Psixologiyasi



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

Abu Nasr Forobiydir. 
Uning inson kamoloti, baxti, ta ’lim 
va tarbiyasi, um um an axloqi, 
dinga m unosabati haqidagi 
qarashlari umumfalsafiy qarashlar va tushuntirishlardan iborat 
o ‘git b o ‘lib, 
axloq nazariyasini boyitdi. Uning ta ’limotlarida 
keltirilishicha, haqiqiy baxt bir odamning boshqasiga nisbatan 
g‘ayirligi, zulmi yo ‘qolgandagina bo ‘ladi, oila a ’zolarining bir- 
birlariga samimiy munosabatlari, m ehr-u oqibatlari esa ana shu 
oiladagi odam lam ing baxtini tashkil qiladi. Bundan tashqari, 
har bir ota-onaning o ‘z farzandlari uchun birlamchi ustoz, yo‘l 
ko‘rsatuvchi ekanligi va aynan ular bolada ta ’lim-tarbiyaga ke- 
rakli tayyorgarlik holatini shakllantirish ta ’siriga ega ekanligi 
to ‘g‘risidagi xulosalar mutafakkir qarashlarining hozirgi kunlar 
uchun ham naqadar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
0 ‘rta asrlarning buyuk olim-ensiklopedisti 
Abu Rayhon
Beruniy 
/9 7 3 —1048/ Forobiy qarashlari ta ’sirida qator fanlar 
bobida o ‘z izini qoldirgan donishm anddir. Uning ko‘pgina 
asarlarida inson odobi va axloqi xususidagi noyob fikrlar o ‘z 
ifodasini topgan, 
M utaffakkir o ‘zining 
«M inerologiya», 
«Geodeziya», «Hindiston», « 0 ‘tgan avlodlar obidalari» nomli 
asarlarida inson shaxsi, uning kamoloti, aql-idroki, halovat va 
lazzati, sabr-toqat va kamtarlik, go‘zallik va did, poklik va 
xudbinlik kabi tushunchalarga inson ruhiyatining bilimdoni 
sifatida ta ’rif bergan. U bunday yozadi: «Inson jam iyatda o ‘z 
qarindosh-urug‘lari bilan birlashib olishga majburdir, bundan 
maqsad bir-birini qo ‘llab-quw atlash ham da har bir kishining 
ham o ‘zini, ham boshqalarini ta ’minlash uchun ishlarni baja- 
rishdir». (Minerologiya, 1966, 10-bet).
Abu Rayhon Beruniy «ozodalik va orastalik olijanoblikning 
o ‘zagi» bo‘lishi kerakligini uqtiradi; insonning tashqi yoqimli 
qiyofasi bilan uning axloqiy qiyofasi o ‘rtasidagi bog‘liqlik haqi­
da gapirib, «tishni yuvib, ko‘z va qovoqlarni toza tutish, ularga 
surma qo‘yish, sochni esa zarur bo‘lganda bolyab, tim oqlarni 
olib turish va silliqlash» inson salomatligi va ruhiy pokligining 
asosidir, deb ta ’kidlaydi. Bu fikrlar hozirgi zam onda ham o ‘z 
dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q, chunki oila a ’zolarining, er- 
xotinning ushbu ko‘rsatmalarga amal qilishi oila totuvligining 
zaminlaridan biridir.
17


Axloq-odob egasi bo ‘lgan inson eng aw alo o ‘z yurish-tu- 
rishi. m uom ala madaniyatida, 
hayot kechirishida, oila bar- 
qarorligida nam una b o iish i kerakligi haqidagi fikrlari olimning 
oila etikasi bo ‘yicha ibratli qarashlaridan namunadir: «Inson 
o ‘z ehtiroslariga hukm ron, ularni o ‘zgartirishga qodir, o ‘z jo n
va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jih atlarn i m aqtagudek 
narsalarga aylantirishga, uni m a ’naviy shifokorlik bilan 
davolashga ham da asta-sekin, axloq haqidagi kitoblarda ko ‘rsa- 
tilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir».
Shunday qilib, Beruniy ustozlari izidan borib, o ‘zining gu- 
manistik qarashlari bilan oila psixologiyasiga munosib hissasini 
qo‘shdi. U insonlar o ‘rtasida o ‘zaro bir-birlarini tushunish, 
tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki, bu 
qarashlar bizning davrimizda ham o ‘z aham iyatini yo‘qotgani 
yo‘q.
Oilaviy m unosabatlar va bu sohaga oid qarashlar tizimida 
Sharq m utaffakkirlaridan biri, butun Yevropa xalqlari ham
uning qomusiy bilimdonligini tan olgan alloma 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə