Psixikaning filogenetik taraqqiyoti Reja: Psixikaning filogenetik taraqqiyoti. Seskanuvchanlik va tropizm Psixikaning muhit va a'zolar tuzilishiga bog’liqligi



Yüklə 23,14 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2023
ölçüsü23,14 Kb.
#146696
1   2
Psixikaning filogenetik taraqqiyoti

2.Seskanuvchanlik va tropizm
Hamma tirik organizmlar o’simliklardan tortib, hayvonlargacha aks ettirishning biologik shakli seskanuvchanlik xususiyatiga egadir.
Seskanuvchanlik - tirik organizmning biologik ahamiyatiga ega bo’lgan ta'sirlariga javob qaytarish qobiliyatidir. Biotik, ya'ni biologik ahamiyatga ega bo’lgan omillariga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish usullariga tropizm yoki taksislar deyiladi.
1.Fototropizm - bu tirik organizmning yorug’lik ta'sirida harakatga kelishidir. Masalan, yoz kuni tungi chiroq yorug’ligiga mayda chivinlarning uchib kelishi.
2.Termotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat qilishga
moyilligidir. Masalan, bahor kelishi bilan qashoratlarning jonlanib harakatga kelishi.
3.Xemotropizm - tirik organizmning fizik-ximiyaviy muhitni tanlab olishga bo’lgan moyilligidir. Masalan, achigan, qatiq, mevalarga mayda chivinlarning yig’ilishi.
4.Topotropizm - tirik organizmlarning mexanik qo’zg’atuvchilar ta'siri ostida harakat qilishiga moyiligidir. Masalan, chirigan olmaga tegilsa, unga yig’ilgan mayda hashoratlarning hammasi uchib ketadi. Mimoza o’simligiga tegilsa, u darhol yaproqini yopib oladi.
5.Gemotropizm - tirik organizmning quyosh nuri ta'siri ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, kungaboqar o’simligining quyosh nuri tomon harakatlanishi.
6.Barotropizm - tirik organizmning havo bosimi ostida harakat qilishga moyilligidir. Masalan, havo bulut bo’lganida, havoda uchib yurgan hashoratlar yerga pastga qarab uchadilar.
7.Gidrotropizm - tirik organizmning namlik suv ta'siri ostida harakat qilishiga moyilligidir.
O’simliklarda aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan iborat bo’lib, bu harakatlar o’simliklarga o’z-o’zini boshqarishiga yordam beradi, ya'ni ular o’zlari uchun foydali bo’lgan manbaga qarab intiladi yoki o’zini himoya qilishga doir boshqacha harakat qiladi. Masalan, nomozshomgul kechki payt ochilib, kunduzi yoruqlikdan yopiladi.
Hayvonlarda aks ettirishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga keladi. Sezuvchanlik qobiliyati tufayli, hayvonlar, o’simliklarga nisbatan ancha ko’p ta'sirotlarni aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi. hayvon nerv tizimi va miyasi qanchalik yuksak darajada taraqqiy etgan bo’lsa, uning psixikasi ham shunchalik yuqori bosqichga ko’tarilgan bo’ladi. Odamda psixikaning rivojlanishi eng yuqori bo’lib, ong darajasiga ega.
Instinktlar - hayvoning tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug’ma harakatlaridir. Qushlar juda ustalik bilan in yasar ekanlar, material tanlash va inni pishiq qilib qurish yo’lida xilma-xil harakatlarni bajaradilar. Masalan, qaldirg’ochlarning in qurishi, Kalyushka deb ataluvchi baliqning erkagi suv tagida yerdan chuqurcha kovlab, uni mayda suv o’simliklari bilan to’sadi, inning yon devorini quradi va ustini berkitadi buni u yirik’roq o’simliklardan o’z tanasidan elimsimon modda chiqarib yasaydi. Shundan keyin erkak baliq urg’ochi balqni urug’ qo’yish uchun haydab kirgizadi va to urug’dan baliqchalar ochib chiqqunga qadar in atrofini qo’riqlab turadi. Rus zoopsixologi V.A.Vanger (1849-1934) urg’ochi o’rgimchakning nomaqul bo’lib qolgan instinktlari sharotida uning xatti-harakatlarini kuzatgan va tasvirlab bergan edi.
Chunonchi, ko’pincha o’rgimchak pillasining ichidagini zararkunandalar yeb ketgan bo’ladi. Lekin urg’ochi o’rgimchak bo’shab qolgan pillani qo’riqlashda va u yoqdan-bu yoqqa ko’chirishda davom etadi. Shunday hollar ham bo’ladi-ki, urg’ochi o’rgimchak pillani yasab va odatda tuxum qo’yish chog’ida bajariladigan
harakatlarni bir necha marta takrorlab, amalda tuxum qo’ymasligi ham mumkin. Shunday bo’lsa-da, u kelgusi bosqichga, ya'ni bo’sh pillani qo’riqlashga va uni u yoqdan - bu yoqga ko’chirishga o’tadi. Asalarilar reaksiyasining maqsadga muvofiqligi ham nisbiydir. Agar mumkatakning orqa tomoni teshib qo’yilsa, asalari yaroqsiz uyaga ma'lum miqdordagi shirani to’kib bo’lgach, garchi uning ikkinchi tomonidan shira oqib ketadigan bo’lsa ham mum bilan berkitib ketadi. Fransuz tadqiqotchisi K.Fabri yer arisining bir qolipdagi maqsadga muvofiq bo’lmagan xatti-harakatini kuzatgan edi. Yer arisi uyasining oldiga chalajon chigirtkani keltirib, barcha arilar singari uyasini tekshirish uchun kirib ketganida tadqiqotchi uning o’ljasini yiroqqa surib qo’yadi. Ari uyasidan chiqib, uni izlab, shoshib yana uyasining oldiga qo’yadi va tekshirish uchun yana uyasiga kirib ketadi. Fabri arining uyasi oldidan chigirtkani qirq marta chetga surib qo’yadi va ari qirq martasida ham o’ljasini topib, uni olib kirish uchun uyasini tekshirgan. Bu misollar instinktning cheklanganligini ko’rsatadi. Instinktiv harakatlar muayyan shart-sharoitlarga qat'iy bog’liq bo’ladi. Instinktning amal qilish mexanizmi shundan iborat-ki, tashqi shart-sharoitlar reflektor munosabatni bildirishga undaydi, eng oxirida esa navbatdagi munosabat bildirish uchun qo’zg’aydi va hokazo. Shu tarzda reflekslarning butun bir zanjirini harakatga keltiradi va nasliy yo’l bilan mustahkamlangan dasturni amalga oshiradi. Instinktiv harakatlar standart shart-sharoitlar o’zgarishi bilanoq o’zining maqsadga muvofiqligini yo’qotadi. Shunday qilib, xatti-harakatlarning instinktiv shakllari faqat doimiy sharoitlardagina maqsadga muvofiqdir.Hayvonlarning instinktlari turli xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ovqatlanish instinkti - hayvonlarning o’zi va bolasi uchun ovqat qidirib topish, ovqat g’amlashharakatlaridir. Himoyalanish instinkti - hayvon o’z hayotini va omonligini saqlash harakatlarida ifodalanib, u ikki ko’rinishda sodir bo’ladi. Birinchisi dushmanga hujum qilish, ikkinchisi o’zini himoya qilishdir. har bir hayvon dushmandan himoya qilish uchun biror organidan shoxlari, tuyoqlari, tish-tirnoqlari, tikanlari kabi yoki zaharli-qidli suyuqlikdan foydalanadi. Masalan, Afrika kobrasi o’z zahrini 3,5 metr masofagacha ota oladi. Amerikada terisining usti qora jun bilan qoplangan uncha katta bo’lmagan bir yirtqich hayvon yashaydi. U amalda barcha turdagi yirtqich hayvonlarning hujumidan saqlangandir. hayvonlar uni orqasidagi uzun chiziqidan tanib oladi. Bu hayvon skuns deb ataladi. Tabiat skunsga bir bezni ato etganki, u benihoya zaharli, hidli suyuqlik tarqatadi. Salgina xavf tug’ilishi bilanoq, skuns dushmaniga orqasini o’girib, dumini ko’taradi va havoga suyuqlik purkaydi. Natijada eng katta yirtqichlar ham bir necha soat davomida "qushidan ketib qoladi". Amerika qit'asidagi barcha hayvonlar skunsni chetlab o’tishga harakat qiladilar. Bu hayvonni yangi iqlimga moslashtirishga qaror qilinib, yosh hayvonlarni oldiniga o’ralgan maydonda saqlashdi. Yirtqichlarni parvarish qilishda xizmatchilar qiynalmas-liklari uchun hayvonlardagi mumak bezlari olib tashlandi. Erkinlikka qo’yib yuborilgan skunslar o’rmonlarda bemalol yurishardi. Skunslarga hujum qila boshlanganida, ular qochmasdan, orqalarini o’girib turishaverdi va dushmanlarining yengilgina o’ljasiga aylanishdi. Shundan keyin, skunslarning bezlari kesib tashlanmay, ularni boqishning boshqa usullari topildi.
Nasl qoldirish instinkti - bu ota-onalik instinkti sifatida ko’rinib, nasl - avlod uchun g’amxo’rlik qilish, uni ma'lum vaqtgacha ovqat bilan ta'min etish, xavf-xatardan saqlash o’z bolalarini parvarish qilish tug’ma mahoratiga ega bo’lib, o’z naslining kelajagi haqida g’amxo’rlik qiladi. Jumladan, o’rgimchakning ba'zi turlarida urg’ochilari o’z tuxumi uchun tolalardan pillalar yasaydi. Bu pillani urg’ochi o’rgimchak qo’riqlab va tez-tez ko’chirib yuradi, o’rgimchak bolalari paydo bo’lishi bilan urg’ochi o’rgimchak uyalarini yonidan siljimasdan qo’riqlab turadi. Nasli kattalashgani sari urg’ochi o’rgimchak ham ularga shuncha befarq bo’la boradi va so’ngra esa o’rgimchak bolalari mustaqil harakat qiladigan bo’lib, qolgandan keyin ularni tashlab ketadi.
To’da bo’lib yashash instinkti-bu instinkt hayvonlarning turli usullar bilan o’zaro aloqa qilishida xilma-xil shaklda birgalashib, to’dalashib, poda bo’lib, gala bo’lib yashashlarida zohir bo’ladi. Bu to’dalanish ba'zi hayvonlarda doimiy xarakterga ega bo’lsa (chunonchi, chumolilar, asalarilar), ba'zilari esa o’ziga o’xshash hayvonlar bilan vaqti-vaqti bilan birgalashib yashaydi asosan yirtqich hayvonlar masalan, qoplon eng kuchli va maymun uchun eng qo’rqinchli yirtqich hisoblanadi. qoplon maymunlarga yerda doim mushukdek chaqqon hujum qiladi, Shimpanze doim kuchli hayvon, lekin qoplondan ularga doim kun yo’q. Shimpanzelar qoplonni odatda yomon ko’radilar, uni ko’rishlari bilanoq shimpanze maymunlari to’da bo’lib, vahshiyona bukchayib qo’llarini pastga tushirib,sakrab, baqirishib hayvonni hamma tomonidan qurshab oladilar. Ayrim hollarda shimpanzelar qo’llariga kaltak olib, qoplonni urib haydaydilar. Hashoratlar galasi, kushlar galasi, sut emizuvchilar podasi, yirtqichlar to’dasi, hayvonlarning doimiy to’da bo’lib yashash shaklidir.
Ma'lumki, asalarilar uyasida bitta ona ari, bir necha o’nlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi ari (jinsiy organlari yetishmagan)lar bo’ladi. Ishchi arilarning xatti -harakatlari juda ham murakkabdir. Rivojlana borgan sari har bir ishchi asalari uyadagi vazifasini o’zgartira boradi. Oldiniga u asalari bolalarini (gumaklarini) boqadi, uyani tozalaydi, so’ngra uyani qo’riqlaydi, ozuqa topib keladi, katakchalar yasaydi. Yerda yashaydigan arining instiktlari ham juda murakkab harakatlar zanjiridan iboratdir. U o’ziga uya qazib olib, uchib ketishidan oldin har gal uni og’zini tuproq bilan qoplaydi. O’ljasini olib kelganidan keyin ari uni uyaga kiraverishiga qo’yib, haligi tuproqni chetga surib, uyani tekshirib ko’radi, shundan keyingina uni uyaga olib kiradi. Instinktiv harakatlar, tug’ma va nasldan-naslga o’tadigan ongsiz harakatlardir. Ular hayvonlarning hayot uchun kurashish va muhitga eng muvaffaqiyatli uyg’unlashish jarayonida hosil qilingan holda irsiy yo’l bilan mustahkamlanib qolgan, ongsiz harakatlardir. Bular aql bilan o’ylab bajariladigan oqilona harakatlar emas. Masalan, yangi tug’ilgan sichqon bolalarini cho’miltirib, mushuk oldiga olib kelinsa, u sichqonni o’z bolalaridek mehr bilan boqadi, emizadi, himoya qiladi, ammo uni sichqon bolasi ekanligini anglamaydi. O’rdak tuxumlari tovuqqa bostirilganda, u o’rdak tuxumining farqiga bormasdan, shu tuxumdan chiqqan o’rdak bolalarini boqadi, ular suvga tushib suzganlarida suv labida u yoq, bu yoqqa yurib ularning tovuq jo’jalari emasligini anglamaydi. Demak, instinktlar doimo bir shaklda ko’rinadigan harakatlardir, ammo instinktlar sharoitga muvofiq o’zgarishi mumkin.
Taraqqiyotning yuqori bosqichidagi hayvonlarda harakatning instinktiv shaklari bilan bir qatorda, xatti-harakatning individual o’zgaruvchan shakllari - ko’nikma va intellektual harakatlar ham mavjud. Ko’nikma - bu hayvonlarda shartli bog’lanishlar asosida yuzaga keluvchi va avtomatik ravishda sodir bo’luvchi harakatlardir, ya'ni biror faoliyatni takrorlanib turishi natijasida asta-sekin hosil qilingan xatti-harakatlardir. Nerv tizimining rivojlanishi jihatidan hayvon qanchalik yuqori o’rinni egalasa, u o’zida shunchalik murakkab ko’nikmalarini hosil qila oladi. Instinktlarga qaraganda, ko’nikma xatti-harakatlarning ancha o’zgaruvchan shakli hisoblanadi. Hayvonlarning ko’nikmalari, ota-onalaridan "o’rganish" yo’li bilan ham hosil bo’ladi. Masalan, bo’rilar bolalarini ovga o’rgatadilar, qari bo’ri qilgan harakatni yosh bo’ri takrorlaydi, bu taqlid qilish instinktiga asoslangan, xatti-harakatlar ko’nikmasidir. Uy hayvonlarini odam "o’rgatganda" ular ko’p ko’nikmalar hosil qiladi. Shuningdek, sirkda o’rgatilgan hayvonlar xilma-xil juda murakkab ko’nikmalarni namoyon etadilar. Ma'lumki, hayvonda odam tomonidan ko’nikmalar hosil qilinishi o’rgatish yoki dressirovka deyiladi. Mashhur hayvon o’rgatuvchi V. Durovning ta'kidlashicha, ma'lum narsaga o’rgatishda hayvonlar kerakli harakatni bajargan paytda ularga ovqat berib, rag’batlantirgan, shu yo’sinda murakkab ishlarni bajarishga o’rgatgan. Masalan, ayiqlarni velosipedda yurishga yoki samovarni stolga qo’yishga, fillarni uyin tushishga va shu kabi murakkab xilma-xil ko’nikmalarga o’rgatgan. Hosil bo’lgan ko’nikmalar hatto ayrim instinktlarni to’xtatib g’o’ya oladi. Jumladan, baliqlarda shartli bog’lanishlar ancha tez hosil bo’ladi..
Chunonchi cho’rtanbaliqda mayda baliqlarni ovlashga oid shartli refleks osongina hosil bo’ladi. Lekin bu refleksni susaytirish juda qiyin. Tadqiqotda mayda baliqlar cho’rtanbaliqdan shisha bilan ajratib qo’yilganda yirtqich yangidan vaqtinchalik bog’lanish hosil qilmagunga qadar uzoq vaqt davomida shishaga urilib turdi, shisha olib qo’yilgandan so’ng esa yangi bog’lanish o’z navbatida uzoq vaqt saqlanib turadi. Shundan keyin cho’rtanbaliq yonida suzib yurgan mayda baliqlarga umuman ahamiyat bermay qo’yadi. Bu faktlardan ma'lumki sharoit o’zgarib ketganda shartli bog’lanishlar hayvonlarning xatti-harakatlarini bir oz o’zgartirishi mumkin ekan.
Aql (intellektual) bosqichi hayvonlarning deyarli murakkab faoliyati bilan tavsiflanib, u aks ettirishning murakkab turidir. "Hayvonlarning borliqni psixik aks etish usuli intellektual faoliyatga o’tishida alohida narsalargina emas, balki ularning munosabatlarini aks ettirish ham vujudga keladi. Hayvonlar rivoj-lanishning bu bosqichida, narsalar orasidagi bog’lanishlarni aks ettira oladilar.
Nemis zoopsixologi V.Kyolerning tadqiqotlarida maymunlarga yetib bo’lmaydigan joyga xo’rak qo’yiladi. Xo’rakdan yaqinroq, lekin bevosita yetib bo’lmaydigan joyga uzun tayoq qo’yiladi. Bu tayoqqa yetishish uchun qafasda qisqa tayoqcha bilan xo’rakni olib bo’lmaydi. Maymun esa birinchi bosqichda qisqa tayoq bilan uzun tayoqni oladi. Ikkinchi bosqichda esa uzun tayoq orqali xo’rakni olishga muvaffaq bo’ladi.
A.N.Leontevning fikricha, muvaffaqiyatsiz harakatlardan so’ng to’satdan javobni topishi aqliy xatti-harakatlarning yana xususiyatidir. Bu hodisa V.Kyoler tomonidan "insayt"-ravshanlashish deb atalgan.
Aqliy xatti-harakat boshqa ikki xususiyati mavjud bo’lib, bu topilgan muammoning yechimini tez eslab qolish va shu bilan shakllangan operasiyalarni bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga o’tkaza olishdir.
Hayvonot olamining yuksak bosqichidagi vakillari (quruqlikda yashovchilardan, xususan, odamsimon maymunlar, dengiz hayvonlaridan delfinlar) instinkt, ko’nikmalarni egallashdan tashqari yana murakkab harakatlarni bajara oladi, hayvonlarning bunday xatti-harakatlarini intellektual harakatlar desa bo’ladi. Intellektual xatti-harakatlar hayvonning ancha yuksak shakldagi psixik faoliyati bilan bog’liq bo’lib, u tug’ma instinktlar va hayotda hosil qilingan ko’nikmalar hayvonning yashash sharoiti talablariga javob bera olmagan taqdirda yuzaga keladi. Yuksak taraqqiy qilgan hayvonlar ular uchun ma'lum muammolar bilan bir qatorda yangi bo’lgan narsani ham hal qila oladilar. Masalan, tajriba o’tkazilgan asbob ikkita bo’sh naychadan iborat edi. Naychadan bittasiga qarg’aning ko’z o’ngida inga bog’langan xo’rak bir parcha go’sht joylashtirildi. Qarg’axo’rakning naycha ichiga kirib ketganini ko’radi. Qarg’a shu zahotiyoq ikkinchi naychaning oxiriga sakrab boradi va xo’rakning paydo bo’lishini kutib turadi. Shuningdek, maymunlarda o’tkazilgan tadqiqot ham bunga yaqqol misoldir. Qafasning shipiga banan osib, qafas ichiga ikki - uchta yashik yoki bir ikkita qamishli tayoqcha qo’yadilar. Maymun qafas ichiga kirishi bilan mevani olmoqchi bo’ladi, ammo bo’yi yetmaydi. Maymun tevarak-atrofiga ko’z yugurtirib, yerda yotgan qamishni ko’radi, va bu qamish bilan mevani qoqib tushirishga harakat qiladi. Lekin unda ham bo’yi yetmaganidan so’ng qamishlarni olib, bir necha vaqt ular bilan turlicha harakatlarni qilib ko’rib, ular bir-birini ichig kirib, uzunlashadi, keyin maymun bananni qoqib tushiradi. Yoki yerda yotgan yashikni ustma-ust qo’yib uni mevaning tagiga surib keltiradi va ustiga chiqib mevani olmoqchi bo’ladi, ammo bo’yi yetmaydi. Shunda maymun yerda yotgan boshqa yashiklarni ustma-ust qo’yib, narvon qiladi va ularning ustiga chiqib mevani olib yeydi.Kishi ko’ziga maymunlar nechog’li aqlli hayvon bo’lib tuyulmasin, ammo ularning tafakkuri nihoyatda tordir. Bu fikrni isbotlash uchun shunday bir tajriba o’tkazilgan. Yashik qo’yilgan meva oldiga spirt lampasi yoqib, yonib turgan spirt lampasining tepasiga suvli - jo’mrakli bak va stakan qo’yiladi. Mevani olish uchun maymun avval olovni o’chirish kerak bo’ladi. Bir odam olovni o’chirib, ovqat olish yo’lini maymunga ko’rsatadi, maymun bakdagi suvdan krujkaga quyib olovga sepadi va so’ng mevani olib yeydi. Keyinchalik suv to’ldirilgan bak boshqa stolga ko’chiriladi. Maymun bir stoldan, ikkinchisiga o’tish uchun uzun ko’prik yasab ko’prik orqali boshqasiga o’tgan va bakdan krujkaga suv to’ldirib yana org’asiga qaytgan, nihoyat olovni o’chirib, mevani olib yegan. Aynan maymun atrofida suv turib bundan foydalanmagani qiziqdir. Bu maymunda umumlashtirish xususiyati yo’qligidan dalolat beradi, ya'ni har qanday suv olovni o’chira olishini maymun mutloqo tushunmaydi, u o’zi ko’rgan ishini, ya'ni bakdan olingan suv bilan olovni o’chirishnigina qila oladi, xolos. Bulardan ma'lumki, aqlni ishlatish bilan biror bir masalani hal qilishda maymun masalani yechishni barcha zarur shartlarini ko’ra olmaydi, ulardan faqat ayrimlarinigina fahmlaydi, xolos. Maymunlarning intellektual harakatlari har qanday harakatlarni sinab ko’rish jarayonida aniq amaliy tafakkur tarzida sodir bo’ladi. Taqlidchanlik - maymunlar hulq-atvorining xarakterli xususiyatidir. Masalan, maymun supurgi bilan polni supuradi va "lattani ho’llab siqadi", "polni artadi", "yuvadi". Odatda, maymunlar harakatning natijasiga emas, balki harakatning o’ziga taqlid qiladilar. Maymun polni supurar ekan, axlatni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib yuraveradi-yu, lekin axlatni poldan tozalab ola bilmaydi.
Shunday tadqiqot o’tkazilgan uyga bo’sh chelak va quruq latta qo’yilgan. Maymun latta bilan polni artadi va har safar u lattani chelakka tushurib aylantirib siqadi, bu ishni maymun farrosh qilgani kabi bajaradi. Shuningdek, maymun qalam bilan daftarga "yozadi" (chiziqlar chizadi) va unga diqqat bilan qaraydi. Maymunga qalam o’rniga tayoqcha berilsa, qam u "yozishni" davom ettiradi. Intellektual harakatning natijasiga taqlid qilish maymunlarda uchramaydi.Amerikalik olimlar G.Xarlou, M.Xarlou, S.Suomilarning tadqiqotlari yangi tug’ilgan maymunlar bolasi sun'iy onaning ayrim turlarigagina haddan ziyod ixlos qo’yishi mumkinligini ko’rsatadi. Tajriba qo’yidagicha olib boriladi, ya'ni Makaka maymunining yangi tug’ilgan bolalarini xuddi haqiqiy onasining kattaligida qilib ishlangan sun'iy ona bilan qafasga solib qo’yiladi. Maymunchalarning biriga metall kraskadan yasalgan "ona", ikkinchisiga yog’och silindrdan yasalib, tukli mato bilan o’ralgan "ona" to’g’ri keladi. Yumshoq onalik maymuncha ko’p vaqtini uning yonida o’tkazadi, uni goh quchoqlar, goh uning ustiga ham chiqib ketardi. U har gal xavf tug’ilsa, onasining himoyasiga qochib borgan. Metall onaga tekkan maymuncha esa juda qiynaldi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, maymunlarning bolalari sut bergan onadan ko’ra, sut bermasa ham matodan yasalgan onani afzal ko’rishadi. Matodan yasalgan onalar maymunlarda xavfsizlik va ishonch hissini uyg’otadi.
Biroq yuksak taraqqiy etgan katta maymunlarning instinktiv xatti-harakati, bir hujayrali hayvonlar instinktidan jiddiy farq qiladi. Yuksak taraqqiy etgan maymunlar (jumladan shimpanze)da xatti-harakatning uya qurishdek tug’ma shakli mavjuddir. Tabiiy sharoitlarda ular har kuni daraxtlarda shox-shabalardan uya qurishadi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, maymunlar uya qurishda, materiallarni tanlash chog’ida amaliy tahlilga binoan ish ko’radilar. Tadqiqot jarayonida maymunlarning binokorlik "faoliyati" kemiruvchilar (kalamush)ning uya qurishi bilan taqqoslab ko’rildi. Qattiqligi turlicha materiallar, jumladan, daraxt shoxlari va qoqoz mavjud bo’lgan holda shimpanze va kalamushlar qam uyani bir xil tipda, ya'ni uyaning asosiy qismini qattiq materialdan yasab, ichiga ancha yumshoqroq material to’shaydi. Agar shimpanze va kalamushga faqat yumshoq material berilsa, u holda ikkalasi ham uyani shu materialdan qurishga tushadi. Lekin ular tavsiya qilingan materialdan uyalarini yasab bo’lganlaridan keyin ularga ancha dag’alroq material berilsa, u holda hayvonlarning reaksiyalarida darhol sifat farq ko’rinadi. Shimpanze ancha dag’al materialga ega bo’lganidan keyin shu zahotiyoq uyasini qayta qurishga kirishadi. Yumshoq materialdan qurilgan inshoatini bir chekkaga surib qo’yadi va ancha dag’al materialdan uyaning asosini qura boshlaydi. Shundan keyingina u yumshoq materialdan foydalanadi, uni uyasining ichki yuzalariga to’shaydi, kalamushlarda ham xuddi shunga o’xshash vaziyatni ko’rishni davom ettiradilar, dag’al materialni yumshoq material ustidan tushay beradilar. Shunday qilib, uya qurish maymunlarda garchi instinktiv harakatlar natijasida amalga oshirilgan bo’lsa, ham bu harakatlar tashqi shart-sharoitlar hisobiga olingan holda yuz beradi.Intellektualxatti-harakatlar
Hayvonlarning ko’pincha yashirin imkoniyati sifatida qolib ketadi. Jumladan, rus psixologi N.N.Ladigina -Kots (1889-1963) ning tajribalarida Paris degan shimpanze ichiga xo’rak solingan naychani olishi bilanoq naychaning ichiga kiritish uchun yaroqli bo’lgan, ishlatishga qulay qurolni tanlashga tushardi. Bunda Paris turli belgilarni-narsalarning shakli, uzunligi, kengligi, qalinligini ajrata bilardi. Agar mos keladigan narsa topilmasa Paris yonida yotgan daraxt shoxlaridan yon shoxlarini yulib olar, enli taxtadan payraxalar ajratib chiqar, buklangan simlarni to’g’irlar, xullas maymunlar "qurol" yashar edi.
Biroq yuksak taraqqiy etgan maymunlardan "qurol yasash" faoliya-tining ahamiyatini oshirib yuborish yaramaydi. E.G.Vasuro, N.NLadigina-Kotslar o’tkazgan tajribalaridan ma'lumki, shimpanzelar aynan bir xildagi vaziyatda, ya'ni maqsadga erishish uchun ikkita tayoqni birlashtirish zarur bo’lgan paytda o’zlarini yo’qotib qo’yishadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin, ya'ni shoxlarni g’ajish, payraxalarni ajratish maymunning tabiatda bajaradigan harakatlaridir. Lekin maymunlar tabiiy sharoitlarda tayoqlarni bir-biriga ulab ish ko’rmaydi.
3.Psixikaning muhit va a'zolar tuzilishiga bog’liqligi
Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan, bu hol organizmlarning differensiallanishiga olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud sharoitga moslashadi. O’z-o’zini boshqarish oddiy ta'sirlanuvchanlikdan boshlanib, o’zining yuksak taraqqiyotiga erishadi.
Aks ettirish usuli qanchalik yuksak bo’lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta'siridan shunchalik ozod bo’ladi. Muhitdagi haroratning o’zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaksiyalar tezligi ham o’zgaradi, harorat ko’tarilsa, reaksiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaksiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo’ladi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o’zgarishi bilan bir joydan ikkinchi joyga ko’chishga majbur bo’ladi. Masalan: kemiruvchilar yerni chuqur kavlab ichkariga kirib ketadi. Bunda instinkt ta'sir qiladi. Yozning issiq kunida fil o’ziga suv sepib turadi.
Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo’lgan bog’liqlikdan batamom qutula olmaydi. Muhit tirik organizmning yashash sharoiti, tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir.
Aks ettirishning adekvat (mos) bo’lishi, avvalo psixikaning moddiy asosi, sezgi a'zolari va asab tizimining tuzilishiga bog’liqdir. Reseptor ma'lum bir turdagi qo’zg’atuvchilar ta'siriga qanchalik to’g’ri reaksiya qilsa, organizmning reaksiyasi ham shunchalik adekvat, ya'ni mos bo’ladi.
Reseptorlarning taraqqiyoti ma'lum darajada biron tipdagi asab tizimi taraqqiyoti bilan bog’liq. Sezgi a'zolari va asab tizimi taraqqiyoti darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirish darajasini belgilaydi. To’rsimon asab tizimiga ega bo’lgan hayvonlar asosan tashqi ta'sirotlarga tug’ma ravishda javob qaytaradilar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y

2.Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati T; "O’qituvchi" nashriyoti 1975

3.Umumiy psixologiya (A.V.Petrovskiy tahriri ostida) T; "O’qituvchi" 1992 y

4.Psixologiya qisqacha izohli lug’at T-1998 y



5.Karimova V.M. Psixologiya T-2002 y
Yüklə 23,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə