"psixologiya"



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/180
tarix16.02.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#100890
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

empatiya
— birovlarning his kechinmalarini 
tushuna olish qobiliyati rivojlangan bo’ladi. Yuksak ongli, madaniyatli,
“ko’pni ko’rgan" shaxsgina boshqalarni to’g’ri tushunishi, ularning 
mavqyeida tura olishi mumkin.
C) Muloqotning interaktiv tomoni. 
 
Muloqotning bu xususiyati kishilarning 
muloqot jarayonida birgalikdagi faoliyatda bir-birlariga amaliy jihatdan bevosita 
ta’sir etishlarinn ta’minlaydi. Shu tufayli odamlar hamkorlikda ishlash, bir-
birlariga yordam berish, bir-birlaridan o’rganish, harakatlar muvofiqligiga 
erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon etishlari mumkin. Shu tufayli 
o’qituvchi bola shaxsiga maqsadga yo’nalgan holda ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bema’ni, maqsadsiz, quruq 
gaplardan iborat bo’lmasa, doimo muloqotga kirishuvchilarning xulq-
atvorlarini, ularning ustanovkalarini o’zgartirish imkoniyatiga ega.
Jamiyat miqyosida oladigan bo’lsak, odamlarning turli sharoitlarda 
o’zlarini to’tishlari, xulq-atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik 
qonuniyatlarga bog’liqligini ko’rish mumkin. Bunga sabab jamiyatda qabul 
qilingan turli normalar, qonun-qoidalardir. Chunki, o’zaro muloqot va o’zaro 
ta’sir jarayonlarida shunday hatti-harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib 
boradiki, ularni har bir kishi norma sifatida qabul qiladi. Masalan, o’smir bola,
umuman yoshlar jamoat joylarida kattalarga o’rin bo’shatib berishlari kerakligi 
ham xulq-atvorning bir normasi. Shu normaga amal qilish yoki qilmaslik 
ijtimoiy nazorat tizimi orqali boshqariladi. Ya’ni, yuqoridagi sharoitda agar 
o’smir bola avtobusda qariyaga joy bo’shatmasa, jamoatchilik o’sha zahoti uni 
ijtimoiy tartibga chaqiradi. Demak, har bir shaxs turli sharoitlarda turlicha 


45 
rollarni bajaradi, bu rollarning qanday bajarilayotganligi, odamlarning 
ko’tishlariga mos kelishligi ijtimoiy nazorat tizimi orqali kuzatib turiladi.
Shuning uchun ham muloqotga kirishgan kishilar doimo o’z xulq-atvorlarini,
qolaversa, o’zgalarning xulq-atvorini nazorat qilib, harakatlarda bir-birlariga 
moslashadilar. Lekin gohida shaxsdagi rollarning ko’p bo’lishi rollarning 
ziddiyatiga olib kelishi mumkin. Masalan, maktab o’qituvchisining o’zi 
o’qitayotgan sinfda farzandi bo’lsa, dars paytida shunday ziddiyatni boshdan 
kechirishi mumkin, ya’ni bir vaqtning o’zida ham ota yoki ona, ham o’qituvchi 
rolini bajarishga majbur bo’ladi. Yoki xulqi yomon o’quvchining uyiga kelgan 
o’qituvchi bir vaqtning o’zida ham o’qituvchi, ham mehmon rollari o’rtasida 
qiynaladi.
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o’zaro muloqotlari ko’tishlar 
tizimi orqali boshqariladi. Masalan, xohlaydimi yoki xohlamaydimi,
o’qituvchidan ma’lum harakatlarni ko’tishadiki, ular o’qituvchi roliga zid 
bo’lmasligi kerak. O’z rollariga mos harakat qilgan, doimo me’yor mezonida 
ish tutgan kishining harakatlari odobli harakatlar deb ataladi. Masalan,
o’qituvchining odobi, o’z kasbini ustasi ekanligi, bolalar qalbini tushuna olishi,
ularning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish to’tishi 
uning odobga ega ekanligining belgisidir. Odobsiz odam esa buning aksidir.
Demak, o’zaro muloqot jarayonida bir odam ikkinchi odamga psixologik 
ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir ikkala tomondan ham anglanishi yoki anglanmasligi 
mumkin. Ya’ni, ba’zan biz nima uchun bir shaxsning bizga naqadar kuchli 
ta’sirga ega ekanligini, boshqa biri esa, aksincha, Hech qanday ta’sir kuchiga 
ega emasligini tushunib yetmaymiz. Bu esa pedagogikada muhim muammodir.
Har bir pedagogning o’z ta’sir uslublari va ta’sir kuchi bo’ladi. O’qituvchi 
shaxsining bolalarga ta’siri quyidagi eksperimentda juda yaqqol kuzatilgan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga anchagina o’yinchoqlar berib, shularning 
ichida faqat bittasiga, qizil yog’och o’yinchoqqa tegmaslik aytilgan. Bolalar 
yolg’iz qoldirilib, harakatlari pinxona kuzatilgan. Juda ko’p bolalar 
taqiqlangan o’yinchoqqa baribir tegishgan. Eksperimentning ikkinchi seriyasida 
esa endi barcha o’yinchoqqa tegish mumkin-u, faqat qizil qutichaning 
qopqog’ini ochish mumkin emas, deb aytilgan. Shu quticha tepasiga esa shu 
bolalarning o’qituvchisi surati ilib qo’yishgan. Bu seriyada birinchisiga 
qaraganda “ta’qiqni bo’zuvchilar" soni keskin kamaygan. Demak, bu narsa
o’qituvchi shaxsining bola harakatlariga ta’sirini yaqqol isbotlab turibdi.
Shaxslararo ta’sir haqida gap ketganda, o’qituvchi obro’yining roli 
haqida ham aytish lozim. Chunki, obro’li odam doimo o’sha obro’ qozongan 
guruhida o’z mavqyeiga va ta’siriga ega bo’ladi. Shaxs obro’yi uning boshqa 
shaxslarga irodaviy va emosional ta’sir ko’rsata olish qobiliyatidir. Ma’lumki,
obro’ amal yoki hayotiy tajriba bilangina orttirilmay, uning haqiqiy asosi — 
shaxsning odamlar bilan to’g’ri munosabati, undagi odamiylik xislatlarining,
boshqa ijobiy xislatlarining uyg’unlashuvidadir. Psixologik obro’ — ta’sir 
ko’rsatishning eng muhim mezonidir.


46 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə