Psixodiagnostikadan savollar va javoblar



Yüklə 230,49 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix01.06.2023
ölçüsü230,49 Kb.
#114940
Psixodiagnostikadan savollar va javoblar




Psixodiagnostika fanidan savol-javoblar 
1.
Diagnoz terminining ma’nosi nima? 
Diagnoz grekcha termin bo‘lib, aniqlash, bilish degan ma’noni 
anglatadi. 
2.
Psixologik diagnoz nima? 
Shaxs individual-psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga 
baho berish, rivojlanishini odindan aytish (prognoz qilish) va 
psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab 
chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so‘nggi natijasidir. 
3.
“Psixodiagnostika?” atamasi qanday ma’noni anglatadi? 
“Psixodiagnostika?” atamasi psixologik tashxis qo‘yish degan 
ma’noni anglatadi. 
4.
Psixodiagnostika qanday fan? 
Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. 
5.
Psixodiagnostika fani nechanchi asrda vujudga keldi? 
Tajribaga asoslangan psixodiagnostika fani XIX asr oxirida 
vujudga keldi. 
6.
Psixologik 
diagnostikaning 
vujudga 
kelishida 
qaysi 
olimlarning xissalari bor? 
Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida F.Galton (1879), 
J.Cattell (1890), H.Ebbinghaus (1891), A.Binet va Th.Simon 
(1905)ning ishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
7.
Psixologik 
diagnostika 
fan 
sifatida 
nechanchi 
yilda 
shakllandi? 
Psixologik diagnostika fan sifatida 1920-yillarda keng shakllana 
bordi. 
8.
Psixodiagnostika fanining asoschisi kim? 
Shveytsariyalik psixolog va psixiatr H.Rorshax (1921)ning 
“Psixodiagnostika ” asari nashr etilishi bilan psixodiagnostikaga asos 
solindi. 
9.
Respublikamizda psixodiagnostikaning rivojlanishiga hissa 
qo‘shgan olimlar kimlar? 
Respublikamizda 
psixodiagnostikaning 
rivojlanishiga 
M.G.Davletshin, B.R.Qodirov, G‘B.Shoumarov, E.G‘G‘oziyev 
V.A.Tokareva, 
R.Z.Gaynutdinov, 
V.M.Karimova, 
Sh.A.Do‘stmuhammedova, E.N.Sattorov, G.To‘laganova kabi olimlar 
o‘z hissalarini qo‘shganlar. 



10.
Psixodiagnostika fanining mustaqil fan sifatida vujudga 
kelishiga nima sabab bo‘ldi? 
Psixodiagnostika fanining mustaqil fan sifatida vujudga 
kelishiga olimlarning insonlar psixikasidagi individual farqlarga 
qiziqishining ortishi sabab bo‘ldi. 
11.
Psixologik diagnoz qo‘yishnig nechta bosqichi bor va ular 
qanday bosqichlar? 
Simptomatik diagnoz, Etiologik diagnoz, Tipologik diagnoz. 
11. Maktabgacha ta’lim muassasasi va boshlang‘ich sinflarda 
psixodiagnostik tadqiqotlar qanday vazifalarni hal qiladi? 

Diagnostika uchun zarur ma’lumotlarni olish. 

Psixik taraqqiyot o‘zgarishini o‘rganish uchun zarur 
ma’lumotlarni to‘plash. 

Åqliy zaiflik darajasini yoki boshdan kechirgan kasallik tufayli 
psixik 
kamchiliklarni 
aniqlashga 
qaratilgan 
psixodiagnostik 
tadqiqotlar. 

Bolalarda paydo bo‘lgan yetarlicha o‘rganilmagan yangi psixik 
holatlarni tahli qilish uchun ilmiy maqsadda psixologik tadqiqot 
o‘tkazish. 
12.
Pedalogiya fanining predmetini nima tashkil etadi? 
Pedalogiya fanining predmeti – bolalar hayotini o‘rganish, 
irsiyatning rolini, jismoniy va ma’naviy taraqqiyot qonunlarini 
aniqlash, bolalar psixikasida kasallik ko‘rinishlarini o‘rganishdan 
iborat. 
13.
Mashhur rus psixologi L.S.Vigotskiy ta’limoti nimaga 
bag‘ishlangan? 
L.S.Vigotskiy ta’limoti insonga xos bo‘lgan psixik jarayonlar va 
inson ongining tarixiy rivojlanishiga bag‘ishlangan. 
14. Psixologik diagnoz qo‘yishning umumiy sharoitlariga 
aloqador asosiy mezonlar nimalar? 
- psixologik diagnoz insonga xos bo‘lgan maxsus xodisa va 
xususiyatlarni ochib berish; 
- har qanday diagnoz olingan natijalarni bayon qilish bilan 
chegaralanmasligi, u yoki bu belgining vujudga kelish sababi, oqibati, 
keyingi rivojlanishi ham namoyon bo‘ladi. 
15. Bolalarning maktab ta’limiga tayyorligini bildiruvchi 
belgilarga nimalar kiradi? 
Bolalarning maktab ta’limiga tayyorligini bildiruvchi belgilarga: 

psixik jarayonlarning ixtyoriyligi; 




aqliy ish qobiliyatlarining etrlicha davomiyligi; 

yangi bilim va malakalarni maqsadga yo‘naltirilgan ravishda 
o‘zlashtirish imkoniyati; 

borliqni bilishga qiziqishning mavjudligi; 

tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish 
umumlashtira olish; 

fikrlay olish va boshqalar. 
16. Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperemental metodikalarni 
tanlashda nimalarga e’tibor beriladi? 
Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperemental metodikalarni tanlashda 
quyidagilarga e’tibor beriladi: 

tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot Tadqiqot o‘tkazish 
uchun eksperemental metodikalarni tanlashda darajasini aniqlash, 
uning yoshiga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash; 

sinaluvchuning yoshi va uning hayot tajribasi, unga ta’lim va 
tarbiya berilayotgan sharoit; 

bolaning eksperemental tadqiqotga moslashishi, muloqotga 
kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari. 
17. M.P.Kononova fikricha, bo‘lajak tadqiqotchi o‘zida qanday 
sifatlarni shakllantirmog‘i kerak? 
Bo‘lajak tadqiqotchi o‘zida quyidagi sifatlarni shakllantirmog‘i 
kerak: tadqiqot qarorlarini tez va aniq yuzish, bolani diqqat bilan 
kuzatish, bola bilan yaxshi aloqaga kirishish, bolalarni qiziqtira olish, 
tadqiqot uchun tuzilgan rejaga amal qilish hamda kerakli 
ma’lumotlarni qayd etib borish. 
18.
Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari nimalardan 
iborat? 
Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan 
iborat? 

psixik ko‘rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan printsipial 
baholashning imkon darajasini aniqlashtish; 

hozirgi paytda psixologik ko‘rinishlarning miqdorini baholash 
va uning ilmiy asoslanganlik holatini o‘rganinish; 

psixodiagnostika usul va uslublarning asosiy metodologik 
talablari nimalardan iborat; 

psixo diagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni 
qayta ishlash hamda ularni interpretatsya qilish usullarining 
ishonchliligi nimalarga asoslangan; 




test va psixodiagnostika metodlarning tuzilishi hamda 
ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat. 
17.
Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari nimalardan 
iborat? 
Psixodiagnostika fanining amaliy vazifalari quyidagilardan 
iborat: 

psixodiagnostika mutaxassis sifatida qo‘yiladigan kasbiy 
talablarni aniqlashtirish; 

psixologik haqiqatdan ham u yoki bu psixodiagnostik 
metodlarni mutaxassis sifatida muvaffaqiyatli o‘zlashtirib olgani 
haqida minimal amaliy shartlar, ya’ni kafolat sifatida; 

psixodiagnostika sohasida o‘z ishini muvaffaqiyatli amalga 
oshirish uchun psixolog o‘zida mujassamlashtirishi shart bo‘lgan, 
ko‘nikma va malakalar; 

psixologning psixodiagnostika sohasida malakali mutaxassis 
ekanini hamda amaliy jihatdan tayyorgarligini baholash mezonlarini 
hamda dasturlarini ishlab chiqarish. 
19. Psixodiagnostika fanining xususiy vazifalari nimalardan 
iborat? 
Psixodiagnostika fanining xususiy vazifalari quyidagilardan 
iborat? 

bola tug‘ilgandan boshlab maktab ta’lim jarayoniga 
tayyorgarligi; 

har bir bolaning psixik va xulqiy rivojlanishidagi idividual 
qobilyatlarini tekshirish; 

bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi yutiqlarini aniqlash 
maqsadida psixologik xizmat ko‘rsatish va uning natijasida amliy 
tavsiyalar ishlab chiqarish; 

bolani yanada rivojlantirish maqsadida uning iqtidori, layoqati 
va individual qobilyatlarini hamda qiziqishlarini tashxislash hamda 
ilmiy asoslangan psixologik maslahat va kasbga yo‘naltirishishlarini 
olib borish. 
20.
Fan va texnikada diagnostikaning qanday turlari mavjud? 
Fan va texnikada diagnostikaning ko‘plab turlari mavjud: 
tibbiyot diagnostikasi kasalning kelib chiqishini o‘rganadi va 
aniqlaydi; texnik diagnostika – har xil texnika sistemalari, elektron 
hisoblash mashinalari, kompyuterlarning salbiy xususiyatlarini 
aniqlab, ularni bartaraf qilishni o‘rgatadi; sport diagnostikasi - 
jismoniy jarayonlarning o‘zgarish holatlarini o‘rganadi va aniqlaydi; 



psixologik diagnostika – shaxs gurhlarning psixik xususiyatlari, 
holatlari va taraqqiyot ko‘rsatkichlarini aniqlab, sifatli va miqdoriy 
jihatdan o‘lchab beradi. 
21.
Test va testlashtirish nima? 
Test – shaxsning aqliy taraqqiyotini, qobiliyatini, irodaviy 
sifatlarini va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan 
qisqa standart masladir. 
Testlashtirish – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, 
standartlashtirilgan savol va topshiriqlar yordamida individual 
farqlarni o‘rganish, alihida shkalalar bilan o‘lchash. 
22.
Yetuklik testi qanday holatlarda qo‘llaniladi va bu test 
necha xil bo‘ladi? 
Yetuklik testlari psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, 
konkret bilim, malaka, ko‘nikmalarning o‘zlashtirish darajasini 
aniqlab beradi. Yetuklik testi 3 ga bo‘linadi: harakat testlari, og‘zaki 
testlar va yozma testlar. 
23.
”Proektiv” atamasining ma’nosi nima va bu metod kim 
tomonidan qo‘llangan? 
”Proektiv” atamasi ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939-yilda 
qo‘llangan. Proektiv test motivatsiyaning anglanilmagan yoki to‘liq 
anglanilmagan shakllarini o‘rganishga qaratilgan. 
24.
Qanday psixodiagnostik metodlar mavjud? 
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq metodlari 
mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, faralab olish juda 
ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik 
klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:

Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.

Savolnomali psixodiagnostik metodlar. 

Ob’ektiv psixodiagnostik metodlar. 

Eksperemental metodlar. 

Faoliyat mahsuldorligini analiz qilish metodi. 
25. Psixologik-pedagogik diagnostikaning maqsadi nimadan 
iborat? Pedagogika va pisxologiya fanlarining oralig‘idagi soha bo‘lib, 
o‘quvchi shaxsini, uning individual xususiyatlari, rivojlanish 
dinamikasi va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganadi.
26. Psixologik-pedagogik diagnostika kursining asosiy vazifalari 
nimalardan iborat? 
Psixologik-pedagogik diagnostika kursining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 



a) talabalarni psixologik-pedagogik diagnostikasining nazariy 
asoslari, yo‘nalishlari, bosqichlari va printsiplari bilan tanishtirish; 
b) diagnostika qilishning turli metodikalarini amalda qo‘llashga 
o‘rgatish;
v) o‘quvchilar psixologiyasida, xulq-atvorida yuz bergan salbiy 
o‘zgarishlarni tuzatish, ularga yordam berish usullari bilan 
qurollantirish. 
27. Psixologik- pedagogik diagnostikaning asosiy yo‘nalishlari 
qaysilar? 
Psixologik-pedagogik diagnostikaning asosiy yo‘nalishlarini 
quyidagilar tashkil etadi: 
1.
Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish. 
2.
Tashkiliy – metodik diagnostika. 
3.
Didaktik diagnostika. 
4.
Ijtimoiy – pedagogik diagnostika. 
5.
Ijtimoiy psixologik-pedagogik diagnostika 
6.
Pedagogik psixodiagnostika. 
28. Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish yo‘nalishining 
maqsadi nima?
Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish yo‘nalishining 
maqsadi – o‘quvchilarning tarbiyalanganligini, ularning xulq – 
atvorini, odob-axloqini, tarbiyalanuvchanligi (tarbiyaviy ta’sirlarga 
berilishi)ni o‘rganishdan iborat. 
29.
Tashkiliy metodik diagnostikaning maqsadi nima?
Tashkiliy metodik diagnostikaning maqsadi – pedagoglarning 
kvalifikatsiyasini, o‘quv jarayonining uslubiy ta’minlanganlik 
darajasini baholashdir. 
30.
Didaktik diagnostika nima? 
Didaktik diagnostika – pedagogik jarayonni takomillashtirish 
uchun xizmat qiladi (o‘quv jarayonining tashkiliy metodik 
tomonlaridan tashqari). O‘quvchilarning og‘zaki va yozma 
javoblarini, javoblardagi tipik xatolarini, ularning sabablarini, o‘quv 
faoliyatidagi salbiy o‘zgarishlarini, ularda o‘quv, mehnat malaka va 
ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasini, ta’lim olishga nisbatan 
moyilliklarini diagnostika qiladi. 
31.
Ijtimoiy pedagogik diagnostikanung mazmuni nimadan 
iborat? 
Ijtimoiy pedagogik diagnostika - o‘quvchilarning pedagogik 
qarovsizligi, moslashganlik darajasi, tarbiyasi og‘ir bolalarni 



diagnostika qilishda ijtimoiy omillarni hisobga oluvchi yo‘nalishdir. 
Diagnostika pedagoglar tomonidan maktabdan, o‘quv yurtidan 
tashqarida olib boriladi. Shu sababli diagnostika jarayonida oila 
sotsiologiyasi va iqtisodi, huquq sotsiologiyasi, dam olish 
sotsiologiyasi, iqtisodiy sotsiologiya kabi sohalarda qo‘llaniladigan 
metodikalar va ko‘rsatkichlardan foydalanishni taqozo qiladi. 
32.
Ijtimoiy psixologik-pedagogik diagnostikaning mazmuni 
nima? 
Ijtimoiy psixologik-pedagogik diagnostika – bu yo‘nalish 
sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, pedagogikani o‘z ichiga qamrab 
olgan bo‘lib, o‘quvchilar, pedagoglar, ota-onalar guruhlarini, 
o‘quvchilarga ommaviy kommunikatsiya vositalarining (radio, 
telyevideniye, gazetalar va hoka’zo) ta’sirini, ularning burch va 
huquqlari, ular orasidagi munosabatlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan. 
33.
Pedagogik psixodiagnostika nima? 
Pedagogik 
psixodiagnostika 

psixologik-pedagogik 
diagnostikaning eng yaxshi rivojlangan va muhim yo‘nalishlaridan 
biri bo‘lib, o‘quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini aniqlash, o‘z-
o‘zini baholashi, psixologik “himoya usullari”ni, u o‘zining psixik 
holatlarini, xarakterining asosiy sifatlarini va boshqa individual – 
psixologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgandir. 
34.
Psixodiagnostikaning qanday tamoyillari mavjud? 
Psixodiagnostikaning tamoyillari quyidagilar: 
1. 
Diagnostika 
nazariyasi 
va 
metodikalarining 
ilmiy 
asolanganligi. 
2. Diagnostikaning izchilligi va aniq yo‘nalganligi 
3. Diagnostika shakl va metodlarining optimalliligi 
4. O‘rganish ob’yekti haqida faktlarni yig‘ish, bayon qilish va 
to‘g‘ri yo‘lga solishning birligi 
5. 
Diagnostikaning 
ketma-ketliligi 
va 
uzluksizligi-
diagnostikaning bosqichma-bosqich amalga oshira borib, 
6. Diagnostika metodlari va jarayonlarining qulayligi va 
ommabopligi 
7. Diagnostikaning har tomonlamaligiga (kompleksliligi). 
8. Diagnostika o‘quvchi rivojlanishining kyelajagini, oqibatlarini 
oldindan ko‘ra olish (prognoz qilish) imkoniyatini bera olishi. 
35. Pedagogning diagnostik faoliyati bosqichlari nimalardan 
iborat? 



Pedagogning diagnostik faoliyati bosqichlarini quyidagilar 
tashkil etadi: 
1.
Diagnostik faoliyat ob’yekti, maqsad va vazifalarini aniqlash. 
2.
Diagnostika 
ob’yektini 
o‘rganishning 
mezonlari 
va 
ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni belgilash. 
3.
Diagnostik faoliyat vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan 
metodikalar tanlash. 
4.
Tanlangan metodikalar yordamida informatsiyalar yig‘ish 
(tadqiqot o‘tkazish). 
5.
Olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan qayta ishlash. 
6.
Pedagog diagnoz ishlab chiqish va xulosalar chiqarish. 
7.
Pedagog prognoz ishlab chiqish (Kutiladigan natijalarni 
oldindan taxmin qilish)
8.
Tuzatish va yordam berish yo‘llari, usullari va rejasini 
yaratish. 
36. Terstoun intellektning modelini yaratdi. U Gilforddagidek 
120 ta emas, balki 7 faktordan iboratdir. Bular qaysilar? 
1.
Fa’zoviy qobiliyat. 
2.
Idrokning tezligi. 
3.
Sonli materialni o‘zlashtirish yengilligi. 
4.
So‘zlarni tushunish. 
5.
Assotsiativ xotira. 
6.
Nutqning o‘ynoqiligi. 
7.Tushunish yoki mulohaza qilish. 
37. O‘quvchining aqliy rivojlanish darajasini aniqlashda 
nimalarga e’tibor berish lozim? 
O‘quvchining 
aqliy 
rivojlanish 
darajasini 
aniqlashda 
quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
a) ega bo‘lgan tafakkur jarayonlarining rivojlanganlik darajasi; 
b) tafakkurning texnik faoliyatida yuzaga chiqadigan maxsus 
xususiyatlari; 
v) o‘z faoliyatini rejalashtirishi va boshqara olishi; 
g) texnik vazifalarni yechishda muhim ahamiyatga ega 
xususiyatlarning mavjudligi. 
38. 
Maktab 
pedagogik-psixologik 
diagnostikasi 
qanday 
masalalarini o‘z ichiga oladi?
Maktab 
pedagogik-psixologik 
diagnostikasi 
quyidagi 
masalalarini o‘z ichiga oladi: 



a) bolalar va o‘smirlar rivojlanishi, yo‘nalishi va darajasini 
baholash, ularning o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishlari va tarbiyaiga 
yo‘nalgandir. 
b) pedagog va psixologlarni maktabdagi psixodiagnostik 
faoliyatlari butunligicha pedagogik jarayonga yo‘nalgan bo‘lmog‘i 
lozim va u jamiyatning har tomonlama rivojlangan a’zosini 
tarbiyalash va o‘qitishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak; 
v) pisxolog va pedagoglarning birinchi vazifasi o‘quvchilar 
rivojlanishining konstant darajasini tadqiq qilish bo‘libgina qolmay, 
o‘quvchilar yoki sinf jamaolari haqida turli psixologik ma’lumotlar 
olinmog‘i kerakki, bularga ko‘ra rivojlanishga turtki beruvchi 
pedagogik tashkiliy ishlar haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘lsin.
39. ”Validlik” atamasi qanday ma’noni anglatadi? 
”Validlik” ”to‘laqonli”, ”yaroqli”, ”mos” ma’noni anglatadi. 
Psixodiagnostik metodning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan 
o‘rganilayotgan psixologik xususiyatiga mo‘ljallanganligi va ushbu 
psixologik xususiyatni baholashga mosligi hamda yaroqliligini 
ko‘rsatib beradi. 
40. Validlik necha turda bo‘ladi va ular qanday mazmunga ega? 
Validlik – nazariy, amaliy, empirik, ichki va tashqi bo‘ladi. 
Nazariy validlik – qo‘llanilgan metodika yordamida olingan 
ko‘rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko‘rsatkichlar 
bilan ya’ni ko‘rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog‘liqlik 
borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko‘rsatkichlari mosligi bilan 
aniqlanadi. 
Empirik validlik – sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini 
kuzatish orqali, haqqoniy xulqidagi diagnostik ko‘rsatkichlarning bir-
biriga mosligi bilan tekshiriladi. 
Ichki 
validlik 
– metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, 
mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi. 
Tashqi validlik – xuddi empirik validlikka o‘xshash, undan 
farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi 
ko‘rinishlarning ko‘rsatkichlari bilan metodikadagi ko‘rsatkichlarning 
o‘zaro bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi. 
41. Validlikning qanday mezonlari bor? 
Validlikning quyidagi mezonlari bor: 
A) Xulqiy ko‘rsatkichlar – sinaluvchining har xil hayotiy 
voqeliklardagi reaksya va xatti-harakatlari; 


10 
B) Sinaluvchining faoliyatidagi yutuqlari: o‘quv, ish, ijodiy va 
hoka’zolar; 
V) Har xil nazorat sinov va topshiriqlarning bajarilganligi haqida 
ma’lumotlar; 
G) Boshqa metodlar yordamida olingan ma’lumotlar – validlik 
tekshirilayotgan metodikaning boshqa metodika bilan bog‘liqligining 
yetarli darajadaligi. 
42. Metodikaning ishonchliligi qanday tasniflanadi? 
Metodikaning ishonchliligi - metodika yordamida barqaror, 
qat’iy ko‘rsatkichlarni olish imkoniyatlari bilan tasniflanadi. 
43. Psixodiagnostik metodikalarning ishonchliligini qanday 
usullarda tekshirish mumkin? 
Psixodiagnostik metodikalarning ishonchliligi 2 xil usul bilan 
tekshiriladi: 
1-usul: ushbu metodika yordamida turli insonlardan olingan 
natijalarni taqqoslash. 
2-usul: Aynan bir xil sharoitda metodikani qo‘llash va undan 
olingan natijalarni taqqoslash. 
44. Metodikaning aniqligi nimada namoyon bo‘ladi? 
Metodikaning aniqligi – psixodiagnostik tadqiqot paytida biror 
bir xususiyatni baholashda ozgina o‘zgartirishga ham javob qaytarish 
qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Metodikaning aniqligini texnik o‘lchov 
asbob–uskunalarining aniqligi bilan o‘lchash mumkin. Masalan: 
santimertrga bo‘lingan metrdan ko‘ra millimetrga bo‘lingan chizg‘ich 
bilan aniqroq o‘lchash mumkin. 
45.
Psixodiagnostikaning kasbiy-axloqiy jihatlariga nimalar 
kiradi? 
Psixodiagnostikaning 
kasbiy-axloqiy 
jihatlariga: 
eksperementator 
shaxsiga 
qo‘yiladigan 
talablar, 
testlarning 
klassifikasiyasi, metodikalarga qo‘yiladigan talablar kiradi. 
46. Psixodiagnostikaning ijtimoiy-axloqiy talablari nimalardan 
iborat? 
Psixodiagnostikaning ijtimoiy-axloqiy talablari quyidagilardan 
iborat: 

Psixodiagnostika sirlarini saqlash. 

Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslangani. 

Sinaluvchiga ziyon yetkazmaslik. 

Xulosalarning ob’yektivligi. 

Taklif qilingan tavsiyalarning samaradorligi. 


11 
47. Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyilining mazmuni 
nimadan iborat? 
Psixodiagnostikaning 
sir 
saqlash 
tamoyilining 
mazmuni 
quyidagicha: 
Sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e’lon qilmaslik bu 
birinchi navbatda balog‘at yoshiga yetgan odamlarga taalluqlidir. 
Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga yetmagan bo‘lsa hamda 
psixodiagnostik natijalarni e’lon qilish uchun ma’naviy va huquqiy 
mas’ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati bo‘lishi shart. Faqat bazi hollarda 
ilmiy maqsadda, ya’ni eksperimental tadqiqotning bir qismi sifatida 
e’lon qilish bundan mustasno, ammo sinaluvchilarning aniq ismi-
sharflarini bayon etish tavsiya etilmaydi. 
48. Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik 
tamoyilining mazmuni nimadan iborat? 
Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida 
metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya’ni olingan 
natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin. 
49.
Ziyon yetkazmaslik tamoyili nima? 
Ziyon yetkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan 
hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar 
yetkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi. 
50. Xulosalarning ob’yektivlik tamoyili qanday mazmunga ega? 
Xulosalarning ob’yektivlik tamoyili test o‘tkazayotgan 
odamning sub’yektiv ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan 
natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‘lib, validli va 
ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi shart. 
51. Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilining 
mazmuni nimadan iborat? 
Taklif qilinayotgan qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik 
tamoyilida tavsiyalar taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. 
Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy 
holatlarni keltitib chqarmasligi kerak. 
52. Psixodiagnostik metodikalarni qo‘llovchi shaxsga qanday
talablar qo‘yiladi?
Psixodiagnostik metodikalarni qo‘llovchi shaxsga quyidagi 
talablar 
qo‘yiladi: 
nazariy 
tayyorgarlik, 
psixodiagnostik 
metodikalarning o‘tkazish shart-sharoitlarini mukammal bilish, 
metodikalarni amalyotda qo‘llay olish tajribasiga ega bo‘lish. 
53. Testlarning qanday turlari bor? 


12 
Testlarning ko‘plab turlari bor va ularni qo‘llashga qarab bir 
necha guruhga bo‘linadi: test predmetligi bo‘yicha, testlarda 
topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati, materiallar 
bo‘yicha sinaluvchiga talablar, ob’ekt bo‘yicha baholash. 
54.
Intellektual testlar qanday jarayonlarni baholashda 
qo‘llaniladi? 
Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik 
darajasi va ularni alohoda bilish jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, 
xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi. 
54.
Shaxs testlari qanday xususiyatlarni o‘rganadi? 
Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xatti-
harakatlarini aniqlash, bunga: temperament, xarakter, motivatsiya, 
emotsiya va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi. 
55.
Xususiy testlar nimani aniqlab beradi? 
Xususiy testlar yordamida, shaxsning alohida belgilari, motivlar, 
emotsiyalar, xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus nazorati, 
yutuqqa erishish motivi, tajovuzkorlik kabilar aniqlanadi. 
56.
Amaliy va obrazli testlarning mohiyati nimadan iborat? 
Amaliy testlar o‘ziga topshiriq va shakllarni qamrab oladi, bunda 
sinaluvchi aniq predmet materiallari ularni almashtiruvchi materiallar 
bilan ko‘rgazmali-harakatli reja asosida amaliy ish bajaradi. 
Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va tasavvurlar bilan 
mashqlarni o‘z ichiga oladi. 
57.
Blankali va apparaturali testlar qanday testlar? 
Blankali testlar – sinaluvchida test materiallari sifatida har xil 
shakldagi blankalardan foydalaniladi, masalan rasmlar, jadvallar va 
savolnomalar. 
Apparaturali testlar – test natijalarini qayta ishlash va ko‘rsatish 
uchun har xil turdagi apparaturalar qo‘llaniladi, masalan audio, video, 
elektron hisoblash mashinalari. 
58.
Proektiv testlar qanday holatlarda qo‘llaniladi? 
Proektiv test kishining u yoki bu psixologik sifatini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri emas, balki bavosita baholaydi. Bunday baholash kishining 
ko‘p ma’noli ob’ektlarni qanday qabul qilishi va talqin qilishining 
analizi natijasida olinadi. Bunda suratning noaniqligi, shaklsiz dog‘lar, 
tugallanmagan jumlalar kabilar kiradi. Bunday testlarga Rorshax testi, 
Tematik Appertseptiv Test (TAT)lar kiradi. Proektiv testlar 
sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini 
psixodiagnostika qilish zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi. 


13 
59.
Testlarga qanday talablar qo‘yiladi? 
Psixodiagnostik metodlar singari testlarga ham qat’iy talablar 
qo‘yiladi: 
1.
Testning ijtimoiy-madaniy adaptatsiyasi. 
2.
Test topshiriqlarining sodda tuzilganligi va bir ma’noliligi. 
3.
Test topshiriqlarini bajarishda vaqtning chegaralangani. 
4.
Ushbu test uchun me’yorlarning mavjudligi. 
60.
Test me’yorlari nima? 
Test me’yorlari – bu kishilar taraqqiyotining o‘rtacha 
ko‘rsatkichi. Har qanday me’yor, o‘lchov ham vaqti bilan o‘zgarib 
turadi, chunki ishlar davomida kishilarning ham psixologik 
taraqqiyotida ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Masalan, XX asr boshida 
inson intellekti taraqqiyotiga qo‘yilgan me’yorlar, asr oxirida 
qo‘yilgan me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydi, chunki insonlasrning 
intellekti ancha taraqqiy etgan. Har besh yilda test me’yorlari qayta 
ko‘rib chiqilishi shart. 
61.
Test tuzilishining asosiy statistik printsiplari qachon va kim 
tomonidan yoritilgan? 
Test tuzilishining asosiy statistic printsiplari 1980-yillarda 
V.S.Avanesov, 
A.Anastazi, 
V.K.Gayda, 
V.P.Zaxarovlarning 
adabiyotlarida yoritib o‘tilgan. Ammo ko‘rsatib o‘tilgan adabiyotlarda 
psixometrik testlarning asosiy muammosi, test me’yorlari to‘liq 
yoritib berilmagan. Bu 1-martda Amerikalik testolog A.Anastazining 
ishlariga taalluqlidir. 
62.
Test shkalalarining statistik tabiati deganda nimani 
tushunasiz? 
Test shkalalarining statik tabiati. Psixodiagnostikada tipik 
o‘lchov testi – bu qisqa topshiriqlarning punktlarning ketma-ketligi, 
sinaluvci tomonidan topshiriqlar bajarilishi natijasida ularning bir xil 
miqdoriy tahlil qilinishi demakdir. Masalan, alohida topshiriqlardan 
tuzilgan itelektual testlarning interpretatsya qilinishi: ”yechimi 
to‘g‘ri”, ”yechimi noto‘g‘ri”, ”javob yo‘q” (vaqt yetishmasligi sababli 
topshiriqni o‘tkazib yuborish), shaxsiy savolnomalarning tahlil 
qilinishi: sinaluvchi tomonidan ta’kidlanishi lozim bo‘lgan javoblar 
berilishi: ”tasdiqlashi”, ”inkor qilishi”, (”rozi emasman”, ”to‘q”). 
63. Psixometrikada o‘lchov muammolari va test punktlarining 
xususiyatlarining mazmunini nima tashkil etadi? 
O‘lchov ko‘rsatkichi ”etalon” hisoblanadi. Etalon bu – 
o‘lchanayotgan xususiyatga berilgan kattalikni bir maromda saqlab 


14 
turuvchi fizik obyektdir, differentsial psixomitrikada bunday fizik 
etalonlar mavjud emas. Psixometrikada etalon rolini testlarning o‘zi 
bajaradi, 
buni 
shunday 
tushuninish 
kerakki, 
topshiriqning 
murakkabligi kishi qobilyatiga to‘g‘ri proportsional kattalik deb 
qarash mumkin. Ya’ni topshiriq qancha murakkab bo‘lsa, uning 
yechimini topish uchun kishi qobilyatining darajasi shuncha yuqori 
bo‘lishi kerak. Test punktlarining kuchi va murakkabligini test 
o‘tkazish yordamidagina aiqlash mumkin. Murakkblikni aniqlash 
“foizli o‘lchov” bilan belgilanadi , test topshiriqlariga “to‘g‘ri” javob 
bergan sinaluvchilar foizi bilan aniqlanadi, ya’ni “foizi” qancha kichik 
bo‘lsa, murakkablik shuncha yuqori bo‘ladi. 
64. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar obrazli, so‘z-mantiqli
tafakkur turini baholash uchun qanday metodikalardan foydalaniladi? 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar obrazli, so‘z-mantiqli 
tafakkur turini baholash uchun ”Mantiqsiz tasvirlar” metodikasi, ”Yil 
fasllari” metodikasi, “Bu yerda nima ortiqcha” metodikasi, 
“Rasmlarda qanday predmet etishmaydi” metodikasi, “Guruhlarga 
bo‘lib ko‘r-chi” metodikalaridan foydalaniladi. 
65. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko‘rgazmali-harakatli 
tafakkur turini baholash uchun qanday metodikalardan foydalaniladi? 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko‘rgazmali-harakatli 
tafakkur turini baholash uchun “Konturlarni birlashtirish” metodikasi, 
“Labirintdan chiqish, yo‘lini top” metodikasi, “Figuralarni qirqib 
chiqish” metodikasi, “Tasvirlarni ko‘chirish” metodikasi, “Qismlardan 
rasm hosil qilish” metodikalaridan foydalaniladi. 
66. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar taraqqiyotida 
o‘yinchoqlarning qanday ahamoyati bor? 
O‘yinchoq bolaga to‘plagan tajribasini namoyon qilish, uni 
ijodiy qayta ko‘rish, yangilarini yaratish imkonini beradi. Bolaning 
o‘yinchoqlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, unda shunchalik ko‘p ijodiy 
kuchlar rivojlanadi, bola shunchalik tez tashqi muhitni o‘zlashtirib 
oladi. 
67.
O‘yinchoqlarning qanday diagnostik o‘lchovlari mavjud? 
O‘yinchoqlarning diagnostik o‘lchovlari quyidagilar: 
a)
o‘yinchoqlarni 
ko‘rganda 
bolada 
hissiy 
qo‘zg‘alish 
mavjudligi va uni ushlab ko‘rish istagi; 
b)
harakatlarning faolligi va ko‘proq ushlab ko‘rish; 
c)
o‘yinchoqni uni bajaradigan funktsiyasiga mos ravishda 
o‘ynash; 


15 
d)
o‘yin vaziyatida yangi (almashtiruvchi) elementlarning 
mavjudligi; 
e)
o‘yinning davomiyligi; 
f)
berilgan o‘yinchoqqa ehtiyojning saqlanishi. 
68. “Qismlardan rasm hosil qilish” metodikasi kim tomonidan 
taklif etilgan? 
Metodika A.N.Bernshteyn (1911) tomonidan taklif etilgan 
bo‘lib, tafakkur xususiyatlarini, rasm yaxlitligini tahlil qila olish, 
uning ba’zi qismlari ketma-ketligini o‘rnata olish qobiliyatini 
o‘rganishga mo‘ljallangan. Metodika 3-5 yoshli bolalarda o‘tkaziladi. 
68.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda shaxslararo 
munosabatlarni 
o‘rganish 
uchun 
qanday 
metodikalardan 
foydalaniladi? 
Maktabgacha 
tarbiya 
yoshidagi 
bolalarda 
shaxslararo
munosabatlarni 
o‘rganish 
uchun 
quyidagi 
metodikalardan 
foydalaniladi: “Eslab qol va rasmni qayta chiz” metodikasi, “Kerakli 
chehrani tanla” metodikasi, “Men kimman” metodikasi, “Harakatdagi 
tanlav” metodikasi, Shaxslararo munosabatlarni o‘rganish metodlari, 
“Harakatdagi tanlov” metodikasilaridan foydalaniladi. 
69.
Segen doskasi haqida nima bilasiz? 
Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E.Segen 
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bolaning shakllarni farqlash 
qobiliyatini aniqlashga, motorika xususiyatlarini o‘rganishga 
qaratilgan. 
70.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar diagnostikasida 
qanday metodikalardan foydalaniladi? 
Bunda 3 xil tipdagi metodikalardan foydalaniladi: 
1. Bola endi maktabga kirayotganda qo‘llaniladigan uslublar. 
2. Maktab ta’limiga tayyorligini va ruhiy rivojlanganligini 
baholovchi testlar. 
3. Bolaning ruhiy rivojlanishini aniqlovchi testlar. 
71. Bolalarni psixodiagnostika qilish qanday vazifalar yechimini 
ta’minlaydi? 
Bolalarni psixodiagnostika qilish quyidagi vazifalar yechimini 
ta’minlaydi: bolaning qanday rivojlanayotgani aniqlanadi, boladagi 
layoqat va qobiliyat aniqlanadi, o‘zlashtirishdan orqada qolish hamda 
noto‘g‘ri tarbiyaning sabablari aniqlanadi. 
71.
Psixodiagnostik metodikalarni qo‘llashga kirishishdan 
oldin nimalarga e’tibor berish lozim? 


16 
1.Metodika matnini diqqat bilan o‘qib, tanishib chiqish kerak. 
2. Izohlar mavjud bo‘lsa, uni o‘qish lozim. 
3. Metodikani qo‘llash uchun kerakli narsalarni tayyorlash. 
4. Metodika yordamida hech bo‘lmasa bir bolani sinov uchun 
mukammal tekshirib, natijalarni tahlil qilib ko‘rish lozim. 
72. Bolaning maktabda o‘qishga psixologik tayyorligini qanday 
metodika orqali aniqlash mumkin? 
Bolaning maktabda o‘qishga psixologik tayyorligini bilishda 
”Bolaning maktab ta’limiga munosabati” metodikasidan foydalanish 
mumkin. 
73. Diqqatni diagnostika qilishda qanday 
metodlardan 
foydalaniladi? 
Diqqatni diagnostika qilishda ”Diqqatni bo‘linishini baholash”, 
”Diqqatning ko‘chishini baholash”, ”Diqqatni hajmini aniqlash”, 
P’eron – Ruzer metodikasi, Shult jadvali bo‘yicha sonlarni izlash, 
Krepelin bo‘yicha sanash va hisoblash, Burdon korrektur sinovi kabi 
metodlardan foydalaniladi. 
74.
Shult jadvali boyicha sonlarni izlash metodikasi qanday 
psixologik jarayonni o‘rganishga qaratilgan? 
Bu 
metodikadan 
diqqatning 
ko‘chishi 
va 
bo‘linishi 
xususiyatlarini, 
sensomotor reaktsiyalar tezligini o‘rganishda 
foydalaniladi. 
75.
Xotira qanday jarayon? 
Xotira olingan materialni esda saqlab qolish, esda saqlash va 
qayta esga tushirishdan iborat jarayon. 
76.
Meyli testining mazmuni nimadan iborat? 
R.Meyli testi 1961 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, 7-14 yoshli 
bolalar va kattalarning ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganishda 
foydalaniladi. 
77. Xotirani o‘rganish metodikalari qaysi olimlar tomonidan 
ishlab chiqilgan? 
Xotirani o‘rganish metodikalari A.N.Leont’ev, A.L.Benton, 
D.Veksler, R.Meylilar tomonidan ishlab chiqilgan. 
77.
Nutqiy fantaziya metodikasi qanday metodika? 
Ushbu metodika yordamida bolalarning hayoli o‘rganiladi. 
Bolaga o‘zi xohlagan mavzuda hikoya tuzish topshirig‘i beriladi. Bola 
tuzgan hikoyasiga qarab uning hayoli o‘rganiladi. 
78.
Koss kubiklari metodikasi haqida nimalarni bilasiz? 


17 
Bu metodika 1923 yilda S.K.Kohs tomonidan taklif etilgan 
bo‘lib, fa’zoda ish tutish, diqqat, ziyraklik hamda bolalarning qurish-
yasash xususiyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan. 
79.
Klassifikatsiya metodikasining asoschisi kim va qanday 
xususiyatlarni aniqlashga qaratilgan? 
Klassifikatsiya metodikasi birinchi marta K.Goldshtein (1920) 
tomonidan taklif etilgan bo‘lib, keyinchalik L.S.Vigodskiy (1934) va 
B.G.Zeygarnik 
(1958) 
tomonidan 
o‘zgartirilgan.Metodika 
umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlari darajasini o‘rganish 
uchun qo‘llaniladi.
80.
Hikoyada tushirib qoldirilgan so‘zlarni to‘ldirish 
metodikasining mazmuni nimadan iborat? 
Bu metodika H.Ebinghaus tomonidan (1981) taklif etilgan 
bo‘lib, nutq rivojlanish xususiyatlarini, 10 yoshdan katta bolalarda 
assotsiativ jarayonlarni o‘rganishda qo‘llaniladi. 
81.
Aqlni o‘lchashning Veksler shkalasining mazmuni 
nimadan iborat? 
Aqlni o‘lchashning eng ko‘p tarqalgan metodlaridan biri 
Amerikalik psixolog va psixiatr D.Veksler (1949) tomonidan ishlab 
chiqilgan bolalar intellektini o‘lchash shkalasidir. Bu metodikaga 
1974 yilda so‘nggi marta 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni 
tekshirish uchun o‘zgartirishlar kiritildi. Shkala 11 ta sub’testdan 
iborat. 
82.
Umumiy ziyraklik sub’testining mohiyati nimadan iborat? 
Umumiy ziyraklik sub’testi iboralarning mazmunini to‘liq 
tushunishni, fikrlash qobiliyatini, ijtimoiy me’yorlarni anglashni 
baholaydi. Sub’test 14 ta savoldan iborat bo‘lib, javoblarning 
aniqligiga qarab baholanadi. 
83.
Veksler shkalasidagi verbal va noverbal sub’tetstlarni 
keltiring. 
Verbal sub’testlar: bilimdonlik, so‘z boyligi, arifmetika, 
o‘xshashini topish, tushunish, gaplar. 
Noverbal sub’testlar: hayvon uyi, rasmlarni tugatish, labirintlar, 
geometrik sxemalar, koss kubiklari.
84.
Maktab aqliy taraqqiyoti (MATT) testining mazmuni 
nimadan iborat? 
Bu metodka M.K.Akimova, E.M.Borisova, V.T.Kozlova, 
G.P.Loginova tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘smirlarning 


18 
intellektual darajasini aniqlashga mo‘ljallangan. Metodika 6 ta 
topshiriqlar to‘plamidan iborat. 
85. R. Kettell testining tuzilishi va mohiyati nimadan iborat? 
R. Kettell testi bola shaxsining asosiy xususiyatlarini ifodalovchi 
shkalani o‘z ichiga oladi. Har bir xususiyatning ijobiy va salbiy 
tomonlari 
mavjud. 
Masalan, 
aqliy 
rivojlanganlik 
– aqliy 
rivojlanmaganlik. Shkalaning eng minimal va maksimal nuqtalari 
oralig‘i o‘n balni tashkil etadi. O‘rtachasi 5,5 ball. Metadikada 11ta 
xususiyat berilgan. Ushbu xususiyatlarning 3 xil rivojlanish darajasi 
mavjud: quyi (1-3 ball), o‘rtacha (4-7 ball), yuqori (8-10 ball). 
86. “Bilimlarni egallashga intilish” metodikasi kimlar tomonidan 
tavsiya etilgan? 
Metodika E.P.Il’in va N.A.Kurdyukovalar tomonidan tavsiya 
etilgan. 
87. “Bahoga intilish” metodikasi kimlar tomonidan tavsiya 
etilgan? 
Metodika E.P.Il’in va N.A.Kurdyukovalar tomonidan tavsiya 
etilgan. 
88. Psixologik-pedagogik diagnostika nima? 
Psixologik-pedagogik diagnostika – pedagogika va pisxologiya 
fanlarining oralig‘idagi soha bo‘lib, o‘quvchi shaxsini, uning 
individual xususiyatlari, rivojlanish dinamikasi va ularga ta’sir 
qiluvchi omillarni o‘rganadi.
89. Psixologik-pedagogik diagnostika kursining asosiy vazifalari
nimalardan iborat? 
Psixologik-pedagogik diagnostika kursining asosiy vazifalari 
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
a) talabalarni psixologik-pedagogik diagnostikasining nazariy 
asoslari, yo‘nalishlari, bosqichlari va printsiplari bilan tanishtirish; 
b) diagnostika qilishning turli metodikalarini amalda qo‘llashga 
o‘rgatish;
v) o‘quvchilar psixologiyasida, xulq-atvorida yuz bergan salbiy 
o‘zgarishlarni tuzatish, ularga yordam berish usullari bilan 
qurollantirish. 
90. Psixologik-pedagogik diagnostikaning yo‘nalishlari qaysilar? 
1.
Tarbiyalanganlik darajasini diagnostika qilish. 
2.
Tashkiliy – metodik diagnostika. 
3.
Didaktik diagnostika. 
4.
Ijtimoiy – pedagogik diagnostika. 


19 
5.
Ijtimoiy psixologik-pedagogik diagnostika 
6.
Pedagogik psixodiagnostika. 
91.
 
Psixologik- pedagogik diagnostikaning asosiy tamoyillari 
qaysilar? 
Psixologik-pedagogik diagnostikaning quyidagi tamoyillarini 
ko‘rsatib o‘tish mumkin: 
1.
Diagnostika nazariyasi va metodikalarining ilmiy asoslangani.
2.
Diagnostikaning izchilligi va aniq yo‘nalgani. 
3.
Diagnostika shakl va metodlarining optimalliligi.
4.
O‘rganish ob’yekti haqida faktlarni yig‘ish, bayon qilish va 
to‘g‘ri yo‘lga solishning birligi. 
5.
Diagnostikaning ketma-ketliligi va uzluksizligi.
6.
Diagnostika metodlari va jarayonlarining qulayligi va 
ommabopligi. 
7.
Diagnostikaning har tomonlamaligiga (komplyeksliligi).
8.
Diagnostika 
o‘quvchi 
rivojlanishining 
kyelajagini, 
oqibatlarini oldindan ko‘ra olish (prognoz qilish) imkoniyatini bera 
olishi.
92. 
Tyorstoun 
intellektning 

faktorini 
keltirgan.Ular 
quyidagilar: 
1.
Fa’zoviy qobilyat. 
2.
Idrokning tezligi. 
3.
Sonli materialni o‘zlashtirish yengilligi. 
4.
So‘zlarni tushunish. 
5.
Assotsiativ xotira. 
6.
Nutqning o‘ynoqiligi. 
7.
Tushunish yoki mulohaza qilish. 
93. Pedagogning diagnostik faoliyatini nimalar tashkil etadi?
Pedagogning diagnostik faoliyatini quyidagilar tashkil etadi: 
1.
Diagnostik faoliyat ob’yekti, maqsadi va vazifalarini aniqlash. 
2.
Diagnostika 
ob’yektini 
o‘rganishning 
mezonlari 
va 
ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni belgilash. 
3.
Diagnostik faoliyat vazifasini bajarish uchun zarur bo‘lgan 
metodikalar tanlash. 
4.
Tanlangan metodikalar yordamida informatsiyalar yig‘ish 
(tadqiqot o‘tkazish). 
5.
Olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan qayta ishlash. 
6.
Pedagog diagnoz ishlab chiqish va xulosalar chiqarish. 


20 
7.
Pedagog prognoz ishlab chiqish (Kutiladigan natijalarni 
oldindan taxmin qilish). 
8.
Tuzatish va yordam berish yo‘llari, usullari va rejasini 
yaratish. 
94. O‘quvchining aqliy rivojlanish darajasini aniqlashda 
nimalarga e’tibor berish lozim? 
O‘quvchining 
aqliy 
rivojlanish 
darajasini 
aniqlashda 
quyidagilarga e’tibor berish lozim. 
a) ega bo‘lgan tafakkur jarayonlarining rivojlanganlik darajasi; 
b) tafakkurning texnik faoliyatida yuzaga chiqadigan maxsus 
xususiyatlari; 
v) o‘z faoliyatini rejalashtirishi va boshqara olishi; 
g) 
texnik 
vazifalarni 
yechishda 
muhim 
ahamiyatga 
xususiyatlarning mavjudligi. 
95. Ortiqcha predmetni olib tashlash metodikasi nimani 
o‘rganishga mo‘ljallangan? 
Bu 
metodika 
o‘quvchi 
tafakkurining 
analitik-sintetik 
xususiyatlarini, tahlil qilinayotgan materialni umumlashtira olish 
malakasining mavjudligi darajasini o‘rganishga mo‘ljallangan. 
Metodikani o‘rganish uchun maxsus ravishda tuzilgan rasmlar 
majmuasidan foydalaniladi. 
96. Ortiqcha tushunchani topish metodikasi nimani o‘rganishga 
mo‘ljallangan? 
Bu metodika yuqorida ko‘rsatilgan metodikaning verbal (so‘zlar 
yordamida ifodalanadigan) varianti bo‘lib, o‘quvchining mavhum va 
so‘z-mantiq tafakkurini, abstrakt materiallarni umumlashtira olish 
malakasini o‘rganishda qo‘llaniladi. 
97. Tushunchalarni taqqoslash metodikasi qanday metodika? 
Bu metodika o‘quvchidagi elyemyentar fikrlash ko‘nikmasining 
mavjudligini aniqlash imkonini beradigan sodda metodikadir. 
Metodika taqqoslash orqali berilayotgan berilayotgan so‘zlardagi 
o‘xshashlik va fikrlarni aniqlashga yo‘naltirilgan. O‘quvchiga bir 
qancha taqqoslash imkoniyati bor so‘zlar beriladi. So‘zlar 
majmuasining orasida taqqoslash mumkin bo‘lmagan, ya’ni umumiy 
belgiga ega bo‘lmaganlari ham qo‘shiladi. Masalan: “ko‘l-daryo”, 
“daraxt-yog‘och”, “ruchka-qalam”, “qayiq-ko‘prik”, “temir-sut”. 
O‘quvchining vazifasi berilgan so‘zlarning umumiy, o‘xshash 
tomonlarini va ular nimasi bilan bir-biridan farq qilishini ko‘rsatish.


21 
98. Murakkab analogiya metodikasi nimani aniqlashga 
qaratilgan? 
Bu metodika narsalar va hodisalar orasidagi murakkab mantiqiy 
bog‘lanishlar va munosabatlarni tushunish darajasini aniqlashga 
yo‘naltirilgan. Metodika bir-biri bilan ma’lum munosabatda bo‘lgan 
so‘zlar juftligi qo‘llaniladi. Masalan: “yorug‘lik-qorong‘ulik”, 
“qo‘rqish-qochish”, “dushman-raqib” va hoka’zolar. Barcha vazifalar 
ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruh-misol tariqasida juftliklar. 
Ikkinchi guruh esa tekshiriluvchi baholashi lozim bo‘lgan juftliklardan 
iborat, ular birinchi guruhdagi juftliklardagi munosabatlarni o‘zida aks 
ettiradi.
99. Pedagogik jarayon diagnostikasining mohiyati nimadan 
iborat? 
Ma’lum bir predmetdan dars beruvchi o‘qituvchi o‘quv 
jarayonini doimo rejalashtirib, amalga oshirib va baholab turmog‘i 
lozim. Alohida o‘quvchilarning u yoki bu predmetga bo‘lgan 
qiziqishlari, sinfdagi ta’lim olishga nisbatan shart-sharoitlar, 
yo‘nalishi, intilishlari haqidagi ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. Mana 
shu ma’lumotlar ega bo‘lmay turib diffyeryentsiallashgan pedagogik 
jarayonni tashkillashtira olmaydi. 
100. Ta’lim jarayonining individual xususiyatlari va shart-
sharoitlari diagnostikasining mazmuni nimadan iborat? 
Sinf rahbari vaqt-vaqt bilan o‘quvchilarning rivojlanganlik 
darajasini baholab turmog‘i lozim. Har o‘quv yilining oxirida 
o‘quvchilarga umumiy yozma baholar tuzib chiqadi va ularga bir 
maktabdan ikkinchisiga o‘tishda xarakteristikalar tuzadi. Bundan 
pedagog psixologning yordamiga ehtiyoj sezadi. Shuningdek, ko‘p 
sonli bolalar mavjudki, ularni rivojlanishning turli bosqichlarida 
psixologik diagnostika qilish lozim bo‘ladi. Masalan, maktabga qabul 
qilishda yoki keyingi ta’lim yo‘nalishini tanlashda va hoka’zo. 

Yüklə 230,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə