Psixalogiya fanidan tayorlagan amaliy ishi



Yüklə 12,92 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü12,92 Kb.
#184108
tp15


TATU FARG’ONA FILIALI TELEKOMUNIKATSIYA INJENERING FAKULTETI AKT SOHASI KASB TA’LIM YO’NALISHI 622-21 GURUH TALABASI Lutfullayev Azizbekning TA’LIM
PSIXALOGIYA FANIDAN TAYORLAGAN AMALIY ISHI
Mavzu : Talabalarning boshqaruvchi shaxs sifatidagi tayyorgarlik darajalari.
Rahbar psixologiyasiga xos xususiyatlar
Reja:
  • Talaba shaxsining psixologik xususiyatlari.
  • Rahbar psixalogiyasi hususida qarashlari.

Talabalar deganda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotda va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi.
Oliy о‘quv yurtidagi ta’limning о‘ziga xos xususiyatlari talabalarning
boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular hox rasmiy, hox norasmiy bо‘lishidan qat’iy nazar) muloqotga kirishishi uchun muhim imkoniyatlar yaratadi.
Talabalik davrinig asosiy xususiyatlaridan biri ijtimoiy yetuklikning jadal
sur’atlar bilan rо‘yobga chiqishidir. Ma’lumki, ijtimoiy yetuklik (kamolot) shaxsdan zarur aqliy qobiliyatlarni hamda ijtimoiy turmushda bajariladigan turli rollarni egallashga (oila qurishga), farzandlarni tarbiyalashga, foydali mehnatda qatnashishga (ma’sul vazifada ishlashga) tayyorlanishni talab qiladi. Mazkur jarayonning bosh mezonlari va kо‘rsatgichlari о‘rta
ma’lumotlilik, jamoatchilik topshirig‘lari, mehnatda faolllik kо‘rsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis bо‘lish imkoniyati, unga intilish tuyg‘usi, irodaviy zо‘r berish, yosh otalik va onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini о‘tash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, sport bilan shug‘ullanish va hakozolardan iborat.
Talaba oliy о‘quv yurtida turli fanlarni о‘rganish natijasida unda kasbiy yо‘nalganlik shakllanadi, ya’ni о‘z bilim, tajriba va qobiliyatini tanlagan kasbi sohasida qо‘llash uchun shaxsiy intilish paydo bо‘ladi. Shaxsning kasbiy yо‘nalganligini takomillashtirish istagi, о‘z kasbi sohasida mehnat qilib, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish istagini о‘z ichiga oladi. Kasbiy yо‘nalganlik - kasbiy faoliyat maqsad va vazifalarini tushunishni va qabul qilishni о‘z ichiga oladi.
Kasbiy yо‘nalganlik mazmunidagi ijobiy о‘zgarishlar bо‘lg‘usi kasb bilan bog‘liq bо‘lib, motivlar mustahkamlanishida kо‘rinadi: ish buyicha о‘z
majburiyatlarini yaxshi bajarishga intilish, bilimdon mutaxassis sifatida о‘zini
kо‘rsatish, murakkab о‘quv vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga intilish kuchayadi, ishda muvaffaqiyatga erishish istagi kuchayad.Talabalarda kasbiy yо‘nalganlikni shakllantirish uchun kasbni egallash imkoniyatlariga ishontirish, bо‘lg‘usi ishning kelajagiga ishonch hosil qilish, mehnat
an’analarini targ‘ib qilish, kasbning ishlab chiqarish va estetik tomonlarini, uning ijodiy xarakterini kо‘rsatish zarur.
Talabalik davri yoshlar biologik jihatdan barkamollik,ijtimoiy nuqtai nazardan yetuklik, jismoniy baquvvatlik bosqichiga
kо‘tariladi. Ammo ilk о‘spirinlik (16-17 yoshli) ning ayrim
bolalarga xos xulq atvorning tashqi ifodalari, romantikasi ma’lum davrgacha о‘z ta’sirini о‘tkazib turadi. Oliy maktabdagi dastlabki sinov (birinchi sessiya) davridayoq talaba turmushi faqat romantikadan iborat emasligi, balki izlanish, irodaviy zо‘r berish, aqliy mehnat zahmati orqali ezgu niyatga yetishish mumkinligiga iqror bо‘ladi. Favqulotli taassurotdan, ijtimoiy sinovdan keyin
о‘qishga, turmushga, insonlarga nisbatan munosabati jiddiy
ravishda о‘zgaradi, narsa va hodisalarga, ijtimoiy holatlarga voyaga yetgankatta kishilardek muomala qilishga, voqelikni tо‘g‘ri oqilona aks ettirishga, tushunib yetishga harakat qiladi.
Yuqori sinf о‘quvchisi davrida vujudga kela boshlagan tafakkurning mustaqillik, teranlik, ixchamlilik, tashabbuskorlik, tanqidiylik sifatlari kun sayin takomillashib, yangi –yangi belgi va alomatlar bilan boyib boradi.
Talabalarda о‘zini – о‘zi boshqarish kabi aql zakovatning muhim jihatlari taraqqiyotning yangi yuksak bosqichiga kо‘tariladi. Talabalarda tafakkurning
rivojlanishida, ilmiy dunyoqarashning shakllanishida umumta’limiy va ijtimoiy fanlar, jumladan tarix, falsafa, mantiq, iqtisodiy nazariya asoslari,
madaniyatshunoslik, adabiyot, etika, estetika, pedagogik, psixologiya kabi о‘quv predmetlari muhim rol о‘ynaydi.
Istiqlol sharoiti bilan respublika xalq ta’limi, oliy va о‘rta maxsus ta’lim
vazirliklarida о‘qitishi hamda tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirishga oid bir qancha qarorlar, nizolar, konsepsiyalar ishlab chiqildi. Bu hujjatlar о‘rta maktab va oliy о‘quv yurtlarida uzliksiz ta’lim – tarbiya berishda uyg‘unlikni ta’minlashda ham nazariy, ham amaliy dastur vazifasini о‘taydi. Bugungi islohatlar davri о‘qitishning samarali metodlarini yaratishni, о‘qituvchi va talabalar о‘rtasida hamkorlikning yanada kengaytirishni, inson shaxsini shakllantirishda tarbiyaning yetakchiligini
ta’minlashni, talabalarning yosh xususiyatlari, milliy his – tuyg‘ularini e’tiborga olish tarbiyaviy, ta’limiy tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qilmoqda.
Hech qanday jamiyatda qobiliyatli shaxslar, iste’dodli yoshlar zarur. Chunki, ular mamlkatning kelgusi ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beruvchi, bо‘lg‘usi intelektual va ijodkor elita va killari hisoblanadi. Iqtidorli, imte’dodli yoshlarni aniqlash va tarbiyalash va о‘qitish respublikamizning bо‘lajak zakovvatli va ijodiy fikrlovchi kuchlarni tarbiyalashning asosiy manbaidir. Shu sababli istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni kashf etish, qо‘llab – quvvatlash, tarbiyalash davlat siyosatining ustivor yо‘nalishlaridan biriga aylanadi. Shu sababli о‘quvchi va talabalarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari, ularning imkoniyatlari о‘rganilib, kelajaklariga ishonch bilan qarashlariga imkoniyat berilmoqda.
Qarshi Davlat Universitetida ta’lim sohasini yangi bosqichiga kо‘tarish, talaba yoshlarning qalbi va ongiga Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini singdirish, ularni bizga begona bо‘lgan ta’siridan himoyalash, shu ruhda tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. Yangicha dunyoqarashga ega, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimizning yanada ravnaq topishi uchun munosib hissa qо‘shishga intiladigan, yetuk minglab yangi avlod mutaxassilari tayyorlanadi.
Iqtidorli talabalar va о‘quvchilar uchun alohida sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatimizning bundan keiyngi tarqqiyoti, ma’naviy о‘sishi shunga bog‘liqdir. Ular uchun yakka tartibda о‘quv dasturlari tuzilib, yetakchi о‘quvchilar va olimlardan murabbiylar belgilab qо‘yilmoqda. Har bir oliy о‘quv yurtida iqtidorli bolalarni izlab topish sohasini kengaytirish uchun ixtisoslashtirilgan gimnaziya va akademik litseylar tashkil etildi, ularga umumta’lim maktablaridan eng о‘quvli balalar jalb etilmoqda.Iqtidorli talabalar va о‘quvchilar uchun alohida sharoitlar yaratilmoqda.
Mamlakatimizning bundan keiyngi tarqqiyoti, ma’naviy о‘sishi shunga bog‘liqdir. Ular uchun yakka tartibda о‘quv dasturlari tuzilib, yetakchi о‘quvchilar va olimlardan murabbiylar belgilab qо‘yilmoqda. Har bir oliy о‘quv yurtida iqtidorli bolalarni izlab topish sohasini kengaytirish uchun ixtisoslashtirilgan gimnaziya va akademik litseylar tashkil etildi, ularga umumta’lim maktablaridan eng о‘quvli balalar jalb etilmoqda.
Rahbar shaxsini o’rganish muammosi kishilik jamiyatining barcha davrlarida muhim masala bo’lib kelgan. Buning asosiy sababi birinchidan, har bir davrdagi ijtimoiy munosabatlar o’ziga xos ravishda ijtimoiy mavqe jihatidan kimningdir yuqori darajada turishini taqozo etgan bo’lsa, ikkinchidan, insonlarning hayot kechirish tarzi, ravnaqi, darajasi, farovonligi, baxtli turmush kechirishi shu yuqori mavqedagi shaxsga, uning turli fazilatlari va xislatlariga bog’liq
bo’lganligidir.
Mutafakkir ajdodlarimiz ta’limotida, xalq ijodi mahsullarida adolatli va adolatsiz munosabatlarning yuzaga kelishi rahbar shaxsi, ya’ni shohga bog’liq ekanligi to’g’risidagi fikrlarni o’qiymiz. Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri» asarida aholining ma’naviy va psixologik jihatdan boshqarilishida fozil odamlar shahrida shahar aholisining stratometrik xususiyatlarga ko’ra tabaqalanishi lozimligi uqtiriladi. Bunda jamiyat a’zolarining o’zlarini boshqarishlarida jamiyatning o’zini-o’zi boshqarilishiga olib kelish lozim, lekin bu bilan bir vaqtning o’zida har bir a’zo o’z psixologik-ma’naviy kamolotini usul hamda yo’nalishiga ko’ra yakkaxol tarzda mavjud bo’ladi. «Shularning hammasini ikki yo’l bilan olish mumkin. Birinchidan, yuqoridagi xodisalar aslida qanday mavjud bo’lsa, inson qalbiga, ko’ngliga o’shanday o’rnashib qolsa, boshqalarning ko’nglida bu bilimlar qiyosiy yoxud taqlid asosida vujudga keladi.
Ba’zi odamlar o’sha narsalarni o’zlari his etishlari tufayli ko’ngillarida shu bilimlar vujudga keladi» Forobiy bu fikrni davom ettirib: «Ikkinchidan, ushbu sifatlarga ega bo’lmagan odamlar birikmasi esa, jaholatdagi va adashgan shaharlarning aholisini tashkil qiladi. Fikrlashlar, g’azab, hasad, nafratga asoslangan bunday shahar aholisi… doimo bir-birlariga qarshi kurashib bir-birlariga dushmanlik qiladilar, eng kuchlilari boshqalarga nisbatan mukammalroq tuzilgan bo’ladi. G’olib kelganlar ham bir-birlarini
yo’qotishga urinadilar, go’yo boshqa mavjudotlar nomukammalday, ularning borligi bularga zarar keltiradiganday, yoxud boshqalar ularga faqat qulday xizmat qilish uchun yaratilganday, barchasi birbirini ezib ishlatishga intilishadi». O’rta Osiyoning buyuk mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy boshqaruv va boshqaruvchi shaxsi xususida o’zining bir qator fikr- mulohazalarini bayon etgan.
U har bir kishiga baho berish uchun, uning qilgan ishini kuzatish mumkinligini ta’kidlaydi: «Har bir odamning bahosi o’z ishini ajoyib bajarishidadir». Beruniy o’zining «Hindiston» asarida ushbu g’oyani ilgari suradi: «Tabiati jihatidan boshqarish va siyosat ishlariga qiziquvchi, boshliq bo’lishga fazilat va kuchi bilan haqli, fikr va maqsadda sabotli, davlatni o’zidan keyingilarga qoldirib, ularning o’z ota-bobolariga qarshi bo’lmasliklarini maqsad qilib olgan kishi tomonidan berilgan har bir buyruq, buyurilgan kishi oldida turg’un tog’lar singari mahkam bo’lib, u buyruqqa ko’p vaqtlar va uzoq zamonlar o’tsada, keyingilar ham bo’ysunadilar». Uning fikricha, tabiatan boshqarishga moyil bo’lgan hokim o’z fikri va qarashlarida qat’iy bo’lishi, o’z ishlarini amalga oshirishda donishmandlar tomonidan bildirilgan ilg’or mulohazalarga bo’ysunishi lozim.
Odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar
orasida tenglik va adolat o’rnatishdan iboratdir. Hokimning muhim vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga, olimlarga g’amxo’rlik qilishdir.Demak, Beruniy o’z insonparvarlik g’oyalari bilan boshqaruv va rahbarlik psixologiyasi ta’limotlari rivojiga o’z hissasini qo’sha oldi. U insonlar orasida o’zaro tushunish, tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki, bu fikrlar hamisha ham qadrlidir.

E’tiboringiz uchun rahmat !


Yüklə 12,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə