Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


->■ ularda emotsional qo‘zg‘alishni vujudga keltirish;  J   "*•  hayotiy faoliyatdan keng foydalanish; I



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/240
tarix21.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130510
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

->■
ularda emotsional qo‘zg‘alishni vujudga keltirish; 
 
"*• 
hayotiy faoliyatdan keng foydalanish;

bir-biriga qarama-qarshi tushunchalarni chuqurj 
Uahlil qilish zarur ekan. 
J
0
‘quvchilarda o‘z-o‘zini anglashda shaxs axloqiy hislarining 
ba’zi bir jihatlari masalalari P.I.Razmislov, jamoa oldida burchni 
rivojlantirish xususiyatlari A.L.Shnirman, burch hissini tushunish 
muammolari A.S. Alyakrinskaya, axloqiy jihatdan o‘zini aniqlash 
muammolari V.I.Shardakovlar tomonidan o‘rganilgan.
22.2. Turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari
Bolada shaxs xislatlari uch yoshda namoyon b o la boshlaydi. 
Bu esa uni uch yoshdan boshlab tarbiyalash zarurligini bildir- 
maydi. Bolani hayotining birinchi oylaridan boshlab tarbiyalash 
zarur, faqat uning tashqi ko‘rinishlari maktabgacha yosh davri- 
ning boshida namoyon boladi. Ilk bolalik davrida berilgan tar­
biya butun bolalik davrida namoyon boladi. Tarbiya ona bilan 
bolaning muloqotidan boshlanadi, bu esa bolaning keyingi shax­
siy rivojlanishini belgilab beradi. Zamonaviy psixologiyadagi 
so‘nggi tadqiqotlarda aniqlanishicha, onadan bolaga yoki chaqa-
508


loqlik davrida onaning o‘rnini bosuvchi shaxsdan insoniy emot­
sional o‘zaro munosabatlar bilan bog‘liq ko‘pchilik sifatlar o‘tadi.
Bola ikki yoshga to‘lganda muhim shaxs xislati hisoblangan va 
keyingi hayoti davomida butun umr saqlanib qoladigan — inson- 
larga bog‘lanib qolish xislati shakllanadi. Bolada kimgadir sim- 
patiya paydo bo'ladi, ana shu yoqtirgan insonning oldida ko'proq 
bo'lishga harakat qiladi, unga ko'proq yordam so‘rab murojaat 
qiladi. Bola bog‘lanib qolgan shaxs boshqalarga nisbatan ko'proq 
unga kuchli tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Ilk bolalik davrida bolada axloqiy ongni emas, balki axlo­
qiy hislarni tarbiyalash haqida so‘z yuritish mumkin. Bolalarni 
axloqiy tarbiyalash masalalari bilan bir qancha xorij olimlari 
shug‘ullanishgan. Ulardan J.Piaje, L.Kolberglarning ta’kidlashi- 
cha, bolalar maktabga o‘qishga borguncha axloqiy ong darajalari 
konvensial axloqqacha bo‘lgan davrda bo‘ladi. Ushbu axloq turi 
shu bilan tavsiflanadiki, kattalar bola uchun axloqiy fikrlar man- 
bayi va axloqiy darajada taqlid qilish namunasi hisoblanadi. Le- 
kin Piaje va Kolberg ishlarida ham qachon va qanday qilib bolani 
axloqiy tarbiyalash jarayonini boshlash kerakligi haqida tavsiyalar 
keltirilmagan.
Ilk bolalik davrida axloqiy tarbiya bilan bir qatorda intizom- 
ni, jismoniy va gigiyenik tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Tar- 
tib intizomni tarbiyalash bolada o‘z xohish, istaklarini boshqa­
rish, vaziyatli motivatsion ehtiyojlarni jiddiy muhim maqsadlarga 
erishishga bo'ysundirishni nazarda tutadi. Ilk bolalik davrida 
jismoniy tarbiya nafaqat sog‘liqni mustahkamlash, bolalarning 
kuchi va chidamliligini shakllantirish, balki intellektual rivojlani­
shi uchun ham zarurdir. Shuningdek, ilk bolalik davri elementar 
gigiyenik malakalarning shakllanishi uchun senzitiv davr hisobla­
nadi. Elementar gigiyenik malakalarni shakllantirish bolani inti- 
zomga o‘rgatadi, bu esa unda boshqa ijobiy shaxs xislatlari, jum- 
ladan saranjom-sarishtalik, batartiblikka o‘rgatadi.
Maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbi- 
yalashda ularning uy mehnatida ishtirok etishi muhim ahami-
509


yatga ega. 4—5 yoshligidan boshlab bolaning uyda doimiy baja- 
radigan majburiyatlari bo‘lishi maqsadga muvofiq. Uy mehnatida 
ishtirok etish tufayli bolada saranjom-sarishtalik, mas’uliyatlilik, 
mehnatsevarlik va boshqa foydali xislatlar shakllanadi. Bolaning 
shaxs sifatida shakllanishi va tarbiyalashda asosiy mehnat tur- 
lari - bu uy ishlariga yordamlashish, ota-onalar bilan birgalikda 
iqtisodiy masalalarni hal qilishda ishtirok etish, ovqat pishirishda 
yordamlashish, o‘simliklar va gullarni parvarishlash va hayvon- 
larga qarash va b. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘zlari o‘ynay- 
digan, dam oladigan joylarini yiglshtirishda, bezashda ishtirok 
etishlari muhim, kichik maktab yoshidagi bolalar dars tayyorla- 
gan joyini yig‘ishtirishi lozim. Har bir bolaning uyda kichik, ish 
burchagi bolishi lozim.
Uy ishlariga yordamlashish bolada batartiblik va tozalikni 
rivojlantiradi. Uy mehnati orqali tarbiyalashning boshqa jihati -
iqtisodiy jihat bolib, bunda bola oila budjetini tejab-tergab foyda­
lanish haqida tasavvurlari va malakalari shakllanadi.
Uy mehnatining turlaridan biri o‘z-o‘ziga xizmat qilishdir. 
Bunda bolada mustaqillik, o‘z-o‘ziga xizmat qilish qobiliyati 
shakllanadi. Bolalarning qishloq xo‘jalik ishlarida, o‘simliklar va 
hayvonlarni parvarishlashda ishtirok etishi — ekologik va axloqiy 
tarbiyaning kuchli qurolidir.
Maktabgacha yosh davrida o‘yin yetakchi faoliyat bolgani 
bois, u katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. 
0
‘yinning tarbi­
yaviy funksiyalaridan biri shundan iboratki, u bolaning turli eh- 
tiyojlarini qondirish va uning motivatsion sohasini rivojlantirish 
vositasi hisoblanadi1.
0
‘qish faoliyatida bola nafaqat o'rganadi, bilim, malaka va 
ko‘nikmalarni egallaydi, balki tarbiyalanadi ham, ya’ni ma’lum 
shaxs xislatlari layoqatlar, qobiliyatlar, qiziqishlar, ehtiyojlar, xa- 
rakter xislatlari ham shakllanadi. Kichik maktab yoshining oxi-

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə