Psixologiyaliq konfliktologiya uzb



Yüklə 211,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix01.11.2017
ölçüsü211,13 Kb.
#7661
1   2   3   4   5   6   7   8

 

15 


Katta  guruhlar  kishilarning  shunday  birlashmalariki,  undagi  odamlar  soni  ko`pchilikni 

tashkil etib, ma`lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional belgilar ularning shu guruhga mansubligini  

ta`minlaydi.  Katta  guruhlarni  tashkil  etuvchilar  ko`p  sonli  bo`lganligi  va  ular  xulq-atvorini 

belgilovchi  mexanizmlarning  o`ziga  xosligi  tufayli  bo`lsa  kerak,  olimlar  ko`pincha  kichik 

guruhlarda ish olib borishni afzal ko`radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini 

bilish  juda  katta  tarbiyaviy  va  siyosiy  –  mafkuraviy  ahamiyatga    ega.  Bu  sohadagi 

tadqiqotlarning  kamligi  bir  tomondan,  aytib  o`tilganidek  ko`pchilikni  qamrab    olishda 

qiyinchiliklar  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan,  katta  guruhlar    psixologiyasini  o`rganishga  qaratilgan 

metodik ishlar zahirasining kamligidir.  

Psixologiyada  katta  guruhlar  ichida  etnik  guruhlar  psixologiyasi,  ya`ni  etnopsixologiya 

bo`yicha  ko`proq  tadqiqotlar  o`tkazildi.  Ayniqsa,  hozirgi  davrda    har  bir  jumhuriyatlar  alohida, 

mustaqil  davlat  mavqen  olgan,  lekin  boshqa  tomondan  qaraganda,  hamdo`stlik  mamlakatlari 

ittifoqi  sharoitida  millat  o`rtasida  muttasil  aloqalar  mavjudligidan  kelib  chiqib,  milliy 

psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida quyilmoqda. 

Kichik  guruhlar  muammosi  psixologiyada  eng  yaxshi  ishlangan  va  ko`plab  ilmiy 

tadqiqotlar  o`tkazilgan  ob`ektlardandir.  Bu  muammoni  tadqiq    etishda  olimlar  o`z  oldiga 

shunday  masalani  qo`yganlar,  ya`ni,  individ  yakka  holda  yaxshi  ishlaydimi  yoki  guruhda 

yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo`lishi uning faoliyatiga  qanday ta`sir 

ko`rsatadi.  Shuni ta`kidlash lozimki,bunday sharoitlarda individlarning o`zaro hamkorligi emas, 

balki  ularning  bir  vaqtda  bir  erda  birga  bulganligi  faktining  ta`siri  o`rganiladi.  Olingan   

ma`lumotlar shuni ko`rsatdiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo`lgan individ faoliyatining tezligi 

oshadi.  Lekin  harakatlar  sifati  ancha  pasayishi  aniqlandi.    Bu  psixologik  hodisa  psixologiyada 

ijimoy  fastsilitatsiya  nomini  oldi.  Uning  mohyati  shundan  iborat  ediki,  individning  faoliyat 

mahsllariga uning yonida bo`lgan boshqa individlarning bevosita ta`siri bo`lib,  bu ta`sir avvalo 

sensor kuchayishlar hamda ish harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo`ladi.  Lekin 

ayrim  eksperimentlarda  teskari  effekt  ham  kuzatildi,  ya`ni  boshqalar  ta`sirida  individ 

reaktsiyalaridagi  tormozlanish  faoliyatining  susayishi  holatlari,  bu  narsa  fanda  ingibitsiya  deb 

ataladi.  



5.3.Guruhiy konfliktlarning asosiy ko`rinishlari 

Kichik guruhlarga xos qonuniyatlar quyidagicha: 

Birinchidan,  kichik  guruhlarning  hajmi      uni  tashkil  etuvchi  shaxslar  soni  xususida 

shunday  fikrga  kelindiki,  kichik  guruh  “diada”  ikki  kishidan  tortib  to  maktab  sharoitida  30-40 

kishigacha deb qabul qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda avvalo oila, yangii shakklangan oila 

ko`proq  nazarda  tutiladi.  Lekin  samarali  o`zaro  ta`sir  nazarda  tutilganda    7-  2  kishi  kuzlanadi. 




 

16 


Bunday  guruh  turli  ijimoiy  psixologik  tadqiqotlar  uchun  ham  sotsial  psixologik  treninglar 

o`tkazish uchun ham qulay hisoblanadi. 

Ikkinchidan, guruhning o`lchami qanchalik katta bo`lsa uning   alohida olingan shaxslar 

uchun  qadrsizlanib  borish  havfi  kuchayadi.  Ya`ni  shaxsning  ko`pchilikdan  iborat  guruhdan 

o`zini tortish va uning normalarini bo`zishga moyilligi ortib boradi. 

Uchinchidan,  guruhninghajmi  kichiklashib  borgan  sari  shaxslararo  o`zaro  munosabatlar 

taranglashib  boradi.  Chunki  shaxslarning  bir-birlari  oldida  mas`uliyatlarining  oshishi  va 

yaqindan  bilishlari  ularning  o`rtasidagi  aloqalarda  doio  aniqlik  bo`lishini  talab  qiladi. 

Munosabatlardagi  har  qanday 

disbalanslar, 

ya`ni  nomutanosibliklar  ochiq  holdagi 

ziddiyatlarnikeltirib chiqaradi. 

To`rtinchidan,  agar  guruh  a`zolarining  soni  toq  bo`lsa  ular  o`rtasidagi  o`zaro 

munosabatlar  juft  bo`lgan  holdagidan  ancha  yaxshi  bo`ladi.  Shundan  bo`lsa  kerak,  boshqaruv 

psixologiyasida  odamlarni  biror  nimaga  saylashda  va  umuman  rasmiy  tanlovlarda  guruhdagi 

odamlar soni toq qilib olinadi. 

Beshinchidan, shaxsning guruh taz`iqiga berilishi va bo`ysinishi ham guruh a`zolarining 

soniga bog`liq. Guruh soni 4-5 kishi bo`lgunga qadar uning ta`siri kuchayib boradi. Lekin undan 

ortib ketgach, ta`sirchanlik kamayib boradi.  

Nazorat savollari 

1.

 



Guruhiy konfliktlar haqida aytib Bering. 

2.

 



Guruhiy konfliktning yuzaga kelish mexanizmlari qanday? 

3.

 



Guruhiy konfliktlarning asosiy ko`rinishlari haqida. 

4.

 



«Shaxs-guruh» konflikti qanday kechadi? 

5.

 



«Guruh-guruh» konflikti qanday kechadi? 

Mavzuni chuqur o`rganish uchun manbalar 

 

1.  Antsupov  A.  Ya.,  Shipilov  A.  I.  Konfliktologiya:  Uchebnik  dlya  vuzov.  -  M.:  YuNITI, 



1999. - Razd. I, III. 

2. Zdravomislov A. G. Sotsiologiya konflikta.M.: Aspekt Progress, 1996. - Gl. I, II, III. 

3. Konfliktologiya / Pod red. A. S. Karmina. — SPb.: Lan`, 1999. — Gl.1. 

 

 



 

17 


6-ma`ruza 

 

6-Mavzu: Konfliktning oldini olish 



Reja: 

1 .Konfliktning oldini olish usullari va profilaktik faoliyat 

2. Shaxsiy konfliktlar muommasi 

3.Hozirgi zamon menejmenti 



 

Tayanch tushunchalar: 

Konfliktning oldini olish usullari, profilaktik faoliyat, shaxsiy konfliktlar muommasi, hozirgi 

zamon menejmentida konfliktlar muammosi. 

 

6.1.Konfliktning oldini olish usullari va profilaktik faoliyat 

Konfliktning  oldini  olishda  boshqaruvchining  faoliyati  muhim  rol  o`ynaydi,  u  har  doim 

paydo  bo`lgan  konfliktlarning  echimini  izlashga  tushadi.  Albatta  bularning  ko`pchiligi  o`z 

vaqtida  kelishmovchiliklarning  oldini  olishga  qodir.  Aynan  boshqarish  madaniyati  ham  anna 

shunda, ya`ni konfliktlarni oldindan ko`ra bilish, ularni paydo bo`lmasdan oldin yo`q qilish. 

Konfliktlarga munosabat. 

Konfliktlarga  boshqaruvchining  munosabati  birdek  bo`lishi  mumkin  bo`lmasligi  kerak. 

Konfliktsiz  echimini  topib  bo`lmaydigan  masalarga  duch  kelganda  boshqaruvchi  qochib 

qolmasligi kerak. 

Ijtimoiy ta`sirlarning shaxs tomonidan anglanishi.  

Ijtimoiy  normalar,  sanktsiyalar,  rollar  ijtimoiy  mexanizmlar  sifatida  shaxs  xulq-atvorini 

ma`lum ma`noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, 

uning  ahloq  –  ijtimoiy  normalar  doirasidagi  maqbul  harakati  uning  o`ziga  ham  bog`liqdir. 

Odamning o`z – o`zini anglashi, bilishi va o`z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, ongi bevosita 

o`ziga,  o`z  ichki  imkoniyatlari,  qobiliyatlari,  hissiy  kechinmalariga  qaratilishini  taqozo  etadi. 

Ya`ni,  ijtimoiy  xulq  –  shaxs  tomonidan  uni  o`rab  turgan  odamlar,  ularning  xulq  –  atvorlari 

e`tibor berishdan tashqari, o`zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda 

tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi.  

Shaxsning o`zi, o`z xulq – atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan 

hosil  bo`lgan  obraz  –  “Men”  –  obrazi  deb  atalib,  uning  qanchalik  adekvatligi  va  reallikka 

yaqinligi shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. 

“Men”  –  obrazining  ijtimoiy  psixologik  ahamiyati  shundaki,  u  shaxs  tarbiyasining  va 

tarbiyalanganligining  muhim  omillaridan  hisoblanadi.  Shu  nuqtai  nazardan  olib  qaralganda, 

tarbiya shaxsning o`zi va o`z sifatlari to`g`risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb 

ta`rif  berish  mumkin.  Demak,  har  bir  inson  o`zini,  o`zligini  qanchalik  aniq  va  to`g`ri  bilsa, 

tasavvur  qilolsa,uning  jamiyat  normalariga  zidharakat  qilish  ehtimoli  ham  shunchalik  kam 

buladi, ya`ni u tarbiyalangan bo`ladi. 




Yüklə 211,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə