Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Hozirgi zamon ta’limi: kognitiv-oriyentirovkadan shaxsiy



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

20.6. Hozirgi zamon ta’limi: kognitiv-oriyentirovkadan shaxsiy
oriyentirovkali ta’lim paradigmalari
Ta’limda individual yondashuv deganda har bir o‘quvchi in­
dividual, boshqalarga bogliq bolmagan holda o‘qitiladi, degan
466


ma’noni bildirmaydi. Ta’limni individuallashtirishning ma’nosi 
shuki, u o‘quvchining individual-psixologik xususiyatlariga taya- 
nadi, ana shu xususiyatlami hisobga olgan holda quriladi. Sinf 
rivojlanishi va tayyorgarlik darajasi bir xil bo‘lmagan, o‘zlash- 
tirishi turlicha va o'qishga munosabati har xil bo‘lgan o‘quvchi- 
lardan tashkil topadi. 0 ‘qituvchi an’anaviy tashkil etilgan ta’lim 
jarayonida hammaga bir xil holda baravar e’tibor qarata olmay- 
di. Shuning uchun u ta’limni o‘rtacha darajaga - o‘rtacha rivoj- 
lanishga, o‘rtacha tayyorgarlikka, o‘rtacha o‘zlashtirishga tatbiq 
qilgan holda olib borishga majbur boladi. Boshqacha aytganda, u 
ta’limni qandaydir afsonaviy «o‘rta» o‘quvchini ko‘zda tutgan hol­
da tashkil etadi. Bu narsa shunga olib keladiki, «kuchli» 
0
‘quvchi- 
lar sun’iy ravishda o‘z rivojlanishida ushlab turiladi. Bunday holda 
0
‘quvchilarning o‘qishga qiziqishlari qolmaydi, chunki o‘qish ular- 
da ko‘p aqliy kuch sarflashni talab qilmaydi. «Kuchsiz» 
0
‘quvchi- 
lar esa surunkasiga orqada qolishga mubtalo bolganlar, ular ham 
o‘qishga qiziqmay qo‘yadilar, chunki o‘qish ulardan ko‘proq aqliy 
kuch sarflashni talab qiladi. « 0 ‘rtacha» darajaga kiruvchilar ham 
juda har xil boladilar, qiziqish va mayllari turlicha, idrok, xoti­
ra, xayol va tafakkur xususiyatlari xilma-xil boladi. Bir o‘quvchi 
ko‘rgazmali obrazlar va tasavvurlarga asosli ravishda tayanmogl 
zarur, ikkinchisi bunga kamroq ehtiyoj sezadi; biri sekin fikrlaydi, 
ikkinchisining aqliy moljali nisbatan tezligi bilan ajralib turadi; bi­
ri tez esda olib qolsa-da, mustahkam emas; ikkinchisi — sekin es­
da olib qolsa-da, ko‘p narsani yodida saqlaydi; biri uyushgan hol­
da ishlashga o‘rgangan, boshqasi kayfiyatiga qarab, asabiylashib va 
notekis ishlaydi; biri astoydil, ikkinchisi majburan shug‘ullanadi.
Ta’limni individuallashtirish tamoyili o‘qitishda 
0
‘quvchi- 
larning real tiplariga tayanish zarurligiga asoslanadi. Bu tamo- 
yilni programmalashtirilgan ta’lim juda yaxshi amalga oshira- 
di. 0 ‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari ta’limning 
ayrim metodlari va usullarini tanlash hamda qollanish vaqtida, 
uyga berilgan topshiriqlarni qismlarga bolishda, sinf va nazorat 
ishlarining variantlarini aniqlashda hisobga olinadi.
467


Sinf bilan olib boriladigan ishni ayrim o‘quvchilar bilan olib 
boriladigan individual ish bilan birga qo‘shish mumkin. Shu bi­
lan birga dasturning xuddi shu masalalarini o‘quvchilar qanday 
tayyorgarlik ko‘rganliklari, individual moyilliklari, qiziqish va qo- 
biliyatlari hamda individual ish sur’atlariga qarab turlicha tolalik 
va teranlik bilan, har kim darsda optimal darajada band boladi- 
gan qilib o‘rganadilar.
Ta’lim metodlari turlicha bo‘lishi, o‘quvchining individual 
xususiyatlariga qarab o'zgartirilishi kerak. Lekin bu 40 o‘quvchi 
bor bolgan sinfda 40 xil individual yondashishni, ta’lim meto- 
dikasining 40 xil individual variantini amalga oshirish zarur de­
gan ma’noni anglatmaydi. Odatdagi maktab ta’lim sharoitida 
bunday haddan tashqari individuallashtirish mumkin ham emas, 
kerak ham emas. 0 ‘quvchilarning fikrlash faoliyatining asosiy 
tiplarini hisobga olish kifoya.
Ta’limda individual yondashish kamchiliklarga barham berish- 
nigina emas, balki o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish, o‘qishga 
to‘g‘ri mimosabatda bo‘lishni, bilishga oid qiziqishlarni tarkib top- 
tirish ishlarini olib borishni ham anglatadi. 0 ‘qishga salbiy muno­
sabatda bolish hollarida bunday munosabatni keltirib chiqargan 
sabablarga qarab, tarbiyaviy chora-tadbirlar ko‘rish kerak boladi. 
Bunday sabablar orasida o'qituvchi bilan bolgan kelishmovchi- 
lik, o‘quvchi duch kelgan qiyinchiliklar, bilimdagi nuqsonlar, o‘z 
kuchiga ishonmaslik va hokazolar bolishi mumkin.
Rus psixologlari yakdillik bilan: barcha bolalar o‘qishga qo- 
biliyatlidirlar, har bir normal va psixik jihatdan soglom o‘quvchi 
o‘rta ma’lumot olishga qodirdir. Maktab o‘quvchilari davlat 
ta’lim standartlari doirasida o‘quv materialini ma’lum darajada 
muvaffaqiyatli egallashga qodirdir, binobarin o‘qituvchi hamma 
o‘quvchilarning ham shunday bolishiga erishmogl lozim, degan 
nuqtayi nazarda turadilar. Lekin bundan hamma o'quvchilarga 
ham ta’lim berish bir xilda oson, deb aslo o‘ylab bolmaydi. Har 
qanday ta’lim metodikasi sharoitida, bu ta’lim juda yaxshi tashkil 
etilgan sharoitda bir xil o‘quvchilar yaxshiroq harakat qilib, bosh-
468


qalardan ko‘ra yuqori natijalarga erishadilar. Bir o‘quvchi alohi­
da ko‘p kuch va mehnat sarf qilmasdan nisbatan qisqa muddat 
ichida yuksak natijalarni, katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritadi, 
boshqa o£quvchi bolsa qanchalik intilmasin va harakat qilmasin, 
o‘sha darajaga shunchalik tez va osonlikcha kolarila olmaydi.
Bugungi kunda hech kim: «Yomon o‘quvchilar yo‘q, yomon 
o‘qituvchilar bor» degan formulani hech so‘zsiz qabul qilavermay- 
di, o‘quvchilarning o‘zlashtirmasligida hech kim o‘qituvchilarni 
yoppasiga ayblab o‘tirmaydi. Albatta, ta’limning muvaffaqiyatli 
bolishi bilimlar, ko‘nikma va malakalarning juda yuqori darajasi 
asosan ta’limning mazmuni bilan, ta’lim metodikasining takomil- 
lashuvi, o‘qituvchining mahorati bilan ta’min etiladi, lekin ham- 
ma narsa faqat ana shunga bogliq deb o‘ylab bolmaydi. Muvaffa- 
qiyat ichki shart-sharoitlarga — 
0
‘quvchining individual-psixologik 
xususiyatlariga ham bogliqdir. Har gal teng sharoitlarda bir xil 
mashqlar, bir xil ta’lim metodikasi g‘oyat har xil natijalar beradi, 
bunda 
0
‘quvchilarning turli xususiyatlari haqida gapirish mumkin.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə