Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Pedagogik baho psixologiyasi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Pedagogik baho psixologiyasi. 
Bolalar ta’limi va tarbiyasi- 
ning muvaffaqiyati motivatsiyaga, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun stimullar mavjud- 
ligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Bolalar ta’limi va tarbiya- 
sida namoyon bo‘ladigan motivlar va qiziqishlar rag‘batlantirish 
va jazolash tizimiga olib keladi. Rag‘batlantirish ijobiy xislatlarni 
vujudga keltirsa, jazolash salbiy xislatlarning paydo bo‘lishiga 
to‘sqinlik qiladi. Bunday holat rag'batlantirish va jazolash to‘g‘ri 
amalga oshirilgan taqdirdagina amalga oshadi.
Baho o‘zida rag'batlantirish va jazolashni birlashtirgan pe­
dagogik stimul hisoblanadi: yaxshi baho rag‘batlantiradi, yomon 
baho jazolash uchun xizmat qiladi. Shuni esda tutish lozim-ki, eng 
quyi baho ham, eng yuqori baho ham undovchi vazifani bajarmay- 
di. Masalan, muvaffaqiyatga undovchi eng yaxshi stimul 5 emas, 4 
baho, 2, 1 emas, 3 baho hisoblanadi. 5 baho olgan o‘quvchi yanada 
yaxshiroq o'qishga harakat qilmay qo'yadi. Ijobiy yoki salbiy baho- 
ni doimiy qo‘yish ham undovchi funksiyasini yo‘qotadi.
491


Predmetga qaratilgan baholar bolaning shaxsiga emas, u bajar- 
gan ish uchun qo‘yiladi. Bunda subyekt emas, faoliyatning maz- 
muni, predmeti, jarayoni, natijasi baholanadi. Shaxsiy pedagogik 
baholar, aksincha, faoliyat subyektiga tegishli bo‘ladi, faoliyatda 
namoyon bo‘ladigan shaxsning individual xislatlari, uning inti- 
lishlari, ko‘nikmalari baholanadi.
Moddiy pedagogik baholar bolalarni o‘quv-tarbiya ishidagi 
muvafaqqiyatlari uchun turli usullar bilan moddiy rag‘batlanti- 
rishni nazarda tutadi. Moddiy stimul sifatida bolalar uchun pul, 
qiziqarli narsalar va boshqa ularning moddiy ehtiyojlarini qondi- 
ruvchi narsalardan foydalanilishi mumkin. Ma’naviy pedagogik 
baho maqtov yoki faxriy yorliqni o‘z ichiga olib, bola harakat- 
larining axloq normalariga mosligi xarakterlanadi. Natijali peda­
gogik baholar faoliyatning so‘nggi natijasiga tegishli bolib, aso- 
san unga urg‘u beriladi. Bunda qanday yo‘1 bilan erishilganligiga 
qaramasdan so‘nggi natijaga e’tibor beriladi. Jarayonli pedagogik 
baholar, natijaga emas, jarayonga tegishlidir. Bunda oxirgi natija­
ga qanday erishilganligiga emas, natijaga erishishga nima unda- 
ganligiga urg‘u beriladi. Miqdoriy pedagogik baholar bajarilgan 
ishning hajmiga tegishli boladi, masalan, yechilgan misollar so- 
niga e’tibor beriladi. Sifatiy pedagogik baholarda bajarilgan ish­
ning sifatiga e’tibor beriladi.
Pedagogik baho turlari bilan birga bolalarni o‘quv-tarbiya ja- 
rayoniga undashning bir necha usullari mavjud. Ular: e’tibor, 
qollab-quvvatlash, baho, tan olish, maqtov, mukofot, ijtimoiy ro- 
lini, obro'sini oshirish.
Pedagogik bahoning mahsuldorligi deganda uning bolalar 
ta’lim va tarbiyasidagi undovchi roli tushuniladi. Bolada o‘zini 
o‘zi takomillashtirishga, bilim, ko‘nikma va malakalar egal- 
lashga, shaxsning ijobiy xislatlarini shakllantirishga, xulq-at- 
vorning ijtimoiy foydali shakllariga intilishni kuchaytiradigan 
baho mahsuldor hisoblanadi. Bola shaxsiy-xulq-atvor va intel- 
lektual taraqqiyotida motivatsiya tashqi va ichki bolishi mum­
kin. 0 ‘quv-tarbiyaviy faoliyatning tashqi motivatsiyasi dey-
492


ilganda bolaning faolligini tashqi tomondan yo‘llab turuvchi 
stimullar nazarda tutiladi, ya’ni ular bolani o'rab turgan at- 
rof-muhitdan kelib chiqadi va u bolani ma’lum tarzda tutish- 
ga majburlaydi. Bunday qo‘g‘atuvchilarning ta’siri yo‘qotilsa, 
o‘quv faolligi ham susayib, yo‘qoladi. Tashqi stimullardan farq- 
li ravishda ichki stimullar bunday faollikni vujudga keltirishi 
va yollab turishi mumkin. 0 ‘quv tarbiyaviy faoliyatning ich­
ki motivatsiyasi, tashqi motivatsiyaga qaraganda kuchli bolib, 
mahsuldor pedagogik baho deganda bolada ta’lim va tarbiyan- 
ing ichki motivatsiyasini vujudga keltiradigan baho nazarda tu ­
tiladi.
Pedagogik baho bolaning yoshiga mos tanlanishi zarur. Pe­
dagogik baho yoshga qarab o‘zgarishi tendensiyalari quyidagilar: 
Birinchidan, yosh ulg‘ayishi bilan yangi bilim, ko‘nikma va 
malakalarni egallash zarurligini tushunish ortadi. Ikkinchidan, 
bolalikda yillar o‘tgan sayin shaxsning ma’lum xislatlarini egal- 
lashning ahamiyati ortadi. Uchinchidan, katta bolgan sayin, 
ayniqsa, maktab davrida ijtimoiy-psixologik stimullarning roli or­
tadi. To'rtinchidan, tashqi stimullarga qaraganda ichki stimul­
larning roli ortib boradi. Turli yosh davrlarida pedagogik baho- 
ning qulay usullari va sharoitlarini ko‘rib chiqamiz.
Sh.A.Dustmuxamedova tomonidan «Olti yoshli bolalar- 
ga ta’lim berishda pedagogik bahoning psixologik xususiyatlari» 
mavzuida ilmiy izlanishlar olib borilgan1. Olimaning ta’kidlashi- 
cha, pedagogik baholarni formal va mazmunli baholarga ajra- 
tish mumkin. Olimaning ta’kidlashicha, pedagogik baho 
0
‘qituv­
chining bola bilan munosabat uslubiga, xususan o‘qituvchi 
tomonidan baholovchi ta’sirning ma’lum tur va vositalarini tan- 
lashiga bogliq. Bunda qattiqqollik bilan, formal tipdagi baho­
lovchi ta’sirdan ko‘proq avtoritar pedagogik ustanovkalari mav­
jud o‘qituvchilar tomonidan, yumshoq ko‘ngillik bilan mazmunli

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə