Psixologiya yo’nalishi


Iroda va o‘zlikni anglash



Yüklə 57,3 Kb.
səhifə5/10
tarix12.06.2023
ölçüsü57,3 Kb.
#116724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ziyatova Marjona Eksperimental psixologiya

1.2. Iroda va o‘zlikni anglash


Psixologik tahlillarga qaraganda, ijtimoiy turmushda taraqqiyotni keltirib chiqaruvchi omillar va printsiplar to‘g‘risidagi ta’limotlarga nisbatan munosabatlar o‘zgarib borishi turlicha metodologik muammolarni yuzaga keltiradi. Bizningcha, har qaysi muammo taraqqiyotni amalga oshiruvchi, harakatlantiruvchi kuchning mohiyati va mazmuni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uning ijtimoiy turmushda tutgan o‘rni, biosfera bilan noosfera aloqasi, ularda batartib (tekis harakat) va betartib (xaos, xaotik) harakatlanish ehtimoli mavjudligi haqidagi mulohazalar tobora avj olib bormoqda.
Zamonaviy psixologiyada uning moddiy asoslari yuzasidan fikr yuritilganda biosfera va noosferada harakatlar batartib amalga oshadi, buning natijasida qonuniyatlar voqelik, holat va hodisalarni bevosita boshqarib, ya’ni regulyatsiya qiladi, deb tushuntiriladi. Biroq biosferada ham, noosferada ham betartib (xaos, xaotik) harakat hukm surishi mumkinligi to‘g‘risidagi omillarga, negadir e’tibor susaygan. Buning natijasida ob’ektiv va sub’ektiv sabablar oqibatni keltirib chiqarishi tan olingan, lekin oqibat sababning yuksak motivi sifatida ro‘yobga chiqishi psixologiyaning tadqiqot predmetiga, hatto kiritilmagan. Fazoviy aloqalar (psixosfera) nafaqat stixiyalarni yuzaga keltirish bilan tavsiflanadi, balki tabiatga, insoniyatga ijobiy ta’sir etuvchi zarrachalar, moddalar, nurlarni yoyish imkoniyatiga ega. Yer kurrasiga ba’zi bir kasalliklar (infark, insulbt, rak) tarqalishining bosh omili hisoblanadi, ikkinchi tomondan, miya, tana a’zolari tarkibiga mos zarrachalarning idrok maydoniga muvaqqat to‘planishi tufayli tez fikrlash, ilhomlanish vujudga kelishini dalillash mumkin bo‘ladi. Insondagi moddiy miya bilan sub’ektning idrok maydonidagi “sun’iy miya” o‘rtasida aloqa vujudga keladi. Ikkiyoqlama tutash ta’sir natijasida bilish jarayonlarining mahsuldorligi, samaradorligi ortadi. Bizningcha, xuddi shu voqelik, hodisa intuitsiyaning moddiy asosi hisoblanadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgandan idrok maydonidagi “sun’iy miya” zarrachalari havoga tarqaladi, o‘z- o‘zidan ikkinchi stimulyator o‘z funktsiyasini yakunlaydi. Mazkur psixologik hodisaning takrorlanishi ijod, ilhom kuchayishiga olib keladi, xuddi shu bois, uni tafakkur mahsuldorligi mexanizmi, deb atash mumkin.
Olamni larzaga keltirayotgan stixiyalar to‘g‘risida ham manfiy fikr bilan birga, xaotik harakatlarni ma’lum yo‘nalishda, muayyan fazoda va vaqtda muvaqqat hukm surishi ehtimolini izohlash mumkin. Ba’zi bir favquloddagi hodisalar, holatlar, kechinmalar, omadsizliklar kabi voqelikni tushuntirishda ikkiyoqlama stimulyator tarkibini dadillik, xayolparishonlik, frustratsiya, eyforiya qamrab olishi, bir tomondan, insonda quvonch tuyg‘usini, ikkinchi tomondan, omadsizlik, baxtsizlikni keltiradi. Sun’iy kuchaytirgich yoki susaytirgich ta’sirini ilmiy asosda tushuntirish umumiy psixologiya fani javob bera olmaydigan hodisalar qariyb yo‘q ekanligini bildiradi.
Psixologiyada ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi mutanosiblik taraqqiyotni belgilaydi, degan g‘oya fanning metodologik asosi sifatida bir necha yillar to‘liq tan olinib kelindi.
Bizningcha, o‘zaro muvofiqlik taraqqiyotni emas, balki barqarorlikni (stabillashuvni) keltirib chiqaradi, xolos. Binobarin, barqarorlashuv rivojlanishni bildirib kelmasdan, balki uning bir tekis, maromida kechayotganligini anglatadi.
SHuning uchun bu psixologik hodisa umumiy taraqqiyotni emas, balki mo‘lko‘lchilikni, serobchilikni bildiradi. Ikkinchi tomondan, ishchilar sinfiga berilgan yuksak ijtimoiy-psixologik baho ham taraqqiyotning harakatlantiruvchisi (ya’ni mexanizmi) to‘g‘risidagi masalaga adekvat javob bera olmaydi. Darhaqiqat, ishchilar sinfi uyushgan, ilg‘or bo‘lishiga qaramasdan, bu makro guruh ijtimoiy hayotda mo‘l-ko‘lchilikni yaratish bilan cheklangandir. Lekin bu sinf yangilikni vujudga keltirish, kashfiyot qilish bilan qariyb shug‘ullangan emas, shuning uchun qator zaifliklar guruhiy xususiyatdir. Bizningcha, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi asosiy omil - bu mikro yoki mize guruhdagi shaxslar (olimlar, salohiyatli davlat arboblari) bo‘lib, biosfera va noosferaning insoniyat uchun noma’lum, yangi qirralarini ochishga qodirdirlar. Psixologiya fanida inson omili uzluksiz ravishda ta’kidlanib kelinishiga qaramasdan, u taraqqiyotning harakatlantiruvchisi ekanligi batamom tan olinmagan. Xuddi shu boisdan individuallik va umumiylik (“Biz” va “Men” munosabati) ustuvor, birlamchi voqelik sifatida talqin qilingan, xolos.
Hozirgi davrda inson omili komil inson ta’limotining bosh maqsadiga apylangani uchun uning xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, ichki imkoniyatlari, gender farqlari, iste’dod alomatlari odamda qancha erta ro‘yobga chiqarilsa, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi super shaxslarni shakllantirish shunchalik tezlashadi. Psixolog E.G‘ozievning kontseptsiyasiga binoan, inson kamoloti quyidagi bosqichlarni bosib o‘tishi joiz: murtaklik - odam - inson - shaxs - sub’ekt - komil inson. Olimning ta’kidlashicha, murtaklik - bu embrional davr, odam (falsafiy individ), inson (qatorga qo‘shilish davri), shaxs (jismoniy, ijtimoiy, ma’naviy mezon bo‘yicha), sub’ekt (shaxsiy g‘oya, maqsadga intilish, uzluksiz motivlar kurashi xususiyat darajasida ekanligi), komil inson (jismoniy, axloqiy, aqliy yuksak ko‘rsatkichlari; o‘ta onglilik, antitsipatsiya, refleksiya; “Men” bilan “Biz”ning o‘rin almashishi qat’iyligi va boshqalar) o‘ziga xoslikka ega bo‘lgan betakror, alloma, daho zot ifodasidir. Bizningcha, inson komillik sari qancha tezkor harakat qilsa, u kamolotni shunchalik ertaroq egallaydi, natijada taraqqiyotni jadallashtirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shadi. SHuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, komillik shaxs qurshab turgan voqelikni adekvat aks ettirish imkoniyatida, faol, mustaqil faoliyatida, psixika shakllari takomillashib borishida, individuallikni namoyon etish orqali, rivojlanishdan ilgarilab ketish natijasida astasekin shakllana boradi. Ko‘p funktsiyali ijtimoiy turmushda faoliyat, muomala, xulq-atvor maqsadga muvofiq takomillashishida irodaviy sifatlar, xatti-harakatlar, irodaviy zo‘r berish hal qiluvchi psixologik ahamiyat kasb etadi.
Psixologiya fanida o‘zini o‘zi anglash bilan iroda o‘rtasidagi munosabat XX asrda ham XXI asrda ham psixologlarning diqqat markazida turgan. CHunki har ikkala umumpsixologik tushunchalar uzluksiz ravishda bir-birini taqozo qiladi, o‘zaro munosabatlar esa ikkiyoqlama tarzda amalga oshib turadi. SHuni eslash o‘rinliki, har ikkala definitsa ong bilan bevosita bog‘liq holda vujudga keladi, o‘zaro ta’sir natijasida faoliyatda, xulq-atvorda va muomala jarayonida takomillashadi. Anglanmagan hodisaga munosabat bildirish qanchalik murakkab psixologik voqelik bo‘lsa, diqqatni ob’ektga to‘plash, masala yechimini topish uchun omilkor xatti- harakatlarni tanlash ham xuddi shunday kognitiv qonuniyatlarni, mexanizmlarni, zaruriy sharoitlarni talab etadi. Ma’lumki, har xil mohiyatga, tuzilishga, negizga ega bo‘lishdan qat’i nazar insondan zo‘riqishni, jiddiylik, muammoli vaziyatni bartaraf etish strategiyasi va taktikasi ustida ijodiy fikr yuritishni maqsadga aylantiradi.
Psixologiya fanida o‘zini o‘zi anglashning psixologik mohiyatini talqin qilishda ikki xil qarash, yondashish vujudga kelgan bo‘lib, ular o‘zaro qiyoslanganda bir-biridan katta farqqa ega. Birinchi yondashuv tavsifiga qaraganda, o‘zini o‘zi anglash - bu o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan ongning aynan o‘zidir. SHuning uchun u shaxs ongining maxsus ko‘rinishidan boshqa narsa emas. Bu keng tarqalgan nazariya L.S.Vigotskiy, A.N.Leontbev, Ye.V.SHoroxova,
I. I.CHesnakova, V.V.Stolin ta’limotlarida hamda ularning shogirdlari ilmiy izlanishlarida tadqiq qilib kelingan. Mazkur muammoga ikkinchi yondashuvning asoschisi S.L.Rubinshteyn bo‘lib, keyinchalik uning shogirdi
K.A.Abulbxanova-Slavskayaning izlanishlarida ijodiy tarzda rivojlantirildi.
S.L.Rubinshteynning fikricha, ong va o‘zini o‘zi anglash jismonan real hamda haq-huquqga ega (yuridik) shaxsga taalluqli xususiyatlardan biri bo‘lib, ular uning turmushi va faoliyatini “qurol” sifatida ta’minlab turuvchi ruhiy jarayondir. Bizningcha, S.L.Rubinshteyn ta’limoti o‘zini o‘zi anglashning psixologik mohiyati yuzasidan adekvat ma’lumot berish imkoniyatiga ega. Ta’limotga asoslanib, muammoni tadqiq qilish uning ilmiy-nazariy, amaliy- tatbiqiy jihatlarini ochishga xizmat qiladi.
Birinchi yondashuv talqiniga qaraganda, o‘zini o‘zi anglash hodisasi vujudga kelishining bosh sababi - bu inson bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabat nomutanosibligi hisoblanadi. Inson muayyan jamiyatda, ijtimoiy muhitda istiqomat qilar ekan, odatda, shu muhit qonun-qoidalariga, tartib-intizomlariga rioya qilishga majbur. U ana shularning negizida faoliyatini, xulq-atvorini, shaxslararo munosabatini boshqaradi. O‘z xulq-atvorini, faoliyatini, munosabatini boshqarish ularni yuzaga keltiruvchi ehtiyoj, xohish, motiv, mayl, maqsad, qiziqish kabilarni ham idora qilishdir. Bunday mazmundagi o‘zini o‘zi anglash va uning regulyatsiyasi ehtiyojning ongdagi ifodasini ham, o‘zaro munosabatini ham tartibga solishni taqozo etadi. Hodisa paydo bo‘lishining bosh sababi ham, yo‘nalish ob’ekti ham ongdir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, ongning ichki barqarorligi, barqarorlikning ichki muvofiqligini shakllantiradi. Ushbu ta’limot namoyandalari talqinida ongning ichki barqarorligini vujudga keltiruvchi tarkiblar yuzasidan olinadigan ma’lumotlarga e’tibor qaratiladi. Bunday ma’lumotlarni shaxs o‘zlashtirgandan keyin ular mazmunan har xilligi sababli qarama-qarshilikka uchraydi. O‘zaro mutanosiblikni ta’minlash uchun odam ijtimoiy ongiga murojaat qiladi va shu yo‘l bilan ma’nolar o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. SHuning uchun L.S.Vigotskiy o‘zini o‘zi anglash har xil ma’nolar o‘rtasida birlikni vujudga keltirish jarayoni sifatida va o‘zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo‘ladi, deydi. A.N.Leontbev talqinicha, individual ongning mohiyati bilan mazmuni o‘rtasidagi ziddiyat o‘zini o‘zi anglashning sababchisidir. V.V.Stolinning uqtirishicha, o‘zini o‘zi anglashning negizida “Menlik”ning mazmunlari o‘rtasidagi ziddiyat yotadi.
B.G.Ananbevning mulohazalariga qaraganda esa, o‘zini o‘zi anglashning vujudga kelishi omili - odamning individual xususiyatini, faoliyat sub’ektliligi, shaxslilik tarkib topishidagi notekislik va geteroxronlik. Uning mulohazasicha, o‘zini o‘zi anglash ana shu uchala xususiyatni o‘zaro muvofiqlashtiradi va xuddi shu tariqa ongning individualligini ta’minlab turadi.
SHunday qilib, birinchi yondashuvda o‘zini o‘zi anglash xulq-atvor va munosabatni belgilovchi hamda idora qiluvchi mustaqil sub’ektga aylanadi. Natijada inson tadqiqot markazidan uzoqlashadi, uning o‘rnini ong va o‘zini o‘zi anglash egallaydi. Bizning farazimizcha, o‘zini o‘zi anglashni bunday tushunish uning psixologik mohiyatini to‘liq yoritishga imkon bermaydi. Ehtimol u noadekvat xulosa chiqarishga, shoshilinch qaror qabul qilishga olib keladi.
Ikkinchi yondashuv namoyandasi S.L.Rubinshteyn ruhiy faoliyatning maxsus vaziyatdagi ob’ektiv shart-sharoitlari sifatida odamlarning turmush (yashash) sharoiti yotadi, deb yozadi. Aks ettirishning sharti haqida gap ketganda, odamning turlicha namoyon bo‘lishining umumiy shartlari ichidan xuddi mana shu in’ikos etish faoliyatining maxsus shartini ajratib olishimiz zarur bo‘ladi, deb uqtiradi muallif. O‘zini o‘zi anglashning vujudga kelishini ta’minlovchi maxsus shartni aniqlash uning sub’ekti to‘g‘risidagi masalani hal qilishni, uning uchun yo‘l-yo‘riqlar, oqilona usullarga asoslanuvchi yechimni talab qiladi.
Psixologik ma’lumotlarga qaraganda, shaxs o‘zini o‘zi anglashi uchun xuddi shu o‘zini o‘zi anglashning sub’ekti bo‘lishi lozim. SHaxsda o‘zini o‘zi anglashga nisbatan ichki xohish va intilish sifatidagi ruhiy holatlar, hodisalar vujudga kelishi shart. Bu borada shunga o‘xshash ruhiy holatlarning qachon va qay yo‘sinda, qanday sharoitlarda namoyon bo‘lishini aniqlash joiz. Bizningcha, bunday masalani ko‘ndalang turishi o‘zini o‘zi anglashni tadqiq etishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Psixologik manbalar tahlilining ko‘rsatishicha, S.L.Rubinshteyn tadqiqotining muhim shartlaridan biri o‘zini o‘zi anglashning sub’ekti to‘g‘risidagi masalani hal qilish hisoblanadi. Endi sub’ekt tushunchasining ichki mazmunini yoritish uchun biz K.A.Abulbxanova- Slavskayaning (S.L.Rubinshteyn shogirdi) sub’ekt to‘g‘risidagi yangicha mulohazalariga tayangan holda tahlil qilamiz.
Muallifning fikricha, sub’ektlilik insonning u yoki bu ruhiy faoliyatidagi instantsional (lot. instantia bevosita yaqinlik) yoki substantsionalligi (lot. substantia ichki mohiyat) bo‘lmasdan, uning o‘ziga xos sifat jihatdan tashkiliy holatdir. Bunday tashkiliy holat asosida u turmushning, taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tariladi. Bunda sub’ektlilik inson kamolotini va yangi turmush tarzini vujudga keltiruvchi holat, degan ma’noni anglatadi, xolos. Inson o‘zini o‘zi anglashning sub’ekti deyilganida, uning o‘zligini, “Men”ligini aniqlashning imkoniyati va sharti bo‘lmish muayyan o‘ziga xos sifat jihatdan tashkil topganligi nazarda tutiladi. SHunday birlik bo‘yicha ularni baholashda, o‘zlikni anglashning sababi, maqsadi o‘lchamlari hamda chegaralari saqlanib qolishi mumkin. SHaxsning bu ma’nodagi sub’ektliligi o‘zini o‘zi anglashga nisbatan ichki ehtiyoj, motiv, talab, intilish sifatida mavjud bo‘ladi va uning yuzaga kelishi insonning ijtimoiy sub’ekt tariqasida tarkib topishi zaruriyati bilan belgilanadi. Sub’ektlilikda odamning ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni va yo‘li mujassamlashgan.
Sub’ektlilikda yaqqol-tarixiy davr o‘z aksini topadi. SHuning uchun uning ichki mohiyati va tashqi ko‘rinishi, ya’ni atributi mukammal mujassamlashgan bo‘ladi. Bu ma’noda o‘zini o‘zi anglashning tarixiyligi deyilganda, faqatgina o‘zlikni anglash davomida hal qilinuvchi sifatlar tarixiyligi tushunilmasdan, balki uning sub’ekti tarixiyligi ham tushunilishi lozim. Insonni o‘zini o‘zi qaysi nuqtai nazardan va intilishdan kelib chiqqan holda anglashi etnik, milliy xususiyatlarga ega. SHuning uchun ham kishini o‘zlikni anglashning sub’ekti orqali o‘zini o‘zi bog‘lash ijtimoiy-tarixiy ahamiyat kasb etadi. Inson tomonidan o‘zlikni anglash jarayoni, uning vujudga kelishi, aks etish natijasi uyg‘unligi inkor qilinmasdan, balki shaxs bilan uning o‘zini o‘zi anglashga nisbatan sub’ektivligi orasidagi aloqa inkor etiladi. Muammoga bunday munosabat mohiyatiga nisbatan bildirilmasdan, balki bu inkor shaxsning shakllanishiga taalluqliligi ko‘zga tashlanadi. Oqibatda, inson oldida o‘ziga xos bo‘lgan o‘zini o‘zi anglashni belgilab beruvchi sub’ektlilikni tiklash zarurati yuzaga keladi. Zarurat esa ichki turtki (motiv), maqsad, vazifa tariqasida rolb o‘ynaydi. Vazifani bajarish esa inson tomonidan oldingi sub’ektliligini inkor orqali amalga oshirmasdan, balki uning keyingi kamolotini belgilovchi yangi sifatni shakllantirish tarzida namoyon bo‘ladi.
Insoniy yangi sifat holati uning shaxsiy turmushdagi faolligini tahlil qilish yoki ruhiy qayta tiklanish hisoblanib, unda turmush tarzi, uning hayot kechirishi xususiyatlari aks etadi. O‘zini o‘zi anglashni, uning sub’ekti bilan bir davrda o‘rganish, bizningcha, ruhiyat bilan ijtimoiylik o‘rtasidagi munosabatlar muammosini hal qilishga qulay sharoit yaratib beradi.

Yüklə 57,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə