Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

21.4. Dars jarayonida o‘quvchilarni boshqarish texnikasi
va usullari
0
‘quv faoliyatini boshqarish o‘z-o‘zini boshqarishning tarkibiy 
qismi bo‘lib, o'quvchilarni mustaqil bilim olish, ijodiy fikrlash sa­
ri yetaklaydi. 0 ‘quv faoliyatini boshqarishning tarkibiy qismla- 
rini rejalashtirish, o‘zini nazorat qilish, bilishga qiziqishdan ibo- 
rat bo‘lib, o‘zaro jips bir-biri bilan aloqada hukm suradi. 0 ‘quv 
faoliyatini boshqarishning tarkiblari umumlashgan ta’limiy usul- 
lar yordami bilan o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi. Ular
480


0
‘ziga xos xususiyatlari, faolligi, ko‘lami, samaradorligi, sur’ati 
bilan tafovutlanishiga qaramay, bir-birlarini taqozo qiladi. Bosh- 
qaruv bu shunday yo‘naltiruvchi kuchki, u insonlardagi ijodiy po- 
tensial imkoniyatlarini oladigan sharoitlarni yuzaga chiqarishni 
maqsad qilib qo‘yadi. Shunday ekan, o'qituvchining ta’lim-tar- 
biyla jarayonini to‘g‘ri va oqilona boshqara olishi o‘quvchi shaxsi 
kamolotida nihoyatda katta ahamiyatga egadir.
Faoliyatdan kutiladigan natija psixologiyada maqsad deyiladi. 
0 ‘quV jarayonining boshqarilishi ikkita asosiy maqsadni ko‘zda 
tutadi. Ulardan birinchisi, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil eta 
olish, ikkinchisi esa o‘quvchilarning shaxsiy qiziqish va ehtiyoj- 
larini qondirishdir. Ana shu maqsadlar boshqarishning vazifalari- 
ni belgilab beradi. Demak, o‘quv jarayonini boshqarishning:
• birinchi vazifasi tashkiliy bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim va 
tarbiyasi bo‘yicha ijtimoiy buyurtmalarni qondirish;
• ikkinchi vazifasi — bevosita o‘quvchining qiziqish va talabla- 
rini qondirishga yo‘naltirilgan holatdagi ijtimoiy vazifadir. Shu­
ningdek, bu vazifa o‘quvchilarni ko‘tarinkilik, yaxshi kayfiyat va 
o‘quv jarayonidagi ishchanlikni yuzaga keltirishni ham o‘z ichiga 
oladi. Afsuski, ko‘p yillar davomida boshqarishning shu ijtimoiy 
vazifasiga juda kam e’tibor berilgan.
Boshqaruvning ikkinchi vazifasi bu ijtimoiy-psixologikdir. Bu 
vazifa o‘quvchilarda samarali faoliyat uchun zarur bo‘lgan ijti- 
moiy-psixologik holat va xususiyatlarni rivojlantirishga qaratil- 
gandir. Bu holat va xususiyatlar o‘quvchilarni o‘zaro jipslashti- 
rish, nazorat, o‘z-o‘zini boshqarish, shuningdek, mustaqil ta’lim 
olishlarini rivojlantirishdan iboratdir.
0 ‘qitishning ikkita usuli mavjud. Biri an’anaviy o‘qitish usu- 
li - bunda o‘qituvchi muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlay- 
di va muammoni yechib beradi. O'quvchi esa masalani yechish 
yo‘llarini eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi. Bunda 
o‘quvchilarda reproduktiv tafakkur shakllanadi. Rivojlantiruvchi 
ta’lim o‘qitishning muammoli usulida o‘qituvchi o'quvchilarning 
bilish jarayonlarini boshqaradi, uni tashkil etadi va nazorat qila-
481


di. 0 ‘quvchi esa muammoni tushunadi, uni yechish yo‘llarini 
qidiradi va uni yechadi. Bunday hollarda o‘quvchi tafakkuriniijg 
mahsuldorligi oshadi va uning mustaqilligi rivojlanadi. 
/
0
‘quvchining o‘qishga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish uchun 
o‘qituvchi quyidagi qoidalarga tayanishi lozim:
1
0 ‘quv jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda 
o‘quvchi faol harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilimlarni 
o‘zi kashf etishi va muammoli xarakterdagi masalalarni yechish 
uchun sharoit izlashi kerak.
2
. 0 ‘quvchilarga bir xil o‘qitish usullari va bir turdagi ma’lu- 
motlarni berishdan qochish kerak.
3. 0 ‘rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo‘li- 
shi uchun ayni shu fan yoki bilim, o‘quvchining o‘zi uchun qan- 
chalik ahamiyatli va muhim ekanligini bilishi kerak.
4. Yangi material qanchalar o‘quvchi tomonidan avval 
o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘liq bo‘lsa, u o'quvchi uchun 
shunchalik qiziqarli bo‘ladi.
5. Haddan ziyod qiyin material o‘quvchida qiziqish uyg‘otmaydi. 
Berilayotgan bilimlar o‘quvchining kuchi yetadigan darajada 
bo‘lishi lozim.
0
‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini 
ko‘rsatish, o‘quvchining o‘quv faolligini oshirish uchun qiziqar­
li misollar, aqliy o‘yinlardan keng foydalanishi lozim. Lekin, 
ta’limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli bo‘lavermay- 
di, shuning uchun o‘quvchilarda iroda, qat’iylik, mehnatsevarlik 
kabi xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu 
xislatlar o‘quvchining kelgusida o‘z-o‘zini nazorat qilishga, o‘z- 
o‘zini baholashga va mustaqil ta’lim olishga asos bo‘lishi kerak.
E.G‘.G‘oziyev o‘quv faoliyatini boshqarishning psixologik 
asoslari1, tafakkur psixologiyasi asoslari2 bilish nazariyasining

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə