Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Немов P.С. Психология. Книга 2. Психология образования. —М



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

1 Немов P.С. Психология. Книга 2. Психология образования. —М.:
ВЛАДОС. 2003. С.436.
510


riga kelib bolada muvaffaqiyatga erishish yoki muvaffaqiyatsizlik- 
dan qochish ehtiyoji shakllanadi. Boladagi muvaffaqiyatga erishish 
intilishini to‘g‘ri tarbiyalash ko‘proq kattalar va bolalarning mu­
loqot uslubiga bog‘liq. Boshlang‘ich sinflarda o'qish davrida mu- 
vaffaqiyatsizlikdan qochadigan va aksincha muvaffaqiyatga in- 
tilishga harakat qiladigan o‘quvchilarning onalari farzandlariga 
turlicha munosabatda bolishi aniqlandi:
1. Farzandlarining yutuqlarini baholashda individual norma- 
larga yoki erishilgan natijalarga emas, o‘rtacha ijtimoiy normalar- 
ga mosligi e’tiborga olingan. Ular uchun farzandlarining yutuqlari 
shu yoshdagi boshqa bolalarning yutuqlariga mosligi muhim.
2. Bunday onalar farzandlarining xohishlarini kamroq e’tibor­
ga olishadi, uy vazifalarini bajarish jarayonini qattiq nazorat qili- 
shadi, bolani mustaqil ishlashga yoki mustaqil qaror qabul qilish- 
ga undashmaydi. Bolaga yordam ham maslahatlar tarzida emas, 
balki uning faoliyatiga bevosita aralashish, bolaga o‘z fikrini 
o‘tkazish tarzida amalga oshiriladi.
3. Bunday onalar ko‘pincha farzandlarida qobiliyatlar yo‘q- 
ligidan noliydi. Nafaqat qobiliyat, balki intilishning yetishmasligi- 
da ham farzandlarini ayblaydilar, farzandlarining muvaffaqiyat- 
larini oson topshiriqlarni bajarish sifatida baholaydilar.
4. Bunday onalar farzandlarining muvaffaqiyatlari uchun kam- 
dan kam maqtaydi. Farzandlarining muvaffaqiyatsizligi uchun 
ko‘proq koyib, qoniqmaslik hissini namoyon etishadi.
Bolalik va maktab yoshida shaxs tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri 
ostida tarkib topadi. Tarbiya maxsus faoliyat sifatida muayyan das- 
turning, anglab olingan maqsadning mavjudligi bilan ta’sir ko‘rsa- 
tishning maxsus ishlab chiqilgan va asoslab berilgan vositalari, 
shakllari hamda metodlarining tasodifiy yoki stixiyali ta’sirlaridan 
ajralib turadi. Ma’lumki, tarbiyaning eng muhim vazifasi yosh av- 
lodda mustahkam e’tiqod va his-tuyg‘ular hamda ularga asoslan- 
gan ma’naviy xulq-atvorni hosil qilishdir. Bu vazifani shaxsni faol 
va muayyan maqsadni ko‘zlagan holda, shuningdek, bolaning indi­
vidual xususiyatlarini hisobga olgan taqdirdagina hal etish mumkin.
511


Mashhur olim Gerbart tarbiya maqsadini belgilab olishga 
katta ahamiyat bergan. U tarbiyaning maqsad va vazifalarini 
yaxshi fazilatli kishini tarkib toptirishdan iborat, deb hisoblay- 
di. Gerbart tarbiya ishida aqliy ta’limni tarbiyaning eng katta 
va asosiy vositasi deb bilib, ta’limsiz tarbiya bolmaydi, deb hi- 
soblagan.
0
‘smirlik davri bilan bog‘liq bolgan yorqin jihatlardan biri -
bu o‘z-o‘zini tarbiyalashga bolgan kuchli intilishdir. 
0
‘z-o‘zini 
tarbiyalashning faol kechishi aynan shu yoshdan boshlanib, odat- 
da u yoki bu shaklda insonning butun umri bo‘yi davom eta­
di. 
0
‘smirlik davrida o‘z-o‘zini tarbiyalash haqida gap ketgan- 
da, shuni nazarda tutish lozimki, bola 12-13 yoshga yetgandan 
so‘ng birinchi marotaba o'zining aqliy shaxsiy qobiliyatlarining 
imkoniyati haqida o‘ylab qoladi va bularni rivojlantirish uchun 
ongli ravishda maqsad sari intiladi.
0
‘z-o‘zini tarbiyalash ma’lum bir aniq rivojlanish yolini bosib 
o'tadi. Agar uni asosiy yosh pog‘onalari bo‘yicha qamrab oladi­
gan bolsak, inson ontogenezidagi rivojlanish quyidagicha namo­
yon boladi:
Birinchi bosqich o‘z-o‘zini jismoniy va irodaviy tarbiyalash- 
dir. Bu o‘smirlik davriga to‘g‘ri keladi. Insonning bu davrga xos 
bolgan o‘z-o‘zini tarbiyalashdan maqsad iroda va jismoniy im- 
koniyatlarni rivojlantirish bolib, jasurlik, chidamlilik, o‘z-o‘zini 
boshqara olish, matonat, o‘z-o‘ziga ishonch kabi irodaviy sifat- 
larni maxsus vosita va mashqlar orqali rivojlantirishdan iborat- 
dir. Bu holat jismoniy rivojlanishga ham taalluqli bolib, shu sa- 
babli ko'pgina bolalar bu yoshda jismoniy tarbiya va sport bilan 
shug‘ullanishni boshlaydi.
Ikkinchi bosqich — o‘zini xulqiy-axloqiy rivojlantirish bolib, 
ilk o‘spirinlik davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘z-o‘zini tarbi­
yalash bo‘yicha ko‘proq kuzatiladigan maqsadlar — ruhiy, ma’naviy 
rivojlanish, shaxsning to‘g‘rilik, yaxshilik, saxiylik, do‘stga sodiq- 
lik, sadoqat, muruvvat kabi oliyjanob sifatlarni o‘zida mujassam- 
lashtirishga intilishdir.
512


Uchinchi bosqich kasbiy o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘spirinlik davriga 
to‘g‘ri keladi. Inson hayotining bu davrini ishga bo‘lgan ishtiyoqni 
o‘stirish deb qarash mumkin, unda kishining kasbiy zarur bolgan 
kompleks sifatlarni rivojlantirish, qobiliyat, malaka, ko‘nikma, tan- 
lagan kasbi bo‘yicha mahorat bilan ishlash uchun zarur bolgan 
xislatlari shakllanadi. 
0
‘z-o‘zini kasbiy rivojlantirish maqsadi bu 
davrda boshlanib, ko‘pgina kishilarda mustahkamlanib boradi va 
uning hayoti davomida asosiy maqsadlardan biri bolib qoladi.
To'rtinchi bosqich — ijtimoiy-dunyoviy qarashlarda o‘z-o‘zini 
tarbiyalashdir. Bu inson hayotining 40—45 yoshidan keyingi davri 
hisoblanadi. Bu yerda o‘z-o‘zini rivojlantirish vazifasi ijtimoiy ho­
lat, dunyoqarash, hayotga ma’lum nazar bilan qarash hisoblanadi.
Ba’zi hollarda beshinchi pog‘ona ham uchrab turadi, bunda 
o‘z-o‘zini aktuallashtirish masalasi qo‘yiladi va hal etiladi.
Besh bosqichdan ikkitasi insonni o‘z-o‘zini tarbiyalashdagi 
rivojlanishi o‘smirlik va yoshlikning ilk davriga to‘g‘ri keladi. Bu 
davrlarda o‘z-o‘zini tarbiyalash inson xarakterini belgilab beradi.
0
‘smir va o‘spirinlarga ularning jismoniy, ruhiy va axloqiy 
o‘z-o‘zini tarbiyalashida qanday ko‘maklashish mumkin? Bu sa- 
volga quyidagicha javob bersa boladi: birinchidan, o‘z-o‘zini tar- 
biyalashning birinchi belgilari paydo bolishi bilan ularning in- 
tilishlarini faol qollab-quwatlash va rag‘batlantirish lozim. 
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, albatta, o‘smirga 
jismoniy o‘z-o‘zini tarbiyalashda katta yordam beradi. Bolalar 
uchun ayniqsa, sportning o‘yin tariqasida o‘tkaziladigan turlari 
foydali, shuningdek, yengil atletika, suzish, kompleks jismoniy 
tarbiya mashqlari organizmning har taraflama va barkamol rivoj- 
lanishiga yordam beradi. Bunday mashqlar jarayonida shaxsning 
iroda kuchi ham tarbiyalanadi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullana borish, 
albatta shu sohada yuqori cho‘qqini zabt etishni maqsad qilib 
olish kerak degani emas. Asosiysi ular bolaga quvonch keltirishi, 
sogliglni mustahkamlashiga yordam berishidir. Ayniqsa, bu jis- 
monan nimjon bolalar uchun foydali bolib, bunday o'smirlar bi-
513


Ian ota-onalar, o‘qituvchilar yoki biror katta odam shug‘ullansa 
samaraliroq bo‘ladi. Bu narsalar albatta kelgusida malakali mu- 
taxassis — trener rahbarligi ostida sport bilan shug‘ullanish im- 
koniyatini yo‘qqa chiqarmaydi, u holatda tarbiya vazifasi o‘zga- 
cha tus oladi, oddiy jismoniy yoki irodaviy o‘z-o‘zini tarbiyalash, 
rivojlantirishdan farq qilib, uning chegara doirasidan oshadi.
Shaxs kamol topishida o‘smirlarning jismoniy tarbiya va sport 
bilan shug‘ullanishi yaxshi maktab rolini o‘taydi. Holbuki bu vo- 
sita yagona emas, u doim ham har tomonlama iroda kuchini o‘sti- 
rishni ta’minlab bera olmaydi. Jismoniy tarbiya natijasida olingan 
ma’lum iroda kuchi intellektual va boshqa turdagi faoliyatlarda 
har doim ham o‘zini namoyon qila olmaydi. Ayniqsa, hayotning 
axloqiy tomonlarida avtomatik tarzda iroda o‘z kuchini ko‘rsa- 
ta olmaydi. Bunda quyidagi qoida amal qiladi: shaxs iroda ku­
chini birinchi navbatda ular to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qiladigan 
va amaliyotda ko‘rinadigan faoliyatlarda chiniqtirib borish zarur.
Manfaatdor, ezgu niyatli va aql-idrokli kattalarning o‘smirlar 
o‘z-o‘zini tarbiyalashdagi ishtiroki odatda ularning o‘z kuchlariga 
ishonishga, shu yoshdagi o'smirlar xarakteriga xos bo'lgan kom- 
plekslar va krizis holatlarini bartaraf etishlariga katta yordam be­
radi. 
0
‘smirlar va o‘spirinlarning o‘z-o‘zini tarbiyalashda katta- 
larni namuna ko'rsatishi katta rol o‘ynaydi. Bu yoshdagi insonlar 
ko‘pincha kattalarga, ayniqsa obroli kishilarga taqlid qiladilar, 
ularning yaxshi sifatlarini o‘zlarida jam qilishga intiladilar.
Yuqori sinf o‘quvchilari xulq-atvori o‘z-o‘zini rivojlantirish 
muammolari bilan to‘qnashganda, o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan 
bogliq murakkab psixologik-pedagogik vaziyat vujudga keladi. 
Bu jarayonda ular ko‘pdan ko‘p muammolar va ziddiyatlar bilan 
to‘qnashishlariga to‘g‘ri keladi. Bulardan biri bu yoshdagi bola- 
larning romantika va sarguzashtlarga intilishidir. Hozirgi zamon 
sharoitida bunday intilish ko‘pincha hayotning iqtisodiy omillari 
sababli paydo bolgan pragmatik yo‘nalish bilan to‘qnash keladi.
Agar romantik ideal shaxsdan zohidlik va kamtarlikni talab 
qilsa, pragmatik dunyoqarash, aksincha, moddiy to‘kin-sochinlik-
514


ka va mol-dunyoga intilishga olib keladi. Romantik yo‘nalganlik 
yolg‘izlikka intilishni qayd etsa, pragmatik yo'nalganlik faol mu- 
loqotni nazarda tutadi. Birinchisiga taqdirga tan berish, bo‘ysu- 
nish xos bolsa, ikkinchisiga kurashish xosdir. Romantik dunyo- 
qarash real hayotda sof axloqiy xulqiy tomondan duch kelishi 
mumkin bolgan ziddiyatlarni davom ettirishi mumkin. 
0
‘z-o‘zini 
tarbiyalashda o‘spirinlar uchun asosiy qiyinchilik bu ikkala yo‘na- 
lishning biridan voz kechib ikkinchisini tanlash. Ammo bu ikki- 
sini birlashtirish mumkinmi, agar mumkin bolsa, qanday qilib?
0
‘spirinlik davridagi bolalar bilan tarbiyachining birinchi 
galdagi vazifasi shundan iboratki, ularga haqiqiy hayotda roman­
tik va pragmatik yo‘nalishlar va boyliklar o‘zaro uyg‘unlikda ke- 
chishini, birining foydasi uchun boshqasidan butkul voz kechishi 
shart emasligini, romantika va pragmatikani yuqori ruhiy va 
iqtisodiy insoniy boyliklar sifatida birlashtirish, uyg‘unlashtirish 
mumkinligini tushuntirish lozim. Masalan, yetarli darajada prag­
matik, kirishuvchan, ishbilarmon va hisob-kitobli inson bo‘lish 
bilan birga xulq-atvor bobida to‘g‘ri, yaxshilik qiluvchi, insonlar- 
ga, shu bilan birga o‘z raqobatdoshlariga ham hamdard bolishi 
mumkin. Biznes tarixi ko‘rsatishicha, bunday sifatlar haqiqatdan 
ham eng yaxshi ishbilarmonlarga xosdir.
Hozirgi zamon o‘spirinlarini bunday tarbiyalash uchun ro­
mantik, qahramonlik, sarguzasht singari yo‘nalishdagi adabiyot- 
lar bilan bir qatorda ishbilarmonlik, tadbirkorlik haqidagi adabi- 
yotlar, ayniqsa, bu sohada taniqli buyuk insonlar hayoti yoritilgan 
asarlar bilan tanishtirish lozim. Pragmatik tomonga yo‘nalgan 
o‘spirinlarga namunali xulqiy va romantik tomonlari yoritilgan 
va aksincha, romantiklar foydali ishbilarmonlik taraflari aks et- 
gan adabiyotlar bilan ko‘proq tanishishlari lozim.
Xulq-atvor va odatni shakllantirish ma’lumki, odam ongi- 
ning yuksak belgilaridan biri uning o‘zini anglashidir. Odamning 
o‘zini anglashi o‘z navbatida shaxsning muhim belgisi hisobla­
nadi. Odam o‘z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va shu olam- 
ga ta’sir etuvchi subyektdir. Odamning idrok etadigan, tasav-
515


vur qiladigan narsalari uning uchun obyektdir. Ana shu nuqtayi 
nazardan olganda, odamning o‘zini anglashi subyektiv ravishda 
o‘zini «men» deb his qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo‘lganligidan unga o‘zligini anglash qobili­
yati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o‘zga kishilar bilan qiladigan 
har turli munosabatlarda odamning o‘zini anglashi, o‘zini «men» 
deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o‘zini alohi­
da shaxs sifatida kim deb bilishi, o‘zining o‘tmishi va kelajagini 
anglashi, o‘z huquq va burchini anglashi va nihoyat o‘zining fazi- 
lat hamda kamchiliklarini anglashi o‘zini anglashiga kiradi.
Tarbiya uzluksiz ravishda ta’lim bilan birgalikda avvalo oil- 
ada, keyinchalik ta’lim-tarbiya muassasalarida berib boriladi. 
Shaxsning qaror topishini eng muhim vazifasi o‘quvchida axloq 
talablariga javob beradigan e’tiqod va ideallarni tarkib toptirish- 
dir. 
0
‘quvchi shaxsining shakllanishidagi jarayonda yuzaga kel- 
gan axloqiy e’tiqod va ideallar sistemasi, ya’ni uning ma’naviy on- 
gi hukmronlik qiluvchi, uning ijtimoiy faolligini belgilab beruvchi 
omilga aylanadi.
Shaxsning ijobiy yo‘nalishini tarkib toptirish uchun maktab 
o'quvchilarini barcha vaziyat va holatlarda to‘g‘ri yo
‘1
tutishini 
istashi hamda to‘g‘ri yo‘ldan borishi uchun uning nima qilishini 
bilishi, o‘zi ham to‘g‘ri xulq-atvorli bo‘lishni mashq qilishi zarur.
0
‘quvchilarning ongiga singdirilgan qoidalarni yaxshilab 
asoslab berilishi, isbotlangan bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. 
Bu hamma narsani tushunib olishga va buning asoslanganligi- 
ga ishonch hosil qilishga, oqilona isbotlarga rozi bo‘lishga qodir 
bo‘lgan o‘smirlar va katta yoshdagi o‘quvchilar uchun juda mu- 
himdir.
O'quvchilarda maksimal faollikni yuzaga keltirish yoki jon- 
li ravishda fikr almashish istagini uyg‘otish, ularning fikrini avj 
oldirish va o‘zlarini axloq masalalari ustida o‘ylab ko'rishga maj- 
bur qilish zarur. 
0
‘quvchilarga tayyor haqiqatni zo'rlab qabul 
qildirish yaramaydi, axloq normalari haqidagi xulosalarni chiqar- 
tirish ularning faol ishtirokida amalga oshirilishi lozim. Buning
516


uchun suhbat jarayonida muhokamaga qo‘yilishi kerak bo‘lgan 
masalalarni oldindan tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.
0
‘quvchilarda chuqur va ta’sirchan emotsiyalarni uyg‘otishga 
intilish lozim. Bunda o‘qituvchi suhbatni befarq, shavq va zavq- 
siz emas, balki emotsional tarzda jonli qilib o‘tkazilgandagina 
erishish mumkin. 
0
‘qituvchining ehtirosli e’tiqodi o‘quvchilarga 
o‘tishini unutmaslik darkor.
Yuqorida aytilgan fikrlardan o'qituvchilar va ota-onalar o‘zla- 
riga hamda o‘z xulq-atvorlariga nisbatan juda qattiq talablar 
qo‘yishi, o‘nlab bolalarning sinovchan ko‘zlari, ularning kuzatib 
turganliklarini hech qachon unutmasliklari kerak.
Konfutsiy: «Eskini o‘zlashtirgan va yangini tushunishga qodir 
insongina tarbiyachi bola oladi», — degan edi. Mustaqillikning 
dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, 
ilm-fan, kasb-hunarga o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyat- 
da katta zarurat sezila boshladi. Bugungi kunda tarbiya jarayoni­
da ham qator o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shuni ta’kidlash 
lozimki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An’anaviy shar- 
qona qarashga ko‘ra, ma’rifatlilik faqat bilim va malaka emas, 
ayni paytda chuqur ma’naviyat va go'zal axloq degani hamdir.
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek, 
milliy mustaqillik va uning ne’matlari, respublikamiz fuqaro- 
larida tub o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg‘u, qi- 
yofa, xarakter, ta’b, kuy, raqs, ma’naviyat, qadriyat hamda ru­
hiyat ta’siri ostida o'zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. 
0
‘tmishning boy merosi, uning an’analari milliy istiqlol tufay- 
li o‘z egalariga qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy ongi as- 
ta-sekin o‘zgarib borishi natijasida etnopsixologik xususiyatlar 
tiklana boshladi, milliy, umumbashariylik xislatlari o‘rtasida ado- 
latlilik, teng huquqlilik aloqalari o‘rnatilmoqda.
XXI asrda shaxs shakllanishida, uning tarbiyalanganlik da- 
rajasini ortishida dinning, xususan «Hadis» ilmining ahamiyati 
kattadir. Shaxslararo munosabatda tenglik, g‘amxo‘rlik, samimiy- 
lik, o‘zaro yordam, simpatiya, antipatiya, hamdardlik, sevgi-mu-
517


habbat singari milliy xususiyatlarni tarkib toptirishda hadislar- 
ning roli yanada ortadi.
0
‘zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kun- 
dalik rejasi, bolalarga ta’sir o‘tkazish vositasini tanlash va undan 
unumli foydalanish o‘ziga xos xususiyatga ega, chunki uning aso­
sida xalq an’analari yotadi.
Yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy, xalqchil 
milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar yetakchi o‘rin tutmog‘i 
lozim (tarbiyada etnopsixologik va etnopedagogik munosabat). 
Bular orqali yoshlarda quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim:
---- »-(a) yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish; 
)
---- >(b) xayrixohlik, odamlarga hurmat, mehr-shafqat;
---- >-(d) kattalarni hurmat qilish, e’zozlash; 
)
---- ^(
5
) muloyimlik;
---- *-(f) ishbilarmonlik, mohirlik, ishchanlik, iqtisodiy tafakkur; 
^
---- *~(g) kichik yoshdan mehnatsevarlik; 
)
---- *~(h) jismoniy baquvvatlik; 
)
---- ►(!) axloq-odoblilik; 
)
---- *~(j) oilaparvarlik; 
)
---- аУ°Чагёа hurmat;
---- *"(1) o‘zaro hamkorlikka intiluvchanlik. 
^
Ma’lumki, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan 
oila, mahalla, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, 
huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar 
shug'ullanadilar. Tarbiya jarayonida barcha ishtirokchilarning ba- 
hamjihatlik bilan olib boradigan ishlarigina, o‘zining ijobiy nati- 
jalarini berishi mumkin.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə