mumkin. Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jam iyatda tutgan
mavqeyidan q a t’i nazar,
ularniig birlamchi vazifasidir, deb
hisoblaydi Ibn Sino. O ta-ona davlat boshlig‘imi yoki oddiy
fuqaromi, baribir, u bola tarbiyasi borasida m as’uldir. Davlat
boshliqlari, rahbarlar bola tarbiyasi xususida barchaga ibrat
bo ‘lmoqlari lozim.
Ibn Sinoning bola tarbiyasi, tarbiya psixologiyasi va rah-
barlarga q o ‘ygan ushbu talablari o ‘sha davrda qanchalik
taraqqiyparvar va zarur bo ‘lsa, bizning bugungi kunimizda ham
u o ‘z kuchini yo‘qotgani yo‘q.
Uning
fikricha, tarbiyachi, ya’ni ota-ona «nafaqat so‘z bi
lan, balki amalda ham bola ruhiga ta ’sir ko‘rsatm og‘i lozim»
/Ib n Sino. Tadbiri manzil, 44-bet/.
Ibn Sinoning sevgi-muhabbat va er-xotin munosabatlari
borasidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir, «Eng yuksak sevgi
deb,
ta ’kidlaydi u, — bu insoniy sevgi b o ‘lib, bunday sevgi
kishini saxovatli qiladi, uni oqko‘ngil
va jozibali kishiga aylan-
tiradi». Allomaning fikricha, sevgi inson zimmasiga juda katta
axloqiy va huquqiy m as’uliyat yuklaydi. U inson baxtining ne-
gizi, deganda oshiqlik emas, balki oshiq-m a’shuqlikni tushu-
nadi. O shiq-m a’shuqlik bilan turm ush qurish oila m ustahkam-
ligining asosi sifatida ta ’kidlanadi.
Turm ush qurgan er-xotinlar m unosabati borasida esa m u-
tafakkir, «Erkak kishi oila boshlig‘idir,
u oilaning barcha ehti-
yojlarini qondirm og‘i lozim, chunki bu uning birlamchi vazi
fasidir», — deb yozadi. Ayol esa erkakning munosib yo‘ldoshi,
u bola tarbiyasi borasida eng yaxshi voris va yordamchidir.
Uning er-xotin munosabatlari xususidagi fikrlari ham o ‘sha
davr uchun o ‘ta ilg‘or va ahamiyatli edi.
U o ‘zining «Oila
xo‘jaligi» kitobida ayollar axloqan eng maqbul, yuqori sifatlarga
ega bo ‘lmoqlari lozim, deb yozadi. Shu kitobning «Afsofiy bex-
tarin zanxo» /Ayollarning yaxshi fazilatlari haqida/ bo ‘limida
ularning quyidagi fazilatlari ta ’kidlanadi: «Ayol aqlan dono,
uyatchan, iboli, iffatli b o ‘lib, ko ‘p gapirmasligi lozim: u eriga
b o ‘ysunmog‘i, uni sevmog‘i, farzandlar tug'ib, doimo halol,
pok, to ‘g‘ri so‘z, kam tar b o ‘lishi kerak, injiq b o ‘lmasligi, o ‘z
iffati va obro‘sini to ‘kmasligi lozim; u hech qachon eriga nis
batan dim og‘dorlik, viqor hissini ko‘rsatmasligi, o ‘z ishlarini
yaxshi, o ‘z vaqtida bajarib, oilaning
m oddiy boyliklarini te-
jamkorlik bilan ishlatmog‘i lozim; o ‘z xulq-atvori bilan o ‘z
19
erining qalbida hadiksirash hissiga o ‘rin qoldirmasligi kerak»
/Ib n Sino. «Tadbiri manzil», 38-bet/.
Bizning fikrimizcha, oila va ayol o ‘rni xususida Ibn Sino
b a ’zan bir tomonlilikka yo‘l qo‘ygandek tuyuladi, chunki b un
da asosiy e ’tibor va urg‘u faqat ayol shaxsiga qaratiladi, lekin
bu fikrlarning asosida ayollarning psixologik jih atd an oila
m uhitini ifodalaydigan kishilar sifatida qarash hozirgi davr
uchun ham ahamiyatlidir.
U m um an, Ibn Sino ayol kishiga
insoniy m unosabatda
b o ‘lib, er va xotin o ‘rtasidagi m unosabatlar o ‘zaro hurm at va
bir-birini tushunishga asoslanmog‘i lozimligini himoya qilib
chiqqanligi diqqatga sazovor jihatdir.
Ibn Sinoning m ehnat tarbiyasi borasidagi fikrlaridan biri,
masalan, har bir bolani, deydi u, «Biror hunarga o‘rgatmoq
shart, yosh yigit biror hunarni o ‘rgansa, uni hayotda tatbiq eta
olsa va m ustaqil h u n ar tufayli oilani t a ’minlaydigan b o ‘lsa-
gina. otasi uni uylantirib q o ‘ymog‘i lozim», — deb hisoblaydi.
Demak, allomaning oila qurish uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy
yetuklik haqidagi fikrlari biz uchun hozir ham zarurdir. Sababi,
oilaning mustahkamligi va baxtli boMishi aynan oila qurganlar-
ning
ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan. yetukliklariga va
ayniqsa. yigitning oila qurishga tayyorgarligiga bog‘liqdir.
XI asrning buyuk mutafakkiri va shoiri
Dostları ilə paylaş: