lish darajasi ham ortib borm oqda. Lekin b a ’zan порок yo‘llar
bilan pul topish orqali baxtli b o ‘lishga intilish yoki o ‘zgalar
hisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy holatlar ham uchrab
turadi. Ba’zan esa oila a ’zolarining (ayniqsa, er-xotinning)
shaxsiy baxtga o ‘z -o ‘zicha intilishi oilalarda noxush holatlar
(xiyonat kabi)ni ham keltirib chiqarishi m um kin. Shuning
uchun har bir shaxs o ‘zida ko ‘proq
vijdonlilik, poklik, halollik
kabi m a’naviy-axloqiy fazilatlami tarbiyalashga e ’tibor berishi
lozim.
24 - j a d v a 1
Oilaning felitsitologik vazifalari
58
3.9. OILANING REGULYATIV VAZIFASI
Oilaning regulyativ vazifasi oila a ’zolari o ‘rtasidagi o ‘zaro
munosabatlarni
boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijti
moiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni
o ‘z ichiga oladi. Bunda kattalar tom onidan yosh avlodni nazo
rat qilish va ularni moddiy ham da m a’naviy tom ondan qo‘llab-
q u w atlash nazarda tutiladi. 0 ‘tgan zam onlarda oilaning
boshqarish vazifasi m a’lum darajada rasmiy tarzda belgilab
ham qo ‘yilgan. Unga ko‘ra oilada kim oila boshlig‘i bo'lishligi,
uning obro‘si va ustunligi qayd etilgan va oilaning shu a ’zosi
(asosan ota) butun um ri davomida o ‘z farzandlari va oila a ’zo
lari
xatti-harakati, xulqi uchun javobgar bo ‘lgan. Ota-onasiga
b o ‘ysunmaganlami jazolash hollari ham nazarda tutilgan.
Hozirgi zam on egalitar oilalarida esa oilaning boshqaruv
vazifasi asosan axloqiy m e ’yorlar, oila a ’zolarinig shaxsiy
obro‘si va birinchi navbatda ota-onalarning bolalarga nisbatan
bo ‘lgan munosabatlaridagi obro‘si
kabilar yordamida amalga
oshiriladi. Shunga ko‘ra b a’zi oilalarda oilani boshqarish, unga
boshchilik qilish oila a ’zolarining qiziqish va imkoniyatlarini
hisobga olgan holda amalga oshirilsa, b a’zi oilalarda (er-xotin-
ning alohida-alohida) liderlikka intilishi natijasida oilaviy nizo-
lam ing
ortib borishi, bolalarning har tom onlam a e ’tibordan
chetda qolishi, natijada jinoyatchilik ko‘chasiga kirib ketishi
kabilar kuzatiladi. Ba’zi oilalarda ayol liderligining mavjudligi
o ‘g‘il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlaming ko'payib bo-
rishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga oilaning boshqaruv vazifasi oila a ’zolari
ning xulqi, m as’uliyati, majburiyati kabilami ham boshqarishni,
nazorat qilishni o ‘z ichiga oladi. Odam oila qurganidan so‘ng,
albatta, uning ijtimoiy mavqeyi o ‘zgaradi. Endi u «uylanmagan
yigit», «turm ushga chiqm agan qiz» em as, balki
«oilali»
odamdir. Shunga ko‘ra u o ‘zining
xatti-harakatlari, xulqini
ham oilali odamga xos tarzda qaytadan ko‘rib chiqadi. Oila
qurish tufayli uning m as’uliyati ortadi. Erning va xotinning
xulqi ham endi o ‘ziga xos boshqariladi.
Regulyativ
— bu o‘rinda boshqarish ma’nosida qo'llaniladi.