Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

21.2. 0 ‘quv motivlari
Motiv — inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga 
undovchi tushunchadir. Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik 
va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni, motivlar yig‘indisi 
bolib, unga tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-quv- 
vatlash kiradi. Ta’lim jarayonida o‘qish motivlari «nima uchun?»
477


«nimaga?», «qanday maqsad bilan?» kabi savollar asosida yuzaga 
keladi. Motivlar birinchidan, o‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchi- 
dan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga 
yordam beradi. 0 ‘quv faoliyatida o‘quv motivlari o‘quvchilar to­
monidan tanlanib, ular o‘quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak 
rejalari bilan bevosita bog‘liq bo'ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha boladi.
0
‘quv faoliyati motivatsiyasining manbalari mavjud bolib, 
ularga quyidagilar kiradi:
1. Ichki manbalar. Ular insonning tug‘ma yoki orttirilgan eh- 
tiyojlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muhimi tug‘ma axborot 
olishga bolgan ehtiyojdir. Orttirilgan ehtiyojlar esa gnostik va ij­
timoiy ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.
2. Tashqi manbalar. Ular shaxsning ijtimoiy hayot shart-sha- 
roitlari bilan belgilanadi.
Talablar ularning birinchisi bolib, jamiyatning shaxsdan talab 
qiladigan doimiy xulq-atvorini bildiradi. Bog‘cha, maktab, oila 
boladan juda ko‘p ishlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Ijtimoiy kutish jamiyatning har birimizdan m alum bilimlar, 
ko‘nikmalar darajasining bolishi zarurligini bildiradi. Masalan, 
bir yoshli bola yurishi kerak, 7 yoshdan u o‘qishi kerak, 15 yosh- 
dan u kasb tanlashi kerak, deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar — shaxs 
faoliyatini belgilovchi obyektiv shart-sharoitlardir. Masalan, boy 
kutubxona bolani ko‘p kitob o‘qishga undaydi.
3. Shaxsiy manbalar: bu shaxsning qadriyatlari tizimi ustanov- 
kalari, g'oyalaridir. Bu manbalar har bir shaxs faoliyatida u yoki 
bu darajada mavjud. Ularning barchasi faoliyatning kechishi- 
ga ta’sir etib ta’lim jarayonining motivatsiyasini tashkil etadi.
V.A.Krutetskiy o'spirinlarda uchraydigan motivlarning quyi- 
dagilarini alohida ifodalaydi:
a) biror o‘quv faniga qiziqish;
b) Yatanga foyda keltirish istagi;
d) shaxsiy qobiliyatini ro‘kach qilish;
e) oilaviy an’analarga rioya qilish;
478


f) do‘st-birodarlarga ergashish;
g) moddiy ta’minlash va hokazolar.
Respublikamizda 
professor 
M.G.Davletshin 
rahbarligi- 
da o‘tkazilgan F.I.Haydarovning tadqiqotlarida qishloq makta- 
bi o‘quvchilarining o‘qish motivlari, N.S.Jo‘rayevning tadqiqot­
larida kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o‘qish motivlarini 
shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganildi. Ushbu tad- 
qiqotlarda kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning o‘quv mo­
tivlarini psixologik o‘yinlar yordamida shakllantirishga mahalliy 
sharoitda ilk bor kompleks yondashildi. 0 ‘quv jarayonida foyda- 
lanilgan psixologik o‘yinlar o‘quvchilarning o‘qishga ijodiy yon- 
dashuviga, psixik taraqqiyotiga va psixik jarayonlariga ta’sir etishi 
mumkinligi ko'rsatib berildi. Shu bilan birga baho olishga yo‘nal- 
ganlik motivlari tashqi motivlar sirasiga kirsa-da, ichki motivlarni 
muayyan darajada rivoj topishiga ko‘mak berishi ko‘rsatib berildi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə