Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

2. 
V.VDavidov nazariyasi.
Ushbu nazariya mazmunini kichik 
maktab yoshidagi o‘quvchilarning ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishi 
tashkil qiladi. Ushbu nazariyaga ko‘ra ta’lim jarayonida o'quvchilar
464


tomonidan nazariy tushunchalar tizimi o‘zlashtirilishi lozim bo‘lib, 
bu o‘z o‘rnida xususiydan umumiy bilimlarga o‘tilishni ta’minlaydi.
VY.Davidovning ta’kidlashicha, o‘quv materialini induk- 
tiv usul bilan bayon etish, o‘quvchilarda fikrlash jarayonining 
faqat bir tomonini ya’ni, konkretdan mavhumlashtirishga tomon 
yo‘nalgan mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan. Bunday 
mantiq natijasida bola tafakkuri bir tomonlama rivojlanadi, ilmiy 
tushunchalar va qoidalar bir tomonlama o‘zlashtiriladi.
3. 
Qator nazariyalar muammoli ta’lim bilan bogliq bo‘lib, 
L.V.Zankov va A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tad­
qiqotlar ta’limda muammoli darslarni tashkil etishga qaratilgandir.
Ta’limning psixologik asoslari muammosi ko‘pgina masalalarni 
qamrab oladi. Ta’limning muvaffaqiyati qator psixologik omillar- 
ga bogliq boladi. Asosiy omillardan biri o‘quvchining o‘qish- 
ga bolgan munosabatidir. Bu munosabat o‘quvchining diqqati, 
his-tuyg‘ulari, qiziqishlari va irodasida, shuningdek, shaxsning 
tutgan yolida namoyon boladi.
Ta’lim jarayoni avvalo o‘quvchilar diqqatini rivojlantirish- 
ni talab etadi. Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot tex- 
nologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchining diqqa­
tini rivojlantiradigan omillardan hisoblanadi. Ta’lim jarayonida 
ta’lim beruvchining vazifasi darsda o‘quvchilarning faolligini yu­
zaga keltirishgina emas, balki 
0
‘quvchilarning darsda o‘tiladi- 
gan materialni idrok etishga tayyor turishlarini kuzatish hamdir. 
Dars jarayonida 
0
‘quvchilarning diqqati o‘zgarib turadi. 0 ‘qitish 
jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish, o‘quvchilar diqqati­
ni materialning asosiy jihatlariga hamda o‘zlashtirilgan material­
ni takrorlashga jalb etish kerak.
Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi to­
monidan beriladigan ko‘rsatmalarga ham bogliq. 0 ‘qituvchining 
roli shundan iboratki, u o‘quvchilarda tegishli ustanovkani hosil 
qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda olib qolish ke­
rakligini, nimani esda olib qolmasdan, faqat tushunib olish ki- 
foya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolish kerakligini,
465


Ong va faoliyat birligining psixologiyada qabul qilingan ta- 
moyili ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, lekin 
ular bir-biriga aynan o‘xshash ham emas, ammo birlikni tash­
kil etishini bildiradi. Ong faoliyatning ichki rejasini, uning pro- 
grammasini tashkil etadi. Voqelikning o‘zgaruvchan modeli ay­
nan ongda hosil boladiki, odam o‘zini qurshab turgan muhitda 
shuning yordamida mo‘ljal oladi.
Ong va faoliyatning birligi tamoyili psixologlarga xulq-atvorni, 
faoliyatni o‘rganayotib, harakatning maqsadlariga erishishning mu- 
vaffaqiyatini ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmlarni aniqlash, 
ya’ni psixikaning obyektiv qonuniyatlarini ochish imkonini berdi.
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili shuni 
anglatadiki, psixika agar faoliyat samarasi va rivojlanish mahsuli 
sifatida qaraladigan bolsagina, u to‘g‘ri tushunilishi va aynan bir 
xil tarzda izohlab berilishi mumkin. Bu tamoyil psixologlardan 
P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, 
B.M.Teplov va boshqalarning ilmiy ishlarida o‘z aksini topdi.
XIX asrning o‘rtalarida ilmiy fikrlar taraqqiyotida rivojlanish 
tamoyilining keng tarqalganligini kuzatish mumkin. G.Gegel 
bilishni dialektik metodlarining asosiy holatlarini bayon etib, 
o‘rganilayotgan hodisalarga rivojlanish va tarixiylik tamoyili 
nuqtayi nazaridan yondashib, o‘z nuqtayi nazarini psixologiya- 
ga ham tatbiq etdi. Uning ta’kidlashicha, psixikani ruhiy hayot­
ning alohida hodisalari va faktlari majmuasi sifatida emas, balki 
ma’lum qonuniyatlarga bo'ysunadigan rivojlanishni bir butun ja­
rayon sifatida o‘rganish lozim. Dialektik metod nuqtayi nazaridan 
psixik rivojlanishni o‘rganish turli yosh bosqichlarida psixikaning 
o‘ziga xosligini hisobga olishni talab etadi.
Psixikaning taraqqiyotini dialektik nuqtayi nazardan tushu- 
nish psixik taraqqiyot odamning mehnat faoliyatiga, ta’lim- 
ga, o‘yin faoliyatiga bogliq ekanligini aniqlab berdi. Bunda ij­
timoiy tajribani o‘zlashtirishning yuz berishi odam uchun aynan 
xos bolgan psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi. 
L.S.Vigotskiy ta’lim psixikaning rivojlanishini yo‘naltiradi, degan
462


fikrni aytib, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, 
mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi, deb ta’kidlaydi.
P.P.Blonskiy tafakkurning kichik maktab yoshida o‘yinlar bi­
lan, o‘spirinlik yoshida o‘qish bilan bogliq tarzda rivojlanishini 
tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn ong faoliyatda paydo bolib, ana shu 
faoliyatda shakllanadi, deb yozgan edi. B.M.Teplov odamning eng 
muhim individual-psixologik fazilatlaridan bolgan qobiliyatni 
tadqiq qilarkan, qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bolgan, deb 
ta’kidlaydi. Lekin rivojlanish faoliyat jarayonidan bolak boshqa­
cha muhitda yuz bermaganidek, «qobiliyat tegishli konkret faoli- 
yatdan ajralgan holda paydo b o la olmaydi».
Gumanizm tamoyili pedagogikada 60-yillarda paydo bolgan 
bolib, bolalarga e’tibor va muhabbat bilan munosabatda bolish- 
ni anglatadi. Tarbiyaviy ta’sir tarbiyachining bola shaxsini ta’qib 
qilish va jazolashga emas, balki aqliy va axloqiy ustunligiga asos- 
lanishi lozim. Bolalar qo‘rqqani uchun emas, hurmat qilgani 
uchun jim o‘tirishsin. Gumanistik tamoyillarga asoslangan mu­
nosabatlar tizimi tarbiyachidan o‘z ustida ishlashni, o‘z tarbi- 
yachilarini chuqur o‘rganishni va ularning har biriga individual 
yondashuvni talab etadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə