|
PsixologiyasiOILANING KOMMUNIKATIV VAZIFASIOILA PSIXOLOGIYASI3.6. OILANING KOMMUNIKATIV VAZIFASI
Oilaning kom m unikativ vazifasi oila a’zolarining o ‘zaro
muloqot va o ‘zaro tushunishga b o ‘lgan ehtiyojini qondirishga
xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlarda ta ’kidlanishicha, turli ij
tim oiy yo‘nalganlik, ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning
axloqiy, m a’naviy va psixologik salomatligi — oiladagi o ‘zaro,
ichki m uloqot xarakteri, oiladagi katta a’zolarning m uloqotda
psixologik ustanovkalarni nam oyon qilishlari, oiladagi axloqiy-
psixologik iqlimga to ‘g‘ridan to ‘g ‘ri bog‘liqdir.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan-texnika
taraqqiyotining yuksalib, odam lam ing kundalik hayotining ur-
banizatsiyalashuvining (radio, televideniye, video, kom pyuter
va boshqalar) ortib borishi, oilalaming tobora nuklearlashib
borayotganligi bilan oilaning kommunikativ vazifasining aha-
miyati, oila a ’zolarining bir-birlari bilan «odamlarcha» suhbat-
lashib olishning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu o ‘rinda
o ‘zbek oilasining o ‘ziga xos xususiyati: ko‘p avlodlilik, ko‘p
farzandlilik kabilar bunday oilalar a ’zolari o ‘rtasida o ‘zaro m u
loqot to ‘laroq amalga oshishiga asos bo ‘ladi, ularning o ‘zaro
muloqotga b o ‘lgan ehtiyojlarini qondirishda m uhim rol o ‘ynay-
di. Biroq so‘nggi yillarda b a ’zi oilalarda ota-onalar va bolalar
o ‘rtasida muloqotning kamligi, bir-biriga e ’tibom ing pasayishi,
oila a ’zolari o ‘rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa
qishloq oilalarida), holatlari ham mavjud, hatto oiladagi o ‘zaro
m uriosabatlarning yom onlashuvi natijasida oila a ’zolarining
ayrinilarida stress (asabiy tanglik), suitsid (o ‘z joniga qasd qi
lish) kabi noxush holatlam ing kelib chiqishi ham kuzatilmoq-
da. Bunday noxushliklaming oldini olish uchun eng aw alo oila
a ’zolari o ‘rtasida oshkora, yaqin, o ‘zaro tushunishli, ishonchli
m uloqotning amalga oshishi u chun zarur shart-sharoitlarni
yaratish, lozim b o ‘lsa, bu borada, yoshlarga tegishli bilim lami
berish aholi u ch u n psixologik m aslahatxonalar faoliyatini
y o ig a qo‘yish, treninglar tashkil etish, «Ishonch telefonlari»,
«Qalb m arkazlari» kabilarni tashkil etib, ular faoliyatini
takomillashtirish lozim.
54
|
|
|