  1. X1 asrdan X1X asrning ikkinchi yarmigacha bulgan davr.

  2. X1X asrning oxiri XX asrning 30 yillarigacha bulgan davr

  3. XX asr 30 yillaridan to bugungi kunga kadar

Bolalar uyinlari xakidagi ilik ma`lumot X1 asrda yashab utgan mashxur turkiyshunos olim M.Koshgariyning devonu lugatit turk asarida kayd etilgan. Turkiy kavmlar orasida tup bilan uynaladigan kadimiy uyinlardan biri CHavgon keng rasm bulgan. Bolalarning uyin tanlashdagi didi va uyin turlari yillar utib uzgarib bormokda. Bugungi kundagi uyinlarda vatanparvarlik ruxi yakkol kurina boshladi. Bu uyinlar xalk bilim va tajribasini yillar davomida mukammallashgan kurinishidir.
«Navro’zjon» qo’shig’i navro’z faslining erkalatib aytilishidir. Bunday vaqtlarda bolalarning bahorgi o’yin-kulgilari asosida qo’shiqlar yaratiladi. O’g’il va qiz bolalar orasida yaqin kunlargacha «To’p», «To’p tosh», «CHittigul» kabi o’yinlar bo’lardi. Bu o’yinlarning har birining o’ziga xos qo’shiqlari bo’lib, ular o’yin jarayonida bir bola yoki ko’pchilik tomonidan ijro etiladi. Topishmoqlar ham bolalar o’yinining bir turi hisoblanadi. Topishmoqlar bola taqdirida muhim o’rin tutgan, uning intellektual o’sishida faol ishtirok etgan, xalq pedagogikasining qo’shiqlar, ertaklar singari, o’z xususiyatlari bilan ulardan farq qiladigan poetik, aqliy mashg’ulotlaridan biridir. Bolalar topishmoqlarni topishda qatnashar ekan, o’zini qurshab turgan olamni kuzatishga, tabiat hodisalarini bilib olishga, ularga bo’lgan o’z munosabatini bildirishga o’rganadilar. Bolalar fol’klorida tez aytish ma`lum tovushlarni takrorlash orqali amalga oshiriladi. Bir so’z bilan aytganda, bolalar fol’klori bolalar adabiyotining shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Uyinga chakirish - shaxar va kishlok bolalari odatda kechkurunlari tuplanib, gaplashib utiradilar. ertaklar aytadilar. Turli xil uyinlar uynaydilar. SHunday paytlarda bolalarni tuplash, uyinlarni uyushtirish, ayrim bolalar tomonidan tashabbuskorlik kursatish talab kilinadi. SHaxar joylariga uyinga kuyidagicha chakiriladi.
Tokchaga bugdoy sepuvdim,
Undimikin-o, undimikin?
Mashrabboy uydan chikmaydi,
YOtdimikin-o, yotdimikin?
Kishlok joylarda esa keskinrok, murosasizrok ravishda chakiriladi:
Tomda tovuk kotarmi,
Ayroningdan tortarmi?
Uyin yokmas bolalar,
Nomozshomdan kotarmi, Kel-xo!
Bolalar fol’klori navkiron avlodning psixologiyasi xususiyatlarini, badiiy ijodkorligi saloxiyati va imkoniyatlarini ifodalagan, unda bolalarning vokelikka munosabatlari, estetik karashlari va rang-barang tuygu-kechinmalari muxrlangan.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə