"psixologiya"


harakat dasturi va maqsad



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/180
tarix16.02.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#100890
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

harakat dasturi va maqsad. 
Harakat dasturi maqsadga 
erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda 
tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqlashi kerak, aks holda dastur xech 
narsa bermaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va 
undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og’ir 
tarbiyaviy shartlarni qo’yadilar, bola erkinligi bo’g’iladi, u qat’iy nazorat 
muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan,
qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmaydigan bo’lib qolib, har qanday 
boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham motiv 
har doim anglangan, extiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish 
vositalari aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo’ladi.
 
Motivlarning turlari. 
O
damda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv 
bor: 
muvaffaqiyatga erishish motivi
hamda 
muvaffaqiyatsizliklardan 
qochish motivi. 
Shunday motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida 
muvaffaqiyatga erishish motivi
bo’lib, bunday nazariyaning asoschilari 


36 
amerikalik olimlar D.Maklelland, D.Atkinson va nemis olimi X. Xekxao’zenlar 
hisoblanadi. Odamlar ham u yoki bu turli faoliyatlarni kirishishda qaysi 
motivga mo’ljal qilishlariga qarab farq qiladilar. Masalan, faqat muvaffaqiyat 
motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan shunday ish boshlaydilarki,
nima qilib bo’lsa ham yutuqqa erishish ular uchun oliy maqsad bo’ladi. Ular 
hali ishni boshlamay turib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga 
oshirishsa, odamlar ularning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu 
yo’lda ular nafaqat o’z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha tashqi 
imkoniyatlar — tanish-bilishlar, mablag’ kabi omillardan ham foydalanadilar.
Boshqacha xulq-atvorni muvaffiqiyatsizlikdan qochish motiviga tayangan 
shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan farqli, ishni 
boshlashdan avval nima bo’lsa ham muvafaqiyatsizlikka duchor bo’lmaslikni 
o’ylaydilar. Shu tufayli ularda ko’proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga 
ishonmaslik, pessimizmga o’xshash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa 
kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrab, «O’zi sira omadim 
yurishmaydigan odamman-da» degan xulosaga keladilar. Agar birinchi toifali 
shaxslar bir ishni muvaffaqiyatli tugatgach, ko’tarinki ruh bilan ikkinchi ishga 
kirishishsa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunlagandan so’ng,
uning natijasidan qat’iy nazar, ruhan tushkunlikka tushadilar va og’rinish hissi 
bilan boshqa ishga kirishadilar. Bu o’rinda 
talabchanlik
degan sifatning roli 
katta. Agar muvaffaqiyatga yo’nalgan shaxslarning o’zlariga nisbatan qo’ygan 
talablari darajasi ham yuqori bo’lsa, ikkinchi toifa vakillarining talablari 
aksincha, past bo’ladi. Bunday tashqari har birimizdagi o’zimizdagi real 
qobiliyatlar to’g’risidagi tasavvurlarimiz ham ushbu motivlarning faoliyatdagi 
o’rniga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, o’zidagi qobiliyatlarga ishongan shaxs 
xattoki, mag’lubiyatga uchrasa ham, unchalik qayg’urmaydi, keyingi safar 
hammasi yaxshi bo’lishiga ishonadi. Ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan 
tanbeh yoki tanqidni ham juda katta ruhiy azob bilan qayg’urib boshdan 
kechiradi. Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg’urish sifati 
ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Shunday qilib, motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga, odamlarga va 
o’z-o’ziga munosabatlaridan kelib chiqadi va undagi xarakter xususiyatlarini 
ham belgilaydi. Ularning har birimizda real shart-sharoitlarda namoyon 
bo’lishini 
biror 
mas’uliyatli 
ish 
oldidan 
o’zimizni 
to’tishimiz 
va 
muvaffaqiyatlarga erishishimiz bilan baholasak bo’ladi. Masalan, mas’uliyatli 
imtihon topshirish jarayonini olaylik. Ba’zi talabalar imtihon oldidan juda 
qayg’uradilar, hattoki, qo’rqadilar ham. Ular uchun imtihon topshirish juda 
katta tashvishday. Boshqalar esa bu jarayonni bosiqlik bilan boshdan kechirib,
ichidan hayajonlanayotgan bo’lsalar ham, buni boshqalarga bildirmaydilar.
Yana uchinchi toifa kishilari umuman beg’am bo’lib, sira koyimaydilar. Tabiiy,
shunga muvofiq tarzda, har bir toifa vakillari ishining muvaffaqiyati va 
faoliyatning samarasi turlicha bo’ladi. Bunga har bir shaxsdagi da’vogarlik 
darajasi ham ta’sir qiladi. Da’vogarlik darajasi yuqoriroq bo’lganlar bilgan-
bilmaganini isbot qilishga urinsalar, ana shunday darajasi pastlar bor bilganini 
ham yaxshi aytib berolmay, yana o’qituvchi bilan tortishmaydilar ham.


37 
Shuning uchun ham har birimiz ijtimoiy faoliyat motivlaridan tashqari,
shaxsiy hislatlarimizni ham bilishimiz va ongli tarzda xulqimizni boshqara 
olishimiz kerak.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə