Psixologiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

Yusuf Xos Hojib
o ‘zining «Qutadg‘u bilig» — «Saodatga boshlovchi bilim» — 
kitobida va undan keyingi qator asarlarida o ‘zining axloq ham - 
da hayotga oid qarashlarini bayon etadi.
Inson faqat jam iyatdagina kam olotga yetishi m um kin, 
m uloqot va ijtim oiy-foydali m ehnat uning rivojlanishi va 
yashashining mezonidir, deb hisoblaydi. «Boshqa odamlarga 
foydasi tegmaydigan inson — o ‘likdir», — deb yozadi u. 
/ 0 ‘sha asar, 529-bet/. Odam kim bo ‘lishidan q at’i nazar, 
shohm i, gadom i, a w alo , insoniy b o ‘lishi kerak, chunki 
«dunyoda o ‘lmas bo ‘lib, faqat insoniylik qoladi», 
«Yaxshi 
axloqiy fazilatlarga ega kishi — har qanday qim m atbaho 
durlardan ham qimmatlidir».
Shoirning fikricha, farzand ko‘rish va unga tarbiya berish 
har bir inson uchun buyuk baxtdir, ularsiz hayotning m a’nosi 
yo‘q. Lekin bu narsa ota-onaga juda katta m as’uliyat yuklaydi- 
ki, unirig uddasidan chiqm oq, 
har bir ota-ona uchun ham 
farz, ham qarzdir. Shuning uchun ham Yusuf Xos Hojib
20


oilaviy tarbiyani bola axloqiy taraqqiyotining asosi
deb 
hisoblagan: «Agap bolaning xulqi yom on b o ‘lsa, bunda bola- 
ning aybi yo‘q, ham m a ayb — otasida». Shuning uchun ham
ota-ona, ayniqsa, ota bunga katta e ’tibor berm og‘i lozim.
M a’lumki, so‘fizm insoniy muhabbat, sevgini inkor etib
faqat Ollohga nisbatan sevgi va muhabbatninggina borligini 
e ’tirof etgan. Bundan farqli o ‘laroq, Yusuf Xos Hojib, odam lar 
o ‘rtasidagi sevgi-muhabbatni tarannum etgan. U sevgini oilaviy 
baxt va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning garovi, deb hisoblagan. 
«Yigit uylanm asdan aw al kelinning kimligini, uning kelib 
chiqishi, xarakteri va xulq-atvorini bilishi kerak», — deydi u. 
Uning axloqiy didaktikasi 0 ‘rta Osiyodagi ilg‘or fikrlaming 
taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, shuning uchun ham uning 
qarashlari m usulm on xalqlari o ‘rtasida keng tarqalgan va 
ko‘pgina shov-shuvlarga sabab bo ‘lgan.

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə