9
olib kelishi mumkin. Shuning uchun har bir inson uchun ichki konfliktlarning aniq sababini,
ularni bartaraf qilish yo`llarini bilish muhim hisoblanadi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o`ziga xosligi shundaki, u turli
guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o`zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi.
Ya`ni, konfliktologiya avvalo biror guruhning a`zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday
qonuniyatlarga bo`ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta`sirlari uning ongida
qanday aks topishini o`rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta`siri qay yo`sinda sodir
bo`lishi konfliktologiyada sotsializatsiya, ya`ni ijtimoiylashuv muammosibilan o`zviy bog`liq
bo`lsa, bu ta`sirlarning shaxs hatti – harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo`lishi
ijtimoiy yo`l – yo`riqlar muammosi bilan bog`liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan
fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo`lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-
atvorini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixolgiyaning asosiy vazifalaridan
biridir.
3.2.Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti sabablari va oqibatlari
Ijtimoiy normalar, sanktsiyalar va shaxs. Ijtimoiy norma – shaxs hayotida shunday
kategoriyaki, u jamiyatning o`z a`zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko`pchilik
tomonidan e`tirof etilgan harakatlar talablaridir. Masalan, o`zbeklar uchun biror xonaga kirib
kelgan insonning kim bo`lishidan qat`iy nazar, “Assalomu alaykum” deb kelishi – norma;
o`quvchining o`qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi – norma; xotinning er hurmatini
o`rniga qo`yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik –norma; avtobusda yoki boshka jamoat
transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o`rin bo`shatishi – norma va hakozo.Bu
normalarni ayrim – alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab
chiqilmaydi. Ularning paydo bo`lishi ijtimoiy tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko`pchilik tomonidan
e`tirof etilganligi fakti bilan xarakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy guruh
psixologiyada muhrlanadi.
Ijtimoiy normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo`lmish shaxs tomonidan
qay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi ijtimoiy sanktsiyalar orqali nazorat
qilinadi.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konfliktlarning oldini olish va bartaraf qilish
Ijtimoiy sanktsiyalar – normalarning shaxs xulqida namoyon bo`lishini nazorat qiluvchi
jazo va raqobatlantirish mexanizmlari bo`lib, ularning borligi tufayli biz har bir alohida
vaziyatlarda ijtimoiy xulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri ob`ektiga
aylanib qolmaslikka harakat qilamiz. Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat transportida
katta muysafid kishiga o`rin bo`shatishni norma deb qabul qilmagan o`smirga nisbatan
ko`pchilikning ayblov ko`zi bilan qarashi, yoki og`zaki tanbeh berishi, juda kam hollarda o`zini
10
bebosh tutayotgan o`smirning qo`lidan tutib, nima qilish kerakligini zrgatib, “ko`zini moshday
qilib ochib qo`yish” ijtimoiy sanktsiyaning hayotdagi bir ko`rinishidir.
Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy
normalar va sanktsiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarishi mobaynida xulqida namoyon
etadi. Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi xuquq
va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. Masalan, talaba rolini oladigan bo`lsak, uni
bajarish – u yoki bu oliy o`quv yurtida taxsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish,
kutubxonaiga a`zo bo`lish, stipendiya olib, ma`muriyatning ijtimoiy himoyasida bo`lish kabi
qator huquqlar bilan birgalikda o`sha oliygoh ichki tartib – intizomi normalariga so`zsiz
bo`ysunish, darslarga o`z vaqtida kelish, reyting baholov talablari doirasida kundalik
o`zlashtirish normalarini bajarish, muzokaraotda bo`lish, dekanatning bergan jamoatchilik
topshiriqlarini ham bajarish kabi qator burchlarni ham o`z ichiga oladi. Bu rol uning uyga
borgach bajaradigan “farzandlik” roli (ota va ona, yaqin qarindoshlar oldida) talab va
imtiyozlaridan farq qiladi. Ya`ni, konkret shaxsning o`ziga xosligi va qaytarilmasligi u
bajaradigan turli-tuman ijtimoiy rollarning xarakteridan kelib chiqadi. Shunga ko`ra, kimdir
“tartibli, ba`mani, fozil, ahloqli va odobli” deyilsa, kimdir – be`mani, bebosh, o`zgaruvchan,
ikkiyuzlamachi (ya`ni, bir sharoitda juda qobil, boshqa erda – betartib) degan hayotiy mavqega
ega bo`lib qoladi.
Nazorat savollari
1.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konfliktlar qanday?
2. Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikt ko`rinishlari qanday?
4.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konflikti sabablari haqida
5.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konfliktlar oqibatlari haqida.
6.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konfliktlarning oldini olish yo`llari.
7.
Shaxsning o`z-o`zi bilan yuzaga keladigan konfliktlarni bartaraf qilish yo`llari.
Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar
1. Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. Konfliktologiya: Uchebnik dlya vuzov. - M.: YuNITI,
1999. - Razd. I, III.
2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III.
3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1.