Psi 1kurs talabasi Muratova sabinaning Rivojlanish psixologiyasi fanidan tayyorlagan Taqdimoti Shaxsni oʻrganish soʻrovnomasi


Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#151702
1   2   3
Shaxsni oʻrganish soʻrovnomasi35

3.Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi
Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi.
Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta'rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. quyida mualliflar tomonidan keltirilgan ta'riflar tahlillarining keltirib o’tamiz. A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob'ekti ham sub'ektidir. A.N.Leont'ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi va unga shunday ta'rif beradi: shaxs faoliyat sub'ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan jamiyatda o’z rolini anglovchi, jamiyatning qishga layoqatli, yaroqli a'zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurro ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta'rificha, shaxs - bu tashqi ta'sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o’zaro farqlanib turuvchi tushunchalar qo’llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish, har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
1.Odam sut emizuvchilar sinfiga dahldorligi biologik jonzot ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik qo’llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi, uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniga ham egadir.
2.Shaxs mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan. Jamiyatda rivojlanuvchi til yordami bilan boshqa kishilar bilan (muloqot) muomalaga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.
3.Individuallik - har qanday insonning betakror, o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassam-lashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi.
Shaxsning faolligi
Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo’ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko’rsatadigan ta'siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. XX asr boshlarida avstriyalik psixolog Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi. Odam o’zining avlodlaridan nasliy yo’l bilan o’tgan instinktiv mayllarining namoyon bo’lishi tufayli faoldir, instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi Z.Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog’laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi to’g’ri hal qilib beradi. Inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlar, deb tushuntiradi
K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishi katta qiziqish uyg’otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyliklarini qamrab oluvchi modelini yaratishga intiladi. Shaxs xususiyatlari, qiyofasi uning tuzilish elementlari bo’lib, xossalari hisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishini turli tomonlariga aloqador 4 tuzilmaga ajratadi :
1.Shaxsning axloqiy munosabatga yo’nalganlikni birlashtiruvchi ijtimoiy shartlangan osttuzilish. Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy mayllarga bevosita bog’liq bo’lmay, tarbiyaviy yo’l bilan shakllantiriladi.
2.Tajriba osttuzilishi, unga ta'limiy yo’l bilan egallagan bilimlar, malakalar, ko’nikmalar, odatlar kiradi. Ammo bu narsa shaxs qiyofasining biologik shartlangan ta'siri ostida kechadi. Ushbu ost tuzilish orqali shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi bilan bog’liq bo’ladi.
3.Shaxsning individual xususiyatlari bilan shartlangan ba'zi psixik jarayonlar kiritiladi. Bunda biologik shartlangan xususiyatlarining ta'siri aniqroq ko’zga tashlanadi.
4.Biologik shartlangan osttuzilish bo’lib, biopsixik xususiyatlarni fazilatlar temperament, jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik o’zgarish birlashtiradi. Bu ost tuzilish mashq orqali shakllantiriladi.
Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə