Bolalarda aqliy tarbiyani shakllantirishda pedagogik



Yüklə 77,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü77,71 Kb.
#181639
  1   2   3
Rahmatullayeva Sabina



BOLALARDA AQLIY TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK 
YONDASHUV 
Rahmatullayeva Sabina 
Samarqand Davlat Chet tililar Instituti 
Shahribonu Sirojiddinova 
Ilmiy raxbari 
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning 
rivojlanishi hamda ularda estetik, aqliy hissiy tarbiyani rivpjlantirish omillari 
xususidagi ma'lumotlar keltirilgan. 
Kalit so'zlarbilish faoliyati, hamkorlik, bolaning ongi, hissiyot, ilmga qiziqish 
va qobiliyatlarini rivoji, og‘zaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog… 
 
Ta’lim-tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va G‘arbning qomusiy 
olim va pedagoglarining o‘rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: 
Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, 
Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy 
kabi jahon tan olgan mutafakkirlar o‘zlarining qator asarlarida ta’lim-tarbiyaga kata 
e’tibor bilan qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy o‘zining «Fozil shahar kishilarining 
qarashlari» asarida tarbiya orqali' insonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi.
Abdulla Avloniy esa tarbiya haqida g‘oyat ibratli fikrlarni bildiradi. «Pedagogika 
— Abdulla Avloniyning yozishicha, — bola tarbiyasining fani, demakdir ». «Dars ila
tarbiya ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi—biluvchi, tarbiya oluvchi—amal 
qiluvchidir». Bu erda pedagogika faniga qisqa va lo‘nda ta’rif berib, ta’lim bilan 
tarbiyani esa jon bilan tanga o‘xshatib, ularni bir-biridan ajratib tushunish mumkin 
emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha, tarbiyani yoshlikdan 
berish nihoyatda zarur. Bolaga avvalo, kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, 
keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shug‘ullanadi, chunki bunda inson taqdiri hal 
etiladi deydi.
Bu sohada Sharq va G‘arb xalqlari yaratgan og‘zaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, 
pedagog va olimlarning
ta’lim-tarbiyaga doyr ilg‘or fikrlarini o‘rganib, tahlil qilib, barkamol insonni 
tarbiyalash jarayonini o‘rganish biz uchun juda qimmatlidir:
— ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar 
bog‘chalari amaliy hayoti bilan bog‘lab, bo‘lajak tarbiyachi — o‘qituvchilarga o‘rgatish
hamda xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o‘rganib, 
bo‘lajak tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish;
— maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har 
tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish.
Bunday vazifalarda tadqiq etish:


— birinchidan, bolalar sog‘lig‘ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy
rivojlanishini ta’minlaydi;
— ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojl antiradi;
— uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon o‘lkaga muhabbat, kattalarga hurmatni, 
o‘rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va 
intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi;
— to‘rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi.
Demak, bilish jarayonida esa bolaning ongi, his-tuyg‘ulari shakllanadi. Eng 
muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat qiladigan 
xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning, yosh va individual 
xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularning har tomonlama rivojlanishini 
ta’minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har 
tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo‘lib, xuddi mana 
shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, 
ta’lim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, O‘rta 
Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim-tarbiyaning 
umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash 
faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir 
etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni 
tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg‘otish, aqliy malaka va ko‘nikmalarni 
tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha 
tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, 
kattadir. Chunki aql his-tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur 
etishgacha bo‘lgan jarayonlar yig‘indisidir.
Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bog‘lanishlarda, 
munosabatlarda ko‘ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon buladi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, 
dastlab muomalada bo‘lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa 
o‘quv, mehnat, samarali faoliyatlar:
rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish - yasash 
jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta’lim va tarbiya 
samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to‘g‘ri tashkil etish 
uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Aqliy 
tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. 
Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etishda, bir 
tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi tomondan, bola 
organizmning umumiy charchashiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha toliqtirish 
bo‘lmasligi yo‘llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy 
rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.


Keyingi yillarda olib borilgan psixologik- pedagogik tadqiqotlarning natijalari 
maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta 
imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarga beriladigan bilim malaka va ko‘nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, 
hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir.
Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak-atrof to‘g‘risida 
kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo‘ladilar, asosiy fikrlash 
jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina 
to‘laqonli aqliy rivojlanish ro‘y beradi, shuning uchun o‘qituvchi va tarbiyachilarning 
asosiy vazifasi — bolaga muayyan maqsadni ko‘zlab tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun 
kerakli sharoit yaratishdir. Bola har doim buyumlar hamda hodisalar orasida bo‘ladi. 
Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko‘radi, hidlaydi, 
tortib ko‘radi, nimagadir quloq soladi. SHu tariqa asta-sekin dunyoni bilib boradi. 
Tevarak-atrofdagi buyumlar, tabiat bolaning sezgi organlari — 
analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil qiladi. Sezgi bolalarga buyumlarning 
ayrim xossalarini: sovuq-issiq, gadir-budur, silliq-yaltiroq, xushbo‘y va h.k. ni bilim 
olishga yordam beradi. Sezgi atrofdagi muhitni bilishning dastlabki bosqichi sanaladi. 
Bola sezgi tufayligina tevarak-atrofdagi narsalar to‘g‘risida bilim, tajriba to‘plab boradi. 
Idrok esa ancha murakkab jarayon bo‘lib, sezgilar asosida hosil bo‘ladi. Bola olmani 
qo‘lida ushlab ko‘rib, qarab chiqib va eb ko‘rib, uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda 
dumaloq, qizargan, xushbo‘y, mazali va h.k. tarzda idrok qiladi. Bola olmani yaxlit bir 
buyum tarzida tasavvur qilishi uchun birdaniga bir nechta analizator:
ko‘rish, sezish va hid bilish analizatorlaridan foydalanadi.
Analizatorlar bir vaqtning o‘zida birdaniga ishlashi buyumning xossasi va
belgilarini aniqroq hamda to‘laroq bilish imkonini beradi. SHuning uchun katta 
yoshdagi kishilar bolani ilk yoshlik chog‘idan boshlaboq aqliy jihatdan to‘g‘ri 
tarbiyalash maqsadida buyumlarni ko‘proq analizatorlar yordamida idrok qilishga 
imkon tug‘dirishlari, analizatorlarning rivojlanishiga, ya’ni bolaning sensor 
madaniyatiga alohida e’tibor berishlari kerak.
Bolada nutq paydo bo‘lishidan ancha oldin (bola bir yoshga to‘la boshlaganda 
birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak-atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini kata 
yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi. Bola 3 yoshga to‘lganda uning so‘z zaxirasi 
1200—1500 taga etadi. Bola katta yoshdagi kishilar unga nima haqida 
gapirayotganlarini yaxshi tushunadi. Bu katga yoshdagi kishilar nutqidan har 
tomonlama tarbiyalashning kuchli vositasi tarzida foydalanish imkoniyatini beradi. 
Bolalarning aqliy jihatdan o‘sishida xotira katga ahamiyatga ega.
Bola tug‘ilganda hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi. U 
rivojlanishning birmuncha yuqoriroq darajasiga ko‘tarilib biror bir foydali ish uchun 
ko‘pgina bilim va malakalarini eslab qolishi kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xotirasi ko‘pincha beixtiyor tarzda 
bo‘ladi. SHuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishida 
xayol muhim rol o‘ynaydi. Xayol bolaning hayoti jarayonida, uning faoliyatida ta’lim 


va tarbiya ta’sirida tarkib topadi. Bolaning xayoli u syujetli o‘yinlar o‘ynay 
boshlaganida, kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, o‘sha ertaklarga qiziqish orqali 
dastlabki alomatlari paydo bo‘ladi. Ammo boladagi xayol ko‘proq aniq vaziyatga 
bog‘liq bo‘ladi (masalan, qo‘g‘irchoq ko‘rinib qolsa, uni uxlatadi, mashina bo‘lsa, biror 
narsani tashiydi va h.k.).
Katta bog‘cha yoshiga kelganda, bolaning tajribasi ortib, faoliyati 
murakkablashadi va buning natijasida bola xayolida sezilarli o‘zgarish yuz beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash vazifalarini
jamiyatimizning ijtimoiy talablariga va insonning aqliy rivojlanish mohiyati va tabiatiga 
asoslanib ishlab chiqadi. Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari:
1.
Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlar tizimini, ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirish.
2.
Aqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma-
xil usullarini rivojlantirish.
3.
Mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish.
4.
Aqliy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish.
Bilimni tasavvurlar va tushunchalar, qoidalar, qonuniyatlar, sistemalar shaklidagi 
turli fanlarning mazmuni tashkil etadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalarda voqea va hodisalarni to‘la aks ettiradigan 
yuksak darajadagi umumlashtirilgan bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bilim 
dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Demak, bola tevarak-atrofdagi narsalar, ularning 
vazifasi sifati va xossalari (sinadi, pachoq bo‘ladi, yirtiladi, to‘kiladi) haqida, qaysi 
materialdan tayyorlanganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. U tabiat hodisalari, 
ularning o‘zaro bog‘liqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining o‘ziga xos belgilari, ular 
o‘rtasidagi bog‘lanishlar, hayvonlar, ularning hayoti va yashash tarzining tashkil 
qilinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va h.k.) ni bilib oladilar.
Jonsiz tabiat, o‘simliklar, hasharot va hayvonlarni kuzatishi jarayonida tarbiyachi 
bolalarda borliq to‘g‘risidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib boradi. Bilimlarni 
egallab borish natijasida bolaning shaxsi ham shakllanib boradi. Bola san’atning har xil 
turlari to‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bilim insonning mehnatga munosabatini shakllantiradi. Aqliy faoliyatni 
rivojlantirish bilim hajmi va xususiyatiga bog‘liq. Aqliy faoliyatni ivojlantirish esa 
psixik jarayonlarni sezgi va idrok etish, taassurot, xotira, fikrlash, tasavvur va nutqni 
shakllantirishni ham bildiradi. Bunda ularga aqliy faoliyatning g‘oyat samaradorligini 
ta’minlaydigan his-tuyg‘ular nozikligi va aniqligi, idrok etishning sobitqadamligi va 
to‘laqonli, esda qolishning mustahkamligi hamda ongligi, tafakkur mantiqi va uning 
moslashuvchanligi, ijodiy xususiyat va mustaqillikka xos bo‘lishi kerak.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o‘zlariga tushunarli bo‘lgan ijtimoiy voqea 
va hodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari, respublikamizda yashaydigan 
ba’zi xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi. Bu tadbirlar ularda jamiyatimiz ijtimoiy 


hayotiga qiziqish uyg‘otish, Vatanga muhabbat tuyg‘usi va baynalmilalchilik asoslarini 
shakllantirishga yordam beradi.
Aqliy ta’lim — maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatini 
muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog‘chasi dasturida belgilangan 
eng oddiy bilimlar tizimi bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan 
iborat.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berishda ta’lim etakchi rol 
o‘ynaydi. CHunki ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. 
Ta’lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va tizimlashtirish, 
bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta’lim 
kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni 
rivojlantirishga yordam beradi.
Ta’lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyati asoslari hosil qilinadi, maktabda 
muvaffaqiyatli o‘qishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Hayot ta’limning ikki 
xil yo‘l bilan amalga oshirilishini taqozo etmokda.
Birinchi yo‘l — bolalarning bilim, malaka ko‘nikmalarini kattalar bilan o‘zaro 
munosabatda bo‘lish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faoliyati va shu 
kabilar bilan belgilanadi. Ammo bu yo‘l bilan egallagan bilim va malakalar bolaga 
hayotning turli sohalarida mustaqil qatnashish uchun imkoniyat yaratmaydi.
Ta’limning ikkinchi yo‘li — maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o‘quv 
muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan rejali ravishda 
qurollantirib borishidir. Bunday yo‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni 
zamonaviy ishlab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol 
qatnashish uchun zarur bo‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
Barcha olimu fozillar, shoiru yozuvchilar o‘z davrining nufuzli ta’lim 
maskanlarida o‘qish bilan hurmat- e’tibor topganlar. Abu Nasr Forobiy, Mahmud
Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher
Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Rudakiy, Abu Saidrasul Aziziy, Muhammad 
SHarif So‘fizoda, Abdulqodir SHokiriy, Abdulla Avloniy va boshqalar mukammal ilm 
egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, 
shu bilan birga boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar. Maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalarga ta’lim berish tizimi pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos 
Komenskiy (1592—1670) tomonidan yaratilgan.
Ya.A. Komenskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish 
mumkinligini ko‘rsatib berdi. YA.A. Komenskiy 19 bo‘limdan iborat maktabgacha 
ta’lim dasturini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, er, havo, olov, yomg‘ir, 
qor, muz, tosh, o‘t, qum va boshqalar haqida bilim berish lozimligini, astrnomiya, 
geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab berdi. 
Bolalar bog‘chasida beriladigan ta’lim bolalarning maktabda oladigan bilimlari bilan 
uzviy bog‘liq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U o‘zining «Onalar maktabi» kitobida 
kichik bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturi hamda metodikasini juda sinchiklab 
ishlab chiqqan.


Shu bilan Ya.A. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil fan 
sifatida shakllanishiga asos soddi. SHveysar pedagogi I.G. Pestalotssi (1746— 1827) 
maktabgacha tarbiya didaktikasini tuzishda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning 
rivojlantirish masalasiga katga e’tibor beradi. G. Pestalotssi tomonidan ishlab chiqilgan 
ta’limning asosiy mazmuni maktabgacha tarbiya pedagogikasining rivojlanishda va 
bolalarga keyinchalik makgabda sistemali ta’lim berishda asosiy dastur bo‘lib xizmat 
qildi. Hozirgi zamon maktabgacha ta’lim nazariyasini yaratishda A.P.Usovaning 
xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 77,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə