yoshli ayolga nisbatan his etadilar, ulardagi hissiyot ikki
obyektga boMinadi. Bu faqat o ‘g‘il bolalarga xos bo ‘lib, qizlarda
bunday hoi kuzatilmaydi.
0 ‘smirlik yoshida o ‘g‘il bolalarda giperseksuallik natijasida
ulam ing hissiyotida jinsiy intilish ustunlik qiladi yoki uning
ahamiyati keskin ortadi. Qiz bolalarda
esa ruhiy kom ponent-
ning ustunligi saqlanib turadi.
17—25 yoshlardagi yigit-qizlarda o ‘z juftini topishga inti
lish va hirs keskin ortadi. Sevish va sevilishga bo‘lgan ehtiyoj-
ning ortishi natijasida yoshlar yorini tezroq qidirib topishadi va
oila qurishadi, b a ’zan bunday yoshlar qisqa vaqt ichida ajra-
lishga ham ulgurishadi.
25 yoshdan keyin qizlarning oila qurish imkoniyatlari an-
cha kamayib boradi. U nda bo ‘lg‘usi kuyovga (yigitga) nisbatan
talabchanlik oshib, tanqidiy qarash kuchayadi. Endi unda his-
larga berilish kamayib, uning o ‘rniga b o ‘lg‘usi
yoriga butunlay
boshqacha qaray boshlaydi. Bunday ruhiy o ‘zgarishlar yigitlar-
da ham kuzatiladi, ammo qizlardan farqli ravishda ulaming
oila qurish, uylanish imkoniyatlari kamaymaydi, aksincha bir-
m uncha ortadi. Chunki bu yoshda ularning ko‘pchiligi oliy
o ‘quv yurtini yoki o ‘rta-maxsus bilim yurtini bitirib, m a’lum
bir ixtisosni egallagan, m ehnat faoliyatini boshlagan bo ‘ladilar.
Ya’ni oilani mustaqil tebratish imkoniga ega boladilar.
M uhabbat hislari erkak va ayollarda o ‘ziga xos shahvoniy
hirs uyg‘otadi.
Erkak kishida deyarli doimo fiziologik
kom ponent ustunlik
qiladi. Jinsiy intilish, jinsiy hayot ular hissiyotida
nihoyatda
m uhim o ‘rin egallaydi. Yigit sevgan qizininig tashqi ko‘rinishi-
ga ko‘proq e ’tibor beradi.
Yuqorida sanab o ‘tilgan xususiyatlarga qizlar ham befarq
qarashmaydi. Bu xususiyatlarning yigit tom onidan idrok etilishi
ayol uchun katta ahamiyatga ega. Am m o shu bilan birga
ayollaming erkaklardan farq qiluvchi tom onlaridan biri shun-
daki, ular ko‘proq yigitning b o ‘y-bastiga, xulqiga, muomalasiga
e ’tibor beradilar.
Erkaklarda jinsiy (fiziologik) intilish ustunlik qilgani uchun
ularda hissiy qoniqish
tezroq yuzaga kelsa kerak, deb taxmin
qilinadi. Ayollarda esa aksincha, ruhiy intilish yetakchi b o ‘lgani
uchun ulam ing m uhabbat hislari erkaklam ikidek tez orada
so‘nmaydi va nisbatan uzoq davom etadi.
99
A m m o so ‘nggi yillarda ayollar hissiyotida, jum ladan,
muhabbatda ham jinsiy hayotning va uning asosi hisoblangan
jinsiy intilishning aham iyati keskin oshib borayotganligini
ko‘rish mumkin.
13—14 yoshli o ‘g‘il bolalarning 40%i, qizlarning 26%i ilk
sevgi hislarini boshidan kechirayotgan yoki kechirgan b o la d i-
lar. Bu hoi 15— 16 yoshli o ‘g‘il bolalarda — 17%, qizlarda 30%,
17—24 yoshli yigitlarda — 10%, qizlarda — 9%ni tashkil qiladi.
A.R.Lemexova (1973) qizlar va yigitlar orasidagi o ‘zaro
munosabatlarni o ‘rganib, uni uch turga bo ‘ladi.
]. Uyg‘un tur — bunda qiz va o ‘g‘il
bolalarda axloqiy
tu sh u n ch alar shakllangan, hissivot m adaniyati rivojlangan
bo‘lib, ular muhabbatga, qaram a-qarshi jinsga, oilaviy hayotga
birm uncha aniq qarashadi.
2. Oilaviy rom antik tu r — bunda m uhabbat, jinslar
orasidagi m unosabatlar hayotdan yulingan holda, nihoyatda
ideallashtirilib olingan bo ‘lib, hayotdagi mavjud borliq bilan
to ‘qnashganda esa barcha tasavvurlari parchalanib, ruhan
tushkunlikka uchraydi.
3. M a’naviy kambag‘al tur — bunda yoshlar muhabbatni
n o to 'g ‘ri tushunadilar. M uhabbatda m a’naviy yaqinlikni, ruhiy
omihiing ahamiyatini ko‘ra bilmaydilar. M uhabbatda asosiy
rolni jinsiy yaqinlik o ‘ynaydi, deb biladilar. Bunday toifadagi
yoshlar ko‘p hollarda jinsiy hayotni erta boshlaydilar.
0 ‘g‘il va qiz bolalarning turli yosh bosqichlaridagi o ‘zaro
munosabatlarni o ‘sib rivojlanishiga nazar tashlaydigan bo ‘lsak,
quyidagicha
yaqqol
ifodalangan
m anzarani
ko ‘rishim iz
mumkin.
Bog‘cha yoshidagi qizlar o ‘g ‘il bolalar bilan birga o ‘ynash
jarayonida juda yaqin m uom alada bo ‘ladilar,
bir-birlari bilan
do ‘stlashadilar. H atto b a ’zan bolalikning ilk sevgi hislarini ham
boshlaridan kechirishadi. Bu albatta, ularning kattalarga havas
qilishi, ularga taqlidi oqibatida kelib chiqadi.
Boshlang‘ich sinflardan o ‘smirlik yoshigacha o ‘g‘il bolalar
ko‘pincha o ‘g‘il bolalar bilan, qiz bolalar esa qiz bolalar bilan
yaqin m unosabatda b o iish i tufayli jinslarning bir-birlaridan
uzoqlashishi kuzatiladi.
0 ‘smirlik yoshidan boshlab ular orasida yaqinlashish mayli
paydo b o la boshlaydi. 0 ‘smirlikning
birinchi davrida bolalar
o ‘zaro biror narsadan qo ‘rqqan tengdoshiga «qiz bolamisan,
100