Vokal mashqlari ovozni shakllantirishda muhim omil sifatida


Soprano ovozi quyidagi turlarga bo‘linadi



Yüklə 15,1 Kb.
səhifə2/4
tarix29.11.2023
ölçüsü15,1 Kb.
#140959
1   2   3   4
Vokal mashqlari ovozni shakllantirishda muhim omil sifatida-hozir.org

Soprano ovozi quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Koloratura soprano juda katta diapazonga ega bo‘lib, o‘ta harakatchan bo‘ladi. Bu ovoz o‘zining juda ham tiniq va ingichka tembri bilan boshqa ovozlardan ajralib turadi. SHuning uchun ham ovoz ansambl va xorga tavsiya qilinmaydi. Misol: Amerikalik ashulachi Imma Sumak. [5,42.b]
2. Lirik soprano «do» birinchi oktava - «do» uchinchi oktava – yumshoq tembrli ovoz. Misol uchun: xalq artistlari Halima Nosirova, Saodat Qobulova, O‘zbekiston xalq artisti Habiba Oxunova va boshqalar.
3. Dramatik soprano «do» birinchioktava - kuchli ohangdor ovoz.
Masalan: O‘zbekiston xalq artistiNaima Po‘latova, O‘zbekiston xalq artistlari Komuna Ismoilova, Farog‘at Rahmatova va boshqalar.
Alt ovozi quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Metso soprano 1-alt deyiladi «Sol» kichik, oktava sol ikkinchi oktava oralig‘ida, yengil va to‘liq jarangdor ovoz hisoblanadi.Masalan: Munojat Yo‘lchieva, Mehri Abdullaeva.
2. Kontralto sol kichik oktava - «re», «mi» ikkinchi oktava- juda quyuq ovoz. Masalan: Gavhar Tojiboeva, Munojat Teshabaeva;
Tenor ovozlar ikki xil bo‘ladi:
1. Lirik tenor - «do» birinchi oktava do uchinchi oktava.Juda sof jarangli ovoz masalan O‘zbekiston xalq hofizi Ma’murjon Uzoqov, Jo‘raxon Sultonov, Eson Lutfullaev, O‘lmas Saidjonov va boshqalar
2. Dramatik tenor «do» birinchi oktava- «si bemol» uchunchi oktava. Kuchli
jarangdor ovoz. Misol uchun O‘zbekiston xalqartistlari Sattor Yarashev, Mahmudjon G‘ofurov, Komiljon Otaniyozov va boshqalar.
Bas ovozlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
Bariton - «lya» katta oktava - «sol» birinchi oktava. Bas - «fa» katta oktava - «mi», «fa» birinchi oktava. Misol: O‘zbekiston xalq artisti Qo‘rqmas Muhiddinov.
Bas oktavist - «fa» kontr oktava - «do» birinchi oktava.
Bariton o‘z tembri bilan baslarga va yuqori registr tovushlari tembri bilan tenorga yaqinlik xususiyatiga ega. Shuning uchun ham bu ovozni bas bilan tenor o‘rtasidagi oraliq ovoz desa bo‘ladi.

Yüklə 15,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə