Vokal mashqlari ovozni shakllantirishda muhim omil sifatida



Yüklə 15,1 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü15,1 Kb.
#140959
  1   2   3   4
Vokal mashqlari ovozni shakllantirishda muhim omil sifatida-hozir.org


Vokal mashqlari ovozni shakllantirishda muhim omil sifatida

VOKAL MASHQLARI OVOZNI SHAKLLANTIRISHDA MUHIM OMIL SIFATIDA.
Boltaev B. R. Samarqand Davlat Universiteti
b-boltayev@umail.uz


Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy ta’lim musiqa yo’nalishi, san’at hamda pedagogika kollejlari musiqa yo’nalishlaridagi vokal ijrochiligi darslarida vokal mashqlarining ahamiyati, ulardan foydalanishning shakl va metodlari yoritib berilgan. Shuningdek ovozlarning xususiyati, ularning bo‘linish tasnifiga doir qimmatli fikrlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Vokal, akustika, tembr, bas, tenor, soprano, diskant,
ЗНАЧЕНИЕ ВОКАЛЬНЫХ УПРАЖНЕНИЙ В ФОРМИРОВАНИИ ГОЛОСОВОГО ИСПОЛНЕНИЯ.


Аннотация. В данной статье освещены направления музыки в системе высшего образования, значение вокальных упражнений на уроках вокального исполнения в колледжах искусств и музыки. А также приведены мысли имеющие большое значение специфики голосов и характеристики по их распределению.
Ключевые слова: вокал, акустика, тембр, бас, тенор, сопрано, дискант.
THE IMPORTANSE OF THE FORMATION OF THE SINGERS VOICE AND VOCAL EXERCISES
Abstract: This article is devoted to the significance of vocal performance and described using their methods and forms in the lessons of music college, pedagogic colleges and in higher education. In addition, someideas are given on significance of sound specifics and characteristics on their distribution.
Key words: vocal, acoustics, sound, bas, tenor, soprano, discant.


Kirish.
Bugungi kunda milliy ma’naviyatimiz taraqqiyoti, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash masalalari davlatimiz siyosatini ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Shu o‘rinda milliy musiqiy xonandalik ijrochiligini hamda oliy dargohlarda tahsil olayotgan talabalrning qo‘shiq ijrochiligini professional darajaga ko‘tarish va shu sohada pedagogik salohiyatini rivojlantirish yo‘lida ijobiy harakatlar qilinmoqda. Ushbu o‘rinda vokal darslari va mashg‘ulotlarining ahamiyati beqiyosdir.Biz bolaligimizdan o‘zimiz yoqtirib qolgan qo‘shiqlarni xirgoyi qilishga odatlanib qolganmiz, professional vokal san’ati esa ijrochi oldiga yuqori talablarni quyadi. Chinakam professional xonanda yoki shu sohadan saboq beruvchi pedagog bo‘lish uchun tiniq ovoz, musiqiy va aktyorlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak. Yaxshi ijrochidan badiiy texnik tayyorgarlik, ya’ni ma’lum diapazonda o‘z ovozini erkin idora eta bilishi, ovozning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, ohanglarni ifodali ijro eta bilish talab etiladi. Dastlabki saboqlarda ovozning xususiyatlarini aniqlab olish katta ahamiyatga ega.
Ovozlarining nomlari va diapazonlari (tovush oralari) quyidagilardan iborat:
1. Ayollarning yuqori ovozi - soprano.
2. Ayollarning pastki ovozi - alt.
3. Erkaklarning yuqori ovozi - tenor.
4. Erkaklarning pastki ovozi - bas.
5. Bolalarning yuqori ovozi - soprano yoki o‘g‘il bolalarning` yuqori ovozi- diskant.
6. Bolalarning pastki.ovozi - alt deyiladi.

Yüklə 15,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə