Psixologiya fanining tarixi, rivojlanishi, yo’nalishlari usullari vazifalari


Nihoyat ongning to‘rtinchi ta’rifi



Yüklə 454,38 Kb.
səhifə3/4
tarix13.10.2023
ölçüsü454,38 Kb.
#127574
1   2   3   4
1. tema Psixologiya pridmeti

Nihoyat ongning to‘rtinchi ta’rifi-uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. YA’ni «Mening o‘z muhitimga bo‘lgan munosabatim mening ongimdir». Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg‘ular olami kirib keladi. Undamurakab ob’ektiv va eng avvalo odamning o‘zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z aksini topadi. Bu o‘rinda ham boshqa ko‘pgina hollarda bo‘lgani kabi patalogiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg‘ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi: bemor bunga qadar behad sevgan onasini suymaydigan bo‘lib qoladi, yaqin kishilari to‘g‘risida zarda bilan gapiradi va xakozo.
Ongning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha o‘ziga xos xususiyatlari shakllanishi va namoyon bo‘lishining muqarrar sharti hisoblanadi. Nutq faoliyati jarayonida odam bilim hosil qiladi, kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan, tilda mustahkamlab, unga etkazgan inson tafakkuri boyliklari bilan o‘z hayotini boyitadi.Til alohida ob’ektiv sistemaki, unda ijtimoiy-tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Konkret odam tomonidan o‘zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo‘libqoladi. Til-amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo‘lgan ongdir.
«Ong» tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflarga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Psixiatrlarni bemorda ong bor yoki yo‘qligi, yo bo‘lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o‘z-o‘zini qaerdaligi to‘g‘risida o‘z shahsiy holati hamda xarakatlari haqida hisob Bera olish imkoniyatlarini tushunadilar. Ongi yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o‘zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi. O‘zini tevarak-atrofdagi muhitdan aloqada ajratib, bosh odamlarga va faoliyat vaziyatiga nisbatan tarkib topgan ma’lumotlar asosida o‘z hatti-xarakatini idora qiladi.
XX asr g‘arb psixologiyasining yana bir nufuzli yo‘nalishi - psixoanalizdir. U ko‘pincha avstriyalik psixiatr va psixolog Z.Freydning nomi bilan freydizm deb ham yuritiladi. Freydizm nuqtai nazaridan olganda, odam amalda ijtimoiy hodisa emas. Kishi xulq-atvori ikkita: «Huzur-halovat yo‘nalishi» va «Reallik yo‘nalishi» yo‘nalishlarga bo‘ysindiriladi. Psixoanalitiklar anglanilmaganlik psixik g‘o‘zo‘ovchilar bilan avval boshdanoq odamga dushman bo‘lgan ijtimoiy muhit o‘rtasidagi homiy qarama – qarshilik to‘g‘risidagi tasavvurlardan kelib chiqib, individ, bir tomondan vijdon, nomus, qo‘rquv va shu kabilar shaklida o‘z boshidan kechiradigan qatag‘onlarni yaratuvchi muhitning talablar, ikkinchi tomondan esa hukmini o‘tkazuvchi anglanilmagan mayllarning bir –birini sig‘ishtirmasligi bilan bog‘liq ichki konflikt holatga muqarrar tushadi, deb da’vo qilishgan edi. Kishi bunday vaziyatlar oqibatida vujudga kelgan tanglikdan shahvoniy g‘ayrat ijtimoiy jihatdan maqbul yo‘lgaburib yuboradigan himoya mexanizmlarini ishga solgan tarzda qutiladi. Katta yoshdagi odamning anglanilmagan holda yo‘naltiruvchi xatti-harakati, uning ilk bolalik davrida shakllangan maqsad-istagining qaramligida bo‘ladi va amalda uning butun umri bo‘yi sira o‘zgarasdan faqat ongning «senzurasi» bilan murosaa qilish zaruratidan niqoblarib qolib ketadi. Freyd psixologlarning anglanilmaganlik va psixolog himoya muammolariga, katta yoshdagi kishining xulq - atvoriga, bolalikdagi voqealarning ta’siriga va boshqalarga jalb qiladi, lekin bu muammolarni tubdan to‘g‘ri, shaxs psixologiyasini biologiyalashtirgan, shaxsning hatto ijtimoiy kuch deb ta’riflagan holda anglanilmaganlakning ongdan ustunligi va kishi xulq – atvorining shahvoniy mayllarga bo‘ysinishi to‘g‘risidagi tasavvurlardan kelib chiqib talqin etgan edi. Freyd o‘zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ma’lumotga aylantirib g‘arb mamlakatlarida katta e’tibor qozondi.Psixoanalitik asarlarning umumiy tavsifi go‘yo ichidan turib kishini idora qiladigan induktiv mayllarning boshqarilmaydigan holatdagi o‘zini eplay olmaydigan qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘yadigan qorong‘i, ongsiz kuchlar haqida Freydning ta’limoti hush keladigan jamiyatning idiologik kurashga, aylanishiga imkon yaratib beradi. Psixoanaliz—ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyalarga asoslangan psixologik ta’limot hamda psixoterapiya metodi. Psixoanaliz XIX asr oxiri XX asr boshlarida avstriyalik vrach va psixolog Z.Freyd tomonidan asab kasalliklarining umumiy nazariyasi va ularni davolash metodi sifatida ilgari surilgan. Erkin assotsiasiyametodiga asoslangan Freyd ta’limotiga ko‘ra psixo‘analizda insonni psixik hayoti tug‘ma, ongsiz mayllarga bog‘lanadi; insondagi turli ruhiy kechinmalar, amalga oshmagan istaklar butunlay yo‘qolib ketmaydi, balki ong doirasidan ongsizlik holatiga o‘tib, psixik hayotga faol ta’sir ko‘rsatadi va bu hol ko‘pincha asabiylik alomatlarida namoyon bo‘ladi, deb ko‘rsatiladi. Psixoanalizning asosiy davolash usuli instinktlarni g‘ayritabiiy yo‘l bilan qondirish yoki ularni boshqa faoliyatga ko‘chirishdan iboratdir. Psixoanaliz namoyondalari salbiy ijtimoiy hodisalarni ham «biologik » sabab bilan tushuntirishga harakat qiladilar. Psixoanliz evropada ayniqsa, birinchi jahon urushidan so‘ng keng tarqaldi.
Insondagi ruhiy kasalliklarning rivojlanishi ijtimoiy-hayotiy sharoitlarga bir jihatdan bog‘liqligi ilmiy ravishda isbotlangan.
Zigmund Freyd inson ruhiyatini tahlil qilar ekan, uning ichki qonunlari ongsizlik borasida yashirinib yotgan tomonlariga alohida e’tibor berdi. Inson borlig‘ining muhim jabhasi, ruhiy dunyosi modelini yaratdi. Olim xulosasiga binoan, bu model uch qismdan iborat bo‘lib, asosini avvalo «U»(anglab etilmagan g‘ayri shuuriylik yoki ongsizlik) tashkil etadi. Keyingi qismi esa «Men» (ong) hisoblanadi. Bu insonning ongli faoliyati bo‘lib, matematik formulalar va turli belgilar bilan ifodalanadi.
Uchinchisi «Mendan ulug‘» (shartli ravishda ijtimoiy ong deb atasa bo‘ladi) holatdir. Freyd birinchisini lotincha «Id», ikinchisini «ego», uchinchisini esa «Super ego» deb nomlaydi.Inson ichki dunyosi asosan ana shu «uchlik»dan tashkil topadi, deb tushuntiradi.
Inson ichki dunyosi, ruhiyatini mazkur uchlik vositasida o‘rganar ekan, olim «Id» ongsizlikni chopqir otga o‘xshatadi. «Men» (ego)-ong, onglilikni chavandozga o‘xshatadi. CHavandoz turli maqsadlari yo‘lida otni xohlagan tomonga yo‘naltira oladi. Biroq kuch-qudrat, energiya manbasi chavandozda emas, otda bo‘lib, u butun yumushni bajaradi. SHu tufayli olim, butun energiya, kuch-qudratning manbasi ongsizlikda deb ko‘rsatadi.
Ongsizlik nimaga kerak, bilish jarayoni uchun qanday ahamiyatga ega? Insonning bunday faoliyati xilma-xil ruhiy holatlar, jarayonlardan iborat bo‘lib, bunga uyqu, tush, intuitsiya, ongosti, ongoldi hodisalari kiradi. Ijodning vujudga kelishida ana shu jarayonlar muhim ahamiyat kasb etadi, demak, har qanday ijodning genezisi, kelib chiqishi ongsizlikdan kelib chiqadi, deydi Freyd. Bundan tashqari, «ongosti»ga ham alohida e’tibor beradi. U psixoterapevtik faoliyatda muammoning kelib chiqishini ong ostidan qidirgan va bu yuzasidan muvofaqqiyatga erishgan.
Psixika voqelikning kishi yamisidagi aksi sifatida har-xil darajalari bilan farqlanadi.
Ongsizlik kishini o‘zini tuta olmaydigan qilib qo‘yadigan ta’sirotlar bilan bog‘liq psixik jarayonlar, xarakatlar holatlar yig‘indisidir. Psixik holat (bundan shu narsa ravshanki psixika tushunchasi «ong», «ongli» tushunchalariga qaraganda kenroqdir) sifatidagi ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakti hisoblanadiki, bunda harakat vaqti va o‘rnini mo‘ljal qilish yaxlitligi yo‘qoladi, xatti-harakatning nutq yordamida boshqarilishi buziladi. Ongsizlikda, onglilikdan farqli o‘laroq, kishi o‘zi bajarayotgan xarakatlarini maqsadga muvofiq tarzda nazorat qila olmaydi, ularning natijasini baholay olishi ham amri maholdir.
Ongsizlikka quyidagi psixik hodisalarni kiritish mumkin: uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko‘rish: sezilmaydigan, lekin haqiqatdan ham ta’sir ko‘rsatadi, o‘zgartuvchilarga «subsensor» yoki «subseptiv» javob reaksiyalari oldinlari ongli harakat bo‘lib, lekin takrorlanaverib, avtomatlashib ketgan va shunga ko‘ra endilikda anglanmaydigan bo‘lib qolgan harakatlar; faoliyatga undovchi ammo maqsad hissidan anglamaydigan ayrim mayllar va hakozo. Ongsizlik hodisalarga bemor kishining psixikasida ro‘y beradigan ba’zi bir patologik hodisalarni- alahlash, ko‘ziga yo‘q narsalar ko‘rinishi va shu kabilarni ham qo‘shish mumkin. SHularga asoslanib, ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto‘g‘ri bo‘lur edi.
Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o‘ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning etarli darajada bir xil bo‘lmagan, qisman aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq holda paydo bo‘lgan.
Psixikaning miyaga nisbatan munosabatini psixikaning tevarak-atrofdagi muhitga hamda psixik faoliyatga munosabati (bular psixik moslashtirish, programmalashtirish va boshqarish yordamida amalga oshirildi) siftaida bundan keyingi o‘rganish psixikaning rivojlanishi problemasiga murojaat qilish zaruratini tug‘diradi. Psixik aks ettirish qanday paydo bo‘lganini, rivojlanganini, evolyusiya pillapoyasining turli bosqichlarida qanday o‘zgarib borganini, kishi ongi qanday paydo bo‘lgani va shakllanganini tushunib olganidagina psixikaning eng muhim qonuniyatlarni ochib beri shva jiddiy psixik faktlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.
Odamning har bir psixik jarayoni holati va xususiyati butun markaziy nerv tizimining faoliyati bilan bog‘ liqdir. Nerv hujayrasi, nerv tizimining asosiy tuzilmasi neyron deyiladi. Akson – tolasining uchi tarmoqlangan bo‘lib, u signallarni boshqa neyron yoki mushaklarga uzatadi. Dendrit- neyronning tarmoqlangan kalta o‘simtalari bo‘lib, signallarni qabul qiladi va hujayralarga impuls uzatadi.1


S inaps- aksonning signal uzatuvchi tugash qismi va ushbu signalni qabul qiluvchi dentritning tutashgan qismi. Sinaptik oraliq- akson va signal qabul qiluvchi neyron o‘rtasidagi kichik oraliq. Har bir neyronda muntazam ravishda almashinuv jarayonlari ro‘y berib, oqsillar sintezlanadi, asab impulslari to‘plangan holda o‘tkazilib turiladi.2[3]
Neyron tanasining o‘rtacha diametri 0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlarning umumiy soni esa 100 mlrd.ni tashkil etadi
Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik zahirasini joylaydi, va natijada, ko‘p miqdorda ortiqcha neyronlar hosil bo‘ladi. Ularning taxminan 70% bolaning tug‘ ilish davrigacha nobud bo‘ladi va bu jarayon tug‘ ilgandan so‘ng ham, umri bo‘yi davom etadi. Hujayralarning bunday nobud bo‘lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo‘ladi. Neyronlar o‘ta egiluvchandir. Egiluvchanlikning ma’nosi shundan iboratki, nobud bo‘lgan asab hujayralarining vazifalari ularning o‘z hayotchanligini saqlab qolgan «hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning o‘lchamlari kattalashgani hisobiga yo‘qotilgan vazifalarning o‘rni to‘ldiriladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bosh miyadagi neyronlarning 90% ga yaqini nobud bo‘lmagunicha, kasallik belgilari namoyon bo‘lmay, inson sog‘ lom ko‘rinishini saqlab qolar ekan. YA’ni, bitta tirik asab hujayrasi to‘qqizta nobud bo‘lgan hujayralarning o‘rnini bosishi mumkin ekan.
Lekin asab tizimining egiluvchanligi keksalik davrigacha zehnni tiniq holatda saqlab qolishning yagona mexanizmi emas. Tabiatning zahiradagi yana bir yo‘li – voyaga etgan sut emizuvchilarning bosh miyasida yangi asab hujayralarining hosil bo‘lishi, yoki neyrogenez hodisasi ham mavjud. Agar asab hujayralari bo‘linmaydigan bo‘lsa, yangi neyronlar qaerdan paydo bo‘ladi? Ular voyaga etgan organizmning o‘zak hujayralaridan hosil bo‘ladi.

Yüklə 454,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə