Psixologiya (oilaviy munosabatlar) m 12-23 guruhi magistranti Tajiboyev Asqatning Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi



Yüklə 29,5 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü29,5 Kb.
#124246
koprivar


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

Psixologiya (oilaviy munosabatlar) M 12-23 guruhi magistranti Tajiboyev Asqatning Respublika ilmiy-texnik konferensiyasi 



BAYONNOMASI

2023-yil 19-may kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialida “Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanning yalpi majlisi yigʻilishida respublikamizning nufuzli universitetlari professor-oʻqituvchilari oʻz ma’ruzalari va tabriklari bilan ishtirok etishdi, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori biologiya fanlari doktori, professor Davranov Qaxramon Davronovich, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Geometriya va topologiya” kafedrasi professori, f-m.f.d., professor Narmanov Abdigappar Yakubovich, Germaniyaning Leybnits qishloq xoʻjaligi landshaftini oʻrganish markazi professori biologiya fanlari doktori Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovna, Toshkent Oriental universiteti professori psixologiya fanlari doktori Umarov Baxriddin Mingboyevich, Jizzaxdagi Hindiston Sambhram universitetidan doktor Prokash Babu va boshqalar.


Kunning ikkinchi yarmida anjuman oʻz ishini quyidagi shoʻbalarda davom ettirdi: - Ta’lim tizimini takomillashtirish: dolzarb tendensiyalar va strategik yo‘nalishlar; - Biomuhandislik va biotexnologiyalar sohasida innovatsiyalar;
- Raqamli iqtisod va innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning dolzarb masalalari;
- Psixologiya, tabiiy va aniq fanlar sohasida dolzarb tadqiqotlar;
- Zamonaviy jamiyatda filologiya, tilshunoslik va didaktika;
- Zamonaviy gumanitar ta’limning dolzarb muammolari.
Ushbu shoʻbalar yigʻilishlarida respublikamiz OTMlaridan tashrif buyurgan professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar oflayn hamda onlayn tarzda oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Anjumanning maqsadi-globallashuv sharoitida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yaxshilash, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha mavjud yuqori salohiyatli ilmiy maktablar an’analari hamda ilg‘or fundamental va amaliy tadqiqotlarning natijalari bilan tanishish; mamlakatimizning intellektual nufuzini faol reklama qilish hamda izlanishlar natijasini tijoratlashtirishga yo‘naltirish; sohalardagi muhim masalalarni muhokama etish, mahalliy yosh olimlar va ixtirochilarning ilmiy salohiyatini o‘rganish, ta’lim tizimini takomillashtirish, biomuhandislik va biotexnologiyalar, raqamli iqtisod va innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, psixologiya, tabiiy va aniq fanlar, zamonaviy jamiyatda filologiya, tilshunoslik va didaktika, zamonaviy gumanitar ta’limining ilmiy asoslarini takomillashtirish va ilmiy tadkikot jarayonlarida joriy qilishning ilmiy, uslubiy va amaliy takliflarni ishlab chiqish, respublikamizda amalga oshirilgan islohotlar istikbollarini yoritishdan iborat.
Anjumanning vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy masalalari hamda ishlab chiqarish korxonalari muammolarini yechishda ilmiy asoslangan takliflar berish; ta’lim muassasalari va ilmiy tekshirish institutlarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini muvofiqlashtirish, faoliyat ko‘rsatayotgan yosh olim, katta ilmiy-xodim-izlanuvchilar, magistrant va iqtidorli hamda iste’dodli talabalarga keng imkoniyatlar yaratishdan iborat.
Yüklə 29,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə